Mavzu: Pul bozori instrumentlari


Pul bozori instrumentlari



Yüklə 1,75 Mb.
səhifə3/3
tarix17.10.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#156597
1   2   3
MOLIYA BOZORI VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR 1-oraliq

Pul bozori instrumentlari

  • Bankir kafolati (Bankerʻs acceptance) XII asrdan boshlab qoʻllanila boshlagan. Aniqrogʻi shu turdagi operatsiyalar amalga oshirilishining ilk bosqichlari oʻsha davrga toʻgʻri keladi. Ushbu qimmatli qogʻoz sotuvchidan xaridorga hali yetkazilmagan mahsulotni moliyalashtirish uchun ishlatiladi. Tasavvur qilamiz, ABC kompaniyasi Yaponiyaning XYZ kompaniyasidan buldozer sotib olmoqchi, ammo XYZ kompaniyasi pulni qoʻlga kiritishdan oldin buldozerni yuborish niyatida emas, sababi u kompaniya haqida unda yetarli maʼlumot yoʻq. Oʻz navbatida ABC kompaniyasi ham buldozerni qabul qilishdan avval pulni oʻtkazib berish niyatida emas. Ushbu vaziyatda bank Bankerʻs acceptanceni emissiya qilish orqali eksport qiluvchi tomon nomidan import qiluvchi tomonga kafolat beradi. Ushbu qimmatli qogʻoz qisqa muddatli yaʼni 30 kundan 180 kungacha boʻlib, ikkilamchi bozorda ushbu muddat tugaguniga qadar sotilishi ham mumkin. Bank bu vaziyatda oʻz xizmati uchun 2-3% atrofida haq oladi.

Pul bozori instrumentlari

  • Yevrodollar (Eurodollars). Dollarning barqaror valyuta ekanligini inobatga olgan holda aksariyat shartnomalar dunyo boʻyicha AQSH dollarida amalga oshiriladi. Shu sababdan koʻplab kompaniyalar va davlatlar dollarda zaxira saqlashni afzal koʻradi. Shu oʻrinda savol tugʻiladi. Yevrodollar nima? Yevrodollar xorijiy banklar yoki Amerika banklarining xorijiy filiallarida dollarda shakllantirilgan depozitlar hisoblanadi.

Pul bozori instrumentlari

  • Pul bozori instrumentlarini taqqoslaydigan boʻlsak, ularning foiz stavkalari orasida deyarli tavofut yoʻq. Ularning barchasi diskontlash amaliyotini qoʻllash orqali soʻndirilishini inobatga oladigan boʻlsak, diskont stavkalarining yuqori yoki past boʻlishi faqatgina ushbu qimmatli qogʻozlarning muddatiga bogʻliq hisoblanadi.

Pul bozori instrumentlari

  • Ularning likvidlilik darajasini taqqoslaydigan boʻlsak, davlat qisqa muddatli qimmatli qogʻozlarining likvidlilik darajasi tijorat qogʻozlarinikiga nisbatan yuqoriroq hisoblanadi, sababi, tijorat qogʻozlarini sotishning aksariyat hollarda imkoni yoʻq, shu sababli investorlar ushbu qimmatli qogʻozni soʻndirilish muddatini kutadilar.

Pul bozori instrumentlari

  • Tijorat banklari tomonidan taqdim etiladigan overdraft, overnayt kreditlari ham pul bozorida keng qoʻllaniladigan amaliyotlardan hisoblanadi. Mamlakatimizdagi tijorat banklari tomonidan overdraft kreditlari keng doirada qoʻllanila boshlanganligini ham shu oʻrinda qayd etib oʻtish zarur

E’tiboringiz uchun raxmat


Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin