Mavzu: Pul bozori. Reja


Pulga talabning keynscha nazariyasi



Yüklə 78,31 Kb.
səhifə3/7
tarix02.06.2023
ölçüsü78,31 Kb.
#123634
1   2   3   4   5   6   7
Pul bozori. A.A.Davranov

3. Pulga talabning keynscha nazariyasi.

Pulga talabning Keyns nazariyasi, likvidlilikning afzalligi nazariyasi, pulni nakd ko`rinishda saklashga kishilarni undovchi uch sababni ajratib ko`rsatadi:



  1. transaktsion sabab (joriy bitimlar uchun nakd pulga talab);

  2. extiyotkorlik sababli (ko`zda tutilmagan xolatlar uchun ma`lum mikdorda nakd pullarni saklash);

  3. spekulyativ sabab (foyda olish maksadida kimmatli kogozlar sotib olish uchun pulga talab).

Spekulyativ sabab foiz stavkasi bilan obligatsiyalar kursi o`rtasidagi teskari bogliklikka asoslanadi. Agar foiz stavkasi ko`tarilsa, obligatsiyalar baxosi pasayadi, ularga talab esa oshadi. Bu esa o`z navbatida, nakd pul zaxiralarining kiskarishiga xamda nakd pullarga talabning pasayishiga olib keladi.
Pul likvidlilik xususiyatiga ega bo`lganligi uchun xam axoli uni saklashni afzal biladi. Likvidlilikning afzalligi nazariyasi ko`rsatadiki pulga bo`lgan talab mikdori foiz stavkasiga boglik. Foiz stavkasi nakd pul vositalarini ko`lda ushlab turishning mukobil xarajatlari mikdorini, ya`ni, siz foiz olib kelmaydigan nakd pullarni ko`lda ushlab turgan sharoitda yo`kotadigan pul mikdorini bildiradi. Nonning narxi non talabi mikdoriga ta`sir kilganidek, nakd pullarni ko`lda ushlab turish mikdori xam pul zaxiralariga talab mikdoriga ta`sir ko`rsatadi. SHuning uchun foiz stavkasi oshganda, insonlar boyliklarini nakd pul shaklida kamrok ushlab turishga xarakat kiladi.
Real pul zaxiralariga talab funktsiyasini kuyidagi ko`rinishda yozamiz:
M/R = f(R)
Bu tenglama ko`rsatayaptiki, pulga bo`lgan talab mikdori foiz stavkasi funktsiyasi ekan. Grafikda foiz stavkasi va real pul zaxiralari mikdoriga talab teskari bogliklikka ega ekanligi ko`rinadi. CHunki, yukori foiz stavkasi pulga talab mikdorining kamayishini ko`rsatadi
Klassik va keynschilarga xos yondashuvlarni umumlashtirib, pulga talabning kuyidagi omillarini ajratib ko`rsatish mumkin:
1) daromadlar darajasi;
2) pulning aylanish tezligi;
3) foiz stavkasi.
Agar klassik nazariya pulga talabni asosan, real daromad xajmi bilan boglasa, keynschilarda esa pulga talab asosan, foiz stavkasiga boglik deb xisoblanadi.


R

Md=f(R)

M/R


Yüklə 78,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin