Pulning mikdoriy nazariyasi pulga bo`lgan talabni almashinuv tenglamasi yordamida aniklaydi:
M · V = P · Y Bu erda: M – muomaladagi pul mikdori; V – pulning aylanish tezligi;
P – baxolar darajasi (baxo indeksi); Y – real YAIM.
Pulning aylanish tezligi, iktisodiyotda bitimlar tarkibi nisbatan barkaror bo`lganligi uchun xam doimiy kattalik deb kabul kilinadi. Ammo bank tizimiga xisob-kitoblarni tezlashtiruvchi texnik vositalar joriy kilinishi natijasida u o`zgarishi mumkin. V doimiy bo`lgan sharoitda almashtirish tenglamasi kuyidagicha bo`ladi:
M · V* = P · Y (Fisher tenglamasi), bundan:
P · Y M= ----------- V* P · Y – nominal YAIM mikdorini bildirishini va doimiy mikdorligini xisobga olsak, muomala uchun zarur bo`lgan pul mikdori ishlab chikarilayotgan tovarlar va xizmatlar mikdori va ularning baxosi o`zgarishlariga, boshkacha aytganda, nominal YAIM o`zgarishiga boglik. Muomaladagi pul massasining o`zgarishi, klassik nazariyaga ko`ra, Y sekin o`zgarishi tufayli asosan baxolar darajasiga ta`sir ko`rsatadi. Bu xolat “pulning neytralligi” nomini olgan.
Monetaristlar koidasiga ko`ra xukumat pul massasining o`sish sur`atini, real YAMMning o`rtacha o`sish sur`ati darajasida ta`minlab tursalar iktisodiyotda baxolar darajasi barkaror bo`ladi.
Fisher tenglamasidan tashkari bu tenglamaning boshka bir shakli Kembrij tenglamasidan xam keng foydalaniladi:
M=k*PY Bu erda: k= 1/V – pulning aylanish tezligiga teskari mikdor.
k - koeffitsientni nominal pul mikdori (M)ning daromadlar (P·Y)dagi ulushini ko`rsatadi.
Kembrij tenglamasi turli darajada daromadli bo`lgan turlicha moliyaviy aktivlar mavjudligini va daromadni ularning kaysi biri ko`rinishida saklashni tanlash imkoniyati mavjudligini ko`zda tutadi.
Pulga real talab kuyidagi ko`rinishda xisoblanadi:
(M/P) D = k Y Bu erda: M/R – “real pul koldigi”, “pul mablaglarining real zaxirasi” deb nomlanadi.