Tizim deganda o`zaro bog’liq elementlarning birligi tushuniladi.
Pul tizimi – bu bir biri bilan o`zaro bog’liq holda xarakatlanuvchi va pul tizimining yaxlitligini ta`minlovchi elementlarning yig’indisidir.
Pul tizimi – bu mamlakatda yoki alohida olingan iqtisodiy hududda pul muomalasini tashkil qilishning davlat-huquqiy shaklidir.
Pul tizimini obektiv va subektiv asoslari mavjud. Pul tizimining obektiv asoslariga tovar pul munosabatlarining rivojlanganlik darajasi kiradi. Pul tizimining subektiv asoslariga to`lov hujjatlarini va vositalarini hamda ulardan foydalanish tartibini qonunchilik hujjatlarida belgilab qo`yilishi kiradi.
Pul tizimining ikkita jihati mavjud:
Funksiyanal jihat(aspekt) – pul tizimi funksiyanal jihatidan pul muomalasidan tashkil qilish prinsiplari, shakllari va usullarining yig’indisidir.
Institutsional jihat – institutsional jihatdan pul tizimi pul muomalasini tashkil qiluvchi va tartibga soluvchi institutlarning yig’indisidir. Bunday institutlarga Markaziy bank, tijorat banklari, kliring markazlari, hisob uylari kabi muassasalar kiradi.
Pul tizimini tashkil qilish quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi
Pul tizimining barqarorligi va elastikligi prinsipi. Pul tizimining barqarorligi deganda pulning barcha funksiyalarini to`liq bajarilishini ta`minlash tushuniladi. Pul tizimining elastikligi deganda pul tizimining iqtisodiyotning pul mablag’lariga bo`lgan talabini o`zgarishiga o`z vaqtida javob bera olishiga aytiladi.
Muomalaga chiqarilgan pullarning ta`minlanganlik prinsipi. XX asrning 70-yillariga qadar muomalaga chiqarilgan naqd pullar oltin bilan ta`minlanar edi. Muomaladagi har bir AQSH dollari 1$=0.88 gramm sof oltin asosiga ega edi. 1 unsiya = 35$ bahoda almashtirib berdi. 1 unsiya = 31.1 gramm sof oltinga teng. Milliy valyutaning oltin bilan ta`minlanishi baho masshtabi deb ataladi. 1976-1978- yillarda bo`lib o`tgan YAmayka jahon valyuta tizimida oltinni demonitizatsiya qilish tugatildi. Bu oltindan to`lov vositasi sifatida foydalanishni ta`qiqlash. Natijada baho masshtabi dunyo mamlakatlarida bekor bo`ldi, eng oxirgi davlat SHvetsariya baho mashtabini 2011-yilda bekor qildi. Hozirgi davrda muomalga chiqarilayotgan pullar Markaziy bankning aktivlari bilan ta`minlanadi.
Pul aylanmasini rejalashtirish va prognos qilish prinsipi.
Pul aylanmasini nazorat qilish prinsipi
Pul tizimi–bu mamlakatda tarixan tarkib topgan va milliy qonunchilik bilan tasdiqlangan pul muomalasini tashkil qilish shaklidir. Pul tizimlari XVI-XVII asrlarda ishlab chiqarish kapi-talistik usulining yuzaga kelishi va qaror topishi munosabati bilan shakllangan, biroq shunday bo`lsa ham, uning ayrim element-lari bundan ancha oldin paydo bo`lgan. Tovar-pul munosabatlari va ishlab chiqarishning kapitalistik usuli rivojlanishi bilan pul tizimida sezilarli o`zgarishlar yuz beradi.
Pul tizimi turlari pul qanday shaklda amal qilishiga bog’liq, ya`ni umumiy ekvivalent - tovar sifatida yoki qiymat belgisi sifatida bo`lishiga qarab quyidagicha pul tizimlar mavjud bo`lgan.
1. Metall pul muomalasi tizimlari. 2. Qog’oz va kredit pullar muoma-lasi tizimlari.
Birinchi tizimda metall pul bevosita muomalada bo`ladi va pul-ning barcha funktsiyalarini bajaradi, kredit pullar esa metallga almashinishi mumkin;
Kredit va qog’oz pullar muomalaga kiritilishi bilan qog’oz pullar muomalasi tizimi yuzaga kelgan.
Mamlakatda umumiy ekvivalent sifatida qabul qilingan me-tallga va pul muomalasi bazasiga qarab pul tizimi bimetalizm va monometalizm pul tizimlariga bo`linadi.
Bimetalizm – pul tizimida umumiy ekvivalent rolini metall (ko`pincha oltin va kumush) bajargan, bu tizimda ikkala metalldan ham tangalarning erkin muomalaga chiqarilishi va ularning cheksiz almashishiga amal qilingan.
Parallel valyuta tizimida ikki metall qiymati stixiyali, metall-ning bozor bahosiga munosib tarzda belgilangan. Bu pul tizimida dav-lat metallar orasidagi mutanosiblikni o`rnatib qo`ygan. Oltin va ku-mush tangalarning chiqarilishi va ularning aholi tomonidan qabul qilinishi ana shu mutanosiblikka muvofiq amalga oshirilgan.
Bimetalizm XVI-XVII asrlarda keng tarqalgan bo`lib, G’arbiy evropaning qator mamlakatlariga XiX asrda etib kelgan.
1865 yili Frantsiya, Belgiya, SHveytsariya va Italiya mamlakat-lari bimetalizmni xalqaro sulh – Lotin tanga Ittifoqi yordamida saqlab qolishga urinishgan. Tuzilgan konventsiyada ikkala metalldan ham 5 frank va undan yuqori qiymatli tangalarni chiqarish, oltin va kumush o`rtasida 1:15,5 qiymat mutanosibligini o`rnatish shartlari ko`zda tutilgan.
Biroq bimetallik pul tizimining qo`llanilishi rivojlangan kapitalistik xo`jalik ehtiyojlariga mos emas edi, chunki qiymat o`lchovi sifatida bir vaqtning o`zida ikki metall - oltin va kumush-ning qo`llanilishi pulning ushbu funktsiyasi tabiatiga to`g’ri kel-magan. Umumiy qiymat o`lchovi sifatida faqat birgina tovar xizmat qilishi mumkin. Bundan tashqari, ikki metall orasidagi davlat tomonidan o`rnatiladigan nisbat ularning bozor narxiga to`g’ri kel-mas edi. XIX asr oxirida kumush ishlab chiqarishning arzonlashishi va uning qadrini yo`qotishi natijasida oltin tangalar muomaladan xazinaga keta boshladi. Bunda Kopernik-Greshemning qonuni yuzaga chiqqan, ya`ni yomon pullar muomaladan yaxshilarini chiqarib tash-lagan.
Kapitalizm taraqqiyoti mustahkam pul, yagona umumiy ekvivalent bo`lishni talab qildi, shuning uchun bimetalizm o`z o`rnini monometa-lizmga bo`shatib berdi.
Monometalizm – bu pul tizimida yagona metall (oltin yoki kumush) umumiy ekvivalent va pul muomalasining asosi bo`lib xizmat qiladi. Amal qilayotgan tanga va boshqa qiymat belgilari qim-matbaho metallarga almashiniladi.
Kumush monometalizmi Rossiyada 1843-1852 yillarda, Gollandiyada – 1847-1875 yillarda mavjud bo`lgan.
Rossiya imperasida kumush monometalizmi tizimi 1839-1843 yillarda o`tkazilgan pul islohoti natijasida qabul qilingan. Pul birligi kumush rubli bo`lgan. Keyinchalik, muomalaga kredit biletlari ham chiqarilgan, ular kumush tanga bilan teng muomalada qat-nashgan va erkin tarzda metallga almashtirilgan. Lekin bu islohot so`nayotgan krepostnoylik tizimi davlat byudjeti va tashqi savdo balansi taqchilligi sharoitida pul muomalasini uzoqroq muddatga tartibga sola olmagan. 1853-1856 yillardagi Qrim urushi ko`p miqdorda qo`shimcha kredit pullar emissiyasini talab qildi va amal-da ular qog’oz pulga aylanib qoldi.
Ilk bor oltin monometalizmi (standart) pul tizimi sifatida Buyuk Britaniyada XVIII asr oxirida qaror topgan va qonun bilan 1816 yilda tasdiqlangan. Ko`pchilik boshqa davlatlarda bu tizim XIX asrning oxirlarida joriy qilingan: Germaniyada – 1871-1873 yil-da, SHvetsiya, Norvegiya, Daniyada – 1873 yilda, Frantsiyada – 1876-1878 yilda, Avstriyada – 1892 yilda, Rossiya va YAponiyada – 1897 yilda, AQSHda - 1900 yilda.
Qiymat belgilarining oltinga almashinishiga qarab oltin mono-metalizmi uch ko`rinishga ajratiladi: oltin tanga standarti, oltin g’isht standarti, va oltin valyuta standarti.
Oltin tanga standarti kapitalizmning erkin raqobatiga juda mos kelgan, ishlab chiqarish, kredit tizimi, jahon savdo kapitali kelib chiqishining rivojlanishiga yordam bergan. Bu standart quyi-dagi asosiy xususiyatlar bilan tavsiflanadi:
– mamlakat ichki muomalasida to`laqonli oltin tanga mavjud bo`ladi, oltin pul barcha funktsiyalarni bajaradi;
– xususiy shaxslarga tangalarni erkin zarb qilishga ruxsat eti-ladi (ko`pincha mamlakat zarbxonasida);
– muomaladagi to`la qiymatli bo`lmagan pullar (banknota, kredit pullar) erkin va cheksiz tarzda oltin pullarga almashiniladi;
– oltin va chet el valyutasini erkin tarzda olib chiqish va olib kirishga hamda erkin oltin bozorlarining amal qilishiga yo`l qo`yi-ladi.
Oltin tanga standartining amal qilishi Markaziy emissiya bank-larida oltin zaxiralari bo`lishini talab qilgan. Bular tanga muomalasining zaxirasi bo`lib xizmat qilgan, banknotalarning oltinga almashinishi ta`minlangan va jahon pullari zaxirasi bo`lgan.
I Jahon urushi davrida byudjet taqchilligining o`sishi, uning zayomlar chiqarish va tobora o`sib borayotgan pul emissiyasi bilan qoplanishi muomalada pul hajmining ortib ketishiga olib kelgan. Bu pul massasi emissiya hajmi va banklarning oltin zaxiralaridan anchagina ustun edi. Bu hol esa qog’oz pullarning oltin tangalarga erkin almashinishini xavf ostiga qo`ydi. Bu davrda oltin tanga stan-darti urushda qatnashgan davlatlarda, keyinchalik esa ko`pchilik boshqa mamlakatlarda ham (AQSHdan tashqari, unda 1933 y. gacha bu tizim amal qilgan) hayot davrini o`tab bo`ladi: banknotalarning oltinga almashtirish tugatildi, uni chegaradan olib chiqish man qilindi, hamma oltin tangalar xazinaga qaytarildi. I Jahon urushi tugagandan so`ng kapitalizmning umumiy inqirozi sharoitida hech qanday kapitalistik mamlakat o`z valyutasini barqarorlashtirishni oltin tanga standartiga qaytish asosida amalga oshira olmadi. Oltin qolip standartida, oltin tanga standartidan farqli o`laroq, muomalada oltin tanga va uning erkin zarb etilishi ko`zda tutilmaydi. Banknota va boshqa to`la qiymatga ega bo`lmagan pullar oltin quyilmalarga almashiladi. Angliyada standart 12,4 kg oltin quyil-masi 1700 f. st., Frantsiyada esa 12,7 kg oltin quyilmasi 215 ming frankka tenglashtirilgan.
Avstriya, Germaniya, Daniya, Norvegiya va boshqa mamlakatlarda oltin deviz standarti o`rnatilgan, bunda ham oltin tangalar muoma-lasi va erkin zarb etilishi ko`zda tutilmaydi. To`la qiymati bo`lmagan pullarni oltinga almashish oltin qo`yilma standarti bo`l-gan davlat valyutasiga almashish orqali amalga oshirilgan. Bu yo`l bilan oltin valyuta standarti o`rnatilgan davlat pul birligini oltin bilan bilvosita aloqasi saqlanib turilgan.
SHunday qilib, oltin deviz standartida bir mamlakat valyutasi boshqa davlat valyutasiga bog’liq bo`lgan.
1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi natijasida oltin standart barcha mamlakatlarda bekor qilindi (masalan, Buyuk Britaniyada – 1933 yilda, AQSHda – 1933 yilda, Frantsiyada – 1936 yilda) va banknotalar muomalasi qaror topdi.
1944 yilda tashkil qilingan Brettonvud Jahon valyuta tizimi o`zi bilan davlatlararo oltin-valyuta standarti tizimini, boshqacha qilib aytganda, o`z mohiyati bo`yicha erkin konvertatsiyalanadigan valyuta assosida davlatlar uchun oltindollar standarti tizimini qaror toptirgan. Oltin-dollar standartining mohiyati shundaki, u faqat markaziy banklar uchun o`rnatilgan va bunda faqat bitta valyuta - AQSH dollari oltin bilan aloqador bo`lgan.