MAVZU: PULNING MOHIYATI VA NOMOYON
BO’LISH SHAKILLARI
REJA:
KIRISH:
1 Pulning mohiyati va o’ziga xos xususiyatlari .
2 Qiymat shakllarining evolyutsiyasi .
3 Pulning funksiyalari va uning turlari
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
Mavzu dolzarbligi. Umuman olganda pul iqtisodiyotda katta rol o‘ynaydi. Jamiyatda mehnat taqsimoti va ishlab chiqarish jarayonining mavjudligi iqtisodiy hayotda pulning roli doimo oshib boraveradi. Birgina mehnat taqsimotiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, kompaniya yoki firma biror narsani ishlab chiqarish yoki xizmat turini ko‘rsatish uchun zarur xom – ashyo va materiallarni olish maqsadida bir necha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bilan iqtisodiy aloqalarni o‘rnatadi, ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatish jarayonida ishtirok etayotgan xodimlarning mehnati uchun haq to‘laydi va boshqa qator ishlarni amalga oshiradi. Bularning barchasi tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy hamkorlik va manfaatdorlik asosida amalga oshiriladi. Mana shu iqtisodiy hamkorlik va manfaatdorlikni amalga oshirishning iqtisodiy mexanizmi sifatida pulning roli alohida ahamiyat kasb etadi.
Bozor iqtisodiyot sharoitida pul unga yuklatilgan vazifalarni bajargandagina u iqtisodiyotni barqaror ushlab turishga va taraqqiy ettirishga xizmat qiladi.
Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov 1995 yil 21-dekabrda Oliy Majlisning IV – sessiyasida ta`kidlaganidek – “Bugungi eng muhim vazifa valyutamiz baquvvat, dunyoda obro`li valyutaga aylantirishdir, u yuksak qiymatga va katta kuchga ega bo`lishi lozim. So`mni barqarorligini ta`minlash va qadrini oshirish umummilliy vazifa.
Respublikamizdagi barcha fuqarolarning farovonligi ana shu vazifani hal etilishiga bog`liq. Aslini olganda bu iqtisodiy vazifagina emas, hozirgi paytda ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga molik vazifaga aylanmoqda, chunki iqtisodiyotning yuksalishi ham, aholi turmush darajasi ham, davlatning obro`-e`tibori ham shu vazifaning bajarilishiga bog`liq. Hisob-kitoblarimiz hamda bu vazifani hal etish uchun barpo qilingan va to`plagan salohiyatimiz hozir o`z oldimizga ana shunday vazifani qo`yishimiz va uni bajarishimiz mumkinligini ko`rsatmoqda.
Dostları ilə paylaş: |