Mavzu: Pulning tarixiy shakllari va turlari reja: Pul, uning kelib chiqishi va zarurligi. Qiymat shakllarining evolyusiyasi



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə7/11
tarix16.05.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#114160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Pulning tarixiy shakllari va turlari

Qiymat o‘lchovi.
Pulning ikkinchi funksiyasi – iqtisodiyotda pul o‘lchov vositasi sifatida xizmat qilganda xisob birligini ta’minlashi lozim. Og‘irlikni funtda yoki masofani milda ulchaganimiz kabi biz tovarlar va xizmatlarning qiymatini pul birliklarida ifodalaymiz. Ushbu funksiyaning muhimligini anglashimiz uchun pul qiymat o‘lchovi funksiyasini bajarmaydigan barter iqtisodiyotni yana bir ko‘rib chiqamiz. Agarda iqtisodiyotda faqatgina uchta tovarlar, aytaylik, shaftolilar, iqtisodiyot bo‘yicha leksiyalar va filmlar mavjud deb qarasak, unda tovarlar almashinuvini ta’minlash uchun faqatgina uchta narxlarni bilishimiz zarurdir: iqtisodiyotdagi ma’ruza nuqtai-nazardan shaftolining narxi (shaftoliga pul to‘lashingiz uchun iqtisodiyotdan nechta ma’ruza o‘qishingiz lozim), film nuqtai-nazaridan shaftolining narxi, film nuqtai-nazaridan iqtisodiy ma’ruzaning narxi. Agarda iqtisodiyotda 10 ta tovarlar bo‘lganida edi - 45 ta tovarning narxini, 100 ta tovar mavjud bo‘lsa – 4950 ta tovarning narxini, 1000 ta tovar mavjud bo‘lsa – 499 500 ta tovarlarning narxini bir tovarni boshqasiga ayirboshlashimiz uchun bilishimiz zarurdir.7 Tasavvur qilib ko‘ringki, barter iqtisodiyot sharoitida polkada minglab turli xil tovarlar joylashgan supermarketda bir funt tovuq go‘shtining narxi to‘rt funt yog‘ narxiga, bir funt baliqning narxi sakkiz funt pomidorning narxiga teng bo‘lgan sharoitda tovuq yoki baliqdan qay birining narxi arzon ekanligini aniqlashga to‘g‘ri kelar edi. Barcha tovarlarning narxlarini solishtirishingiz uchun xar bir narsaning ustidagi yorliqda 999 ta narxlar ro‘yxati mavjud bo‘lish lozim edi. Natijada ularni o‘qishga sarflangan vaqt juda katta tranzaksion xarajatlarni keltirib chiqarar edi.
Pul shuningdek jamg‘arish vositasi sifatida xizmat qiladi; daromad olingan vaqtdan boshlab xarajat qilingungacha bo‘lgan davrda xarid qobiliyatini saqlab turish vositasi xisoblanadi. Pulning ushbu funksiyasi foydali hisoblanib,
Pulning funksiyalari xususida fikr yuritganda uning asl (haqiqiy pul) qiymatiga ega bo‘lgan va asl qiymatiga ega bo‘lmaganligi (o‘rinbosar pullar) ga e’tibor qaratish lozim. Chunki muomalada asl qiymatga ega bo‘lgan pullar to‘lov vositasini bajarganda ularda pulning barcha funksiyalari namoyon bo‘ladi va aksincha. Asl qiymatga ega bo‘lgan pullar sifatida qimmatbaho metallar oltin va kumushni, kredit pullarni va 100 foiz oltin bilan ta’minlangan pullarni qayd etish mumkin. Asl qiymatga ega bo‘lmagan pullarga qog‘oz pullar, oltin asosiga ega bo‘lmagan kredit pullar kiradi.
Haqiqatda ham qimmatbaho metallar to‘lov vositasini bajargan paytda ular pulning barcha funksiyalarini bajargan. Qimmatbaho metallar o‘rnini qog‘oz pullar egallagandan so‘ng, qog‘oz pullarning inflyasiyaga uchrashi natijasida ular pulning barcha funksiyalarini bajarmay qo‘ydi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, yuqorida ko‘rib chiqilganidek, vaqt o‘tishi bilan pulning funksiyalari haqida turli qarashlar vujudga kela boshladi.
Pulning funksiyalari xususidagi fikrlarga tayanib, pul to‘rtta, ya’ni qiymat o‘lchovi, muomala vositasi, to‘lov vositasi va jamg‘arma vositasi funksiyalarini bajaradi degan fikrga keldik.
Pulning qiymat o‘lchovifunksiyasi asosan tovarlar qiymatini baho shaklida aks ettirish orqali namoyon bo‘ladi. Pulning qiymat o‘lchovi barcha tovarlar uchun umumekvivalent vositasi sifatida ularning qiymatini o‘lchaydi. Barcha tovarlarning qiymati pul o‘lchovi vositasi, ya’ni baho masshtabi, dastlabki bosqichda hukumat tomonidan o‘rnatiladi. Masalan, metr o‘lchovi bilan uzunlikni, kilogramm o‘lchovi bilan og‘irlikni o‘lchagan kabi, pulning qiymat o‘lchovi funksiyasi bilan barcha tovarlarning qiymati o‘lchanadi.
O‘zbekistonda qiymat o‘lchovi bevosita milliy valyuta «so‘m», AQShda dollar, Evropa ittifoqiga a’zo mamlakatlarda evro, Buyuk Britaniyada funt sterling, Yaponiyada iena qiymat o‘lchovi vositasi hisoblanadi.
Pulning muomala vositasibozor ishtirokchilari o‘rtasida tovarlarni oldi – sotdisi va xizmatlarni ko‘rsatish jarayonida namoyon bo‘ladi. Ushbu jarayonda pul vositachi rolini bajaradi.
Pulning muomala vositasi funksiyasini bajarishining bir sharti mavjudki, u ham bo‘lsa, tovarlarni sotib olish va xizmatlarni ko‘rsatish uchun to‘lov bir vaqtda amalga oshiriladi. Pulning ushbu funksiyasini bajarishda bevosita naqd pullar ishtirok etishi talab etiladi.
Ayirboshlash jarayonida tovarlar bir marta qatnashib muomala maydonini tark etsa, pul muomala vositasi funksiyasi yordamida ushbu jarayonga qayta – qayta kelaveradi. Iqtisodiyotda pulning banklar orqali aylanish tezligi qancha yuqori bo‘lsa, tovarlarni sotib olish uchun muomalaga zarur bo‘lgan pul massasiga talab shuncha pasayadi.

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin