Mavzu: Qadimgi Hindiston dinlari



Yüklə 49,5 Kb.
səhifə2/2
tarix07.04.2023
ölçüsü49,5 Kb.
#94559
1   2
tayyor.dinwunoslik

Braxmanlik. Eramizdan avvalgi birinchi ming yilliklarga kelib oriylar Hindistonda o‘zlarining knyazliklariga ega bo‘ldilar. Vedalarning marosimlar haqidagi ko‘rsatmalari ancha murakkablashdi. Shu davrga kelib aholi o‘rtasida braxmanlarning nufuzi oshib ketdi. Ular oldingi ta’limotlarni isloh qilib, yangicha liniy qonun-qoidalarni ishlab chiqdilar va braxmanlik diniga asos soldilar.
Braxmanlik ta’limoti kastalar (ijt.tabaqalar)ga asoslangan, ya’ni jamiyatdagi insonlar o‘zlarining kelib chiqishlari, mansablari va hunarlariga ko‘ra turli tabaqalarga bo‘linadilar. Braxmanlikda eng yuqori kasta braxmanlar. Ular xudoning tilidan yaratilgan bo‘lib, xudolar nomidan gapirish huquqiga ega edilar. Ikkinchi kasta kshatriylar. Ular xudoning qo‘lidan yaratilgan insonlar hisoblanib, podshohlar, knyazlar, jangchilar shular jumlasiga kiradi. Kastalarning yana biri vayshlar. Ular xudoning sonidan yaratilgan insonlar hisoblanib, savdogarlar va hunarmandlar shu kastaga mansubdirlar. Kastalarning eng quyi tabaqasi shudralardir. Ular xudoning oyog‘idan yaratilgan hisoblanib, oddiy xalq, dehqonlar shular jumlasiga mansub.
Braxmanlikning kastachilik asoslari er. av. V asrlarda yashagan Hindistonning yarim afsonaviy hukmdori Manu qonunlarida mustahkamlangan.
Braxmanlikdagi ruhning ko‘chib o‘tish ta’limoti Hindistonning deyarli barcha din va falsafalariga ta’sir etgan.

Hinduiylik. , hinduizm -dunyoda keng tarqalgan dinlardan biri. H.ga e`tiqod qiluvchilar asosan Hindistonda (95% ga yaqini) yashaydi, Pokiston, Bangladesh, Nepal, Shri Lankada, shuningdek, Jan. Afrikada, Jan.sharqiy Osiyoda ham uchraydi. H.ka 780 mln. kishi e`tiqod qiladi (2003). Milodning 1-ming yilligida shakllangan. H. veda dini va brahmanizm rivojlanishi va unga keyinchalik xalq e`tiqodi, urf-odatlari, marosimlari singib ketishi jarayonida paydo bo`lgan. O`rta asrlarda hukmron mafku-raga aylangan.
H.ning asosida jonning yangi shaklga kirishi (sansara) haqidagi ta`limot yotadi. Unga ko`ra, kishi o`lgandan keyin joni (ruhi) yangi o`simlik, hayvon yoki inson tanasiga kirib oladi va qayta tug`iladi. Yangi ruhning qay darajada bo`lishi karma qonuniga, ya`ni kishining hayot davridagi xulq-atvori, xatti-harakatiga bog`liq. H.ning asosiy maqsadi — insonni mana shu qayta tug`ilish zanjiridan, azob-uqubatidan halos qilish, ya`ni mokshaga erishish. H.dagi turli diniy-falsafiy ta`limotlar mokshaga erishishning yo`llari va vositalarini ishlab chiqdilar. Xususan, vedanta H.ka falsafiy asos bo`lib xizmat qildi. H.ka e`tiqod qiluvchilar qaysi kastaga mansubligiga qarab diniy rasm-rusumlarni bajarishda farqlanadi. Ular vafot etganlarida yerga ko`milmaydi, balki olovda kuydiriladi. H.ga ko`ra shunday qilinsa marh-um poklanadi, gunohlari bu dunyoda qoladi. Olov u dunyoga gunohlardan xoli bo`lgan jonning o`zini olib ketadi. Bu dinning aqidalariga koʻra, odamzot yaratilishidayoq ijtimoiy jihatdan tengsiz yaratilgan. Shuning uchun bu tengsizlikni real hayotda tugatishning iloji yo`q. Chunki unga ta`sir etishga qodir bo`lgan kuchning o`zi yo`q. H.da ajdodlar ruhiga topinish alohida o`rin tutadi. Vafot etgan ajdod xudoga tenglashtiriladi. Ajdodlar ruhi bu dunyoda yashayotgan qarindosh-urug`larini qo`riqlaydi, ularning oilasi va hayotini muhofaza qiladi.
H.ning muqaddas kitobi vedalar, "Mahobxarata" (ayniqsa uning "Bahagavadgita" va "Ramayana" qismlari) va b. H.da asosiy xudolar — Shiva, Vishnu, Brahmaga sig`iniladi. Ularning ko`rinishi sifatida ko`plab mahalliy xudolar e`tirof etiladi. H.da tog`lar, daryolar (xususan, Gang), o`simlik (mas, nilufar), hayvonlar (maymun, fil, ilon va ayniqsa, sigir) muqaddas sanaladi va ularga topiniladi. turli ga`yritabiiy hodisalar ham sig`inish ob`yekti hisoblanadi. Diniy marosimlar ibodatxonalarda, uylardagi mehroblar yonida, muqaddas joylarda ado etiladi. Hozirgi H. 2 oqim — vishnuizm va shivaizm shaklida mavjud.

Xulosa


Yuqorida keltirilgandan xulosa shuki qadimgi Hindnlar boshqa xalqlar singari afsonalardan qahramonlar obrazlarini yaratib ularni iloxiylashtirgan ularning diniy tassavurlarida turli hayvonlar ilohiylashtirilib ular hudo darajasiga ko`targanlar shuningdek turli tabiiy joylar va o`simliklar muqqadaslashtirilgan bu sabab o`sha paytda inson taffakuri ongi manaviyatining judaxam pastligi sababdir.


Bundan kelib chiqib tabaqalanish dinga qarab kelib chiqqan va har bir hunarni yoki tabaqani o`z xudosi bo`lib bu qarashlar ko`p hudolikka va turli yangi din oqim va din yo`nalishlariga sabab bo`lgan.
Yüklə 49,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin