Mavzu: qadimgi markaziy osiyoning eng qadimgi san`ati reja: Markaziy Osiyodagi qadimgi madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 18,93 Kb.
tarix30.11.2023
ölçüsü18,93 Kb.
#170107
Qadimgi markaziy osiyoning eng qadimg sanati.


Mavzu: QADIMGI MARKAZIY OSIYONING ENG qADIMGI SAN`ATI
Reja:
1. Markaziy Osiyodagi qadimgi madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlari.
2. Yunon-Baqtriya madaniyati miqiyosida Sharq ellinistik madaniyati.
3. Kushonlar madaniyati.
4 Sharq uyg‘onish davri madaniyatini rivojlanish bosqichlarinii g‘ziga xos xususiyatlari.
5 Uyg‘onish davrining Sharq va G‘arb madaniyati aloqalarida tutgan o‘rni.

Markaziy Osiyo madaniyati jahon madaniyati tarixida muhim o‘rin tutadi. Uning o‘rta asrlardagi madaniyatiga butun dunyo allaqachon munosib baho bergan. Hatto Baqtriya, Marg‘iyona, Sug‘d, Parfiya, Farg‘ona, Xorazm, Choch xalqlarining qadimgi madaniyati ham jahonni hayratga solmoqda. Markaziy Osiyo mintaqasining qadimgi madaniyatini o‘rganish o‘n yillar ilgari boshlangan bo‘lsada, tadqiqotchilarning bu madaniyatining o‘ziga xosligi va boy mazmuni lol qoldirdi. Markaziy Osiyo madaniyati g‘arb va Sharqning buyuk madaniyat elementlarini bir butunlikda uyg‘unlashtirib ifodalagan holda o‘ziga xos individuallik kasb etadiki, bu xususiyat keyingi taraqqiyot uchun ham negiz bo‘lib qoladi.


I.A. Karimov aytganlaridek, – «Modomiki, o‘z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo‘lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tariximiz bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qurollantirish zarur». Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatining vujudga kelishi sharoitlarini belgilashda dastavval, uning jug‘rofiy o‘rni va tabiiy vositalariga e’tiborni qaratish lozim bo‘ladi. Madaniyatshunoslik har qanday madaniyatning shakllanishidagi o‘ziga xos alfozni joy manzarasi, iqlimi, biosfera omillarining ahamiyati borligiga alohida e’tibor beradi. Markaziy Osiyo mintaqasining tabiati turli xilligi bilan katta farq qiladi. Bu yerda serhosil vodiy va vohalar, sersuv daryolar, qaqroq cho‘llar, dashtu adirlar, Pamir va Tangritog‘ining baland muzofatlari bilan yonmayon joylashgan. Bunday xususiyat dehqonchilik, chorvador, tog‘da yashovchi qabila va xalqlar xo‘jalik tarzi va o‘ziga xos madaniyatlarining shakllanishi uchun imkoniyat yaratdi. «qadimgi sivilizatsiya» deb nomlangan risolada Markaziy Osiyo madaniyatining ikki xususiyati ko‘rsatiladi: bir tomondan, turli madaniyatlarning o‘zaro ta’sirida, ikkinchi tomondan, qadimgi sivilizatsiyalarining boshqa o‘choqlari bilan yaqin aloqada rivojlanishi.
Bu xususiyatlarni batafsil kuzatadigan bo‘lsak Markaziy Osiyo madaniyatining shakllanish jarayonlari yaqqol namoyon bo‘ladi. Markaziy Osiyoning serhosil vodiysi, cho‘l va dashti, tog‘larida yashovchi aholining turmush sharoitidagi farqlar turli xo‘jaliklarning ertaroq paydo bo‘lishi o‘ziga xos madaniyatlar shakllanishiga olib keldi. Bu jarayon yaqin qo‘shinchilik munosabatlari asosida sodir bo‘lib, qabila va xalqlarning iqtisodiy va madaniy aloqalari tufayli taraqqiyotning ertaroq boshlanishiga imkon yaratdi. Eng qadimgi davrlardan dehqonchilik, chorvachilik va tog‘ ovchi qabilalari o‘rtasidagi mahsulot ayirboshlash Markaziy Osiyo xalqlari iqtisodiyotida katta ahamiyatga ega bo‘lib, keyingi davrlarda ham u uzoq saqlanib qoldi. Turmush tarzi va xo‘jalik faoliyatidagi farqlanish bilan birga mintaqa xalqlarining etnik va tillardagi yaqinlik judayam uyg‘unlashib ketganligi qadimgi Yunon va Xitoy manbalarida ham qayd qilingan. Markaziy Osiyo xalqlarining kuchli iqtisodiy aloqalari, etnik va til birligi ularning bir-biridan ayricha yashashiga yo‘l qo‘ymadi. Natijada qadimgi Sharqning klassik madaniyati orasida Markaziy Osiyo qadimgi madaniyati ajralib, o‘ziga xos ko‘rinishda shakllanadi. Dastlab, bu madaniyatda ikki xil madaniyat aralashib ketadi: ko‘chmanchilik va ibtidoiylik olami hamda sivilizatsiya olami; Bu yerdagi qadimgi madaniyatlarga xos madaniyatlarning o‘zaro muloqotiga aks ta’sir ko‘rsatgan «o‘zining betakrorligi» haqidagi tasavvur shakllanmoqda. Markaziy Osiyoning o‘troq dehqonchilik va ko‘chmanchi xalqlarida anchamuncha farqlar bo‘lishiga qaramasdan ilgaridan yaqin munosabatlar o‘rnatilgan.
Diniy e’tiqodlar, urf-odatlar, folklor, axloqiy me’yorlardagi umumiylik madaniy umumiylikning shakllanishiga olib kelgan. Shuning uchun, bundan keyin Markaziy Osiyoning yaxlit madaniyatini tashkil qiluvchi turli submadaniyatlar mavjudligi haqida to‘xtalish joizdir: qadimgi davlatlar sub madaniyati (Baqtriya, Sug‘d, Xorazm, Farg‘ona, Marg‘iyona), dasht ko‘chmanchilari-sak, massaget, dakochchilar submadaniyati, Pamir va Tangritog‘ qabilalarning submadaniyati.

Qadimgi Osiyoda, jumladan, Markaziy Osiyoda ham ilk san'at namunalari o'zining uzoq tarixiga ega. Bu haqda O'zbekistonning birinchi Prezidenti I.Karimov ta'kidlaydiki "...Avvalambor, shuni aytish joizki, olis ota-bobolarimizning aql- zakovati, qalb qo'ri mahsuli bo'lmish bu noyob yodgorlikning zamon to'fonlaridan, qanchadan-qancha og'ir sinovlardan o'tib, bizning davrimizgacha yetib kelganining o'zida katta ma'no mujassam. Bunday o'lmas osori atiqalar bu ko'hna o'lkada, bugun biz yashab turgan tuproqda qadimdan buyuk madaniyat mavjud bo'lganidan guvohlik beradi.


TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Milloddan avvalgi VI asrdan IV asrgacha Markaziy Osiyoda Ahamoniylar hukumronligi o'rnatildi. Bu davrda Eron va Markaziy Osiyo xalqlari san'ati bilan bog'liq namunalar vujudga kelgan. Naqshi Rustam, Behustun tasvirlari, Persepol saroyi zalidagi tasvirlar bu namunalarga asos bo'ladi. Garchi bular Eronda bo'lsada bu o'tmish tasvirlari O'zbekiston tasviriy san'ati tarixi uchun ham ishonchli va muhim namunalardir.
Aleksadr Makedonskiyning sharqqda qilgan 11 yillik yurishi davomida Markaziy Osiyoning ham bir qismini istilo qilindi. Bu esa o'z navbatida miloddan avvalgi IV asrdan miloddiy IV asrgacha bo'lgan ellinistik yoki antik madaniyat davriga asos bo'ldi. Istilo etilgan sharq xalqlari orasida yunon tili, dini, og'irlik va uzunlik o'lchov birligi, yunon madaniyati va san'ati targ'ib qilingan. Ammo, Yunonistonning memorchiligi, tasviriy san'ati boshqa xalqlarga nisbatdan antik dunyoda yuqori bo'lganligi takidlamoq kerak. Mahalliy xalqlar tasviriy-amaliy

san'ati bilan ellinlar san'ati o'rtasida ug'unlashuv boshlagan. Bu uyg'unlashuv uzoq davom etib. Amaliy san'at namunalari, jumladan me'morchilik paydo bo'la boshlaydi. O'z navbatida Yunonlar Baqtriyadan binokorlik va hunarmandchilikni o'zlashtirganlar. Sharq va g'arb ilm-fani, madaniyati va san'ati omuxtalashib, umuminsoniy qadriyatga aylanib ketgan.


Afrosiyob yodgorligidan topilgan Iskandar surati chizilgan qimmatbaho serdolik tosh o'sha davr hunarmandchiligining yorqin ifodasidir. Oldiga Iskandar orqa tomoniga taxtda o'tirgan Sezar tushirilgan tetradraxma (kumush tanga). Sirtiga artemida tushirilgan gemmadagi rasm ham ellinlar davri namunalariga kiradi. Yunon-makedonlar istilosidan keyin tashkil etilgan. Yunon-Baqtriya Parfiya kabi davlatlarda ham omuxtalashuv davom etdi.
Salavkiylar davridan saqlanib qolgan haykallar, amaliy bezak san'atidagi tasvirlardan tashqari tanga pullardagi tasviriy namunalar orqali ham yaqqol ko'zga tashlanadi. Bunga Antiox I ning Draxma va Dalvarzintepadan topilgan 11 dona oltindan ishlangan ashyolar Baqtriya davri ustalarining mahoratidan darak beradi.
Bu davrda qadimgi Xorazm, Davon va qang' davlatidan ham tasviriy san'at keng ko'lamda rivojlangan. qadimgi Xorazm tarixini o'rgangan olim S.P.Tolstov Janbosqa'lani haykallar muzeyi Tuproqqalani esa "Tangalar muzeyi" deb bejiz aytmagan. Tasviriy san'at tarixining bir qismi kushonlar davri bilan chambarchas bog'liq. Bu davrda qadimgi xalqlarning turlicha dunyoqarashlari tasviriy san'at asarlarida o'z aksini topgan. Bularning birida buddizmga xos belgilar aks ettirilgan bo'lsa, ikkinchi bir namunalarida zardushtiylik e'tiqodi ramzlari tushirilgan.
Kushon davlatining san'atining xilma-xilligi bu imperiya juda katta hududni, ko'p xalqlarni birlashtirganligi bilan ham izohlanadi. Kushonlar davrida madaniyat va san'at yuksak pog'onaga ko'tarilgan. Baqtriya hududidan topilgan haykalchalarda sevgi, oilaviy baxt, serhosilllik kabi g'oyalar olg'a suriladi. Kushonlar davrida madaniyatning serqirraligi shundaki, tasviriy san'at, memorchilik, amaliy san'atning turlari bilan bir-biri bilan bog'liq holda taraqqiy etgan. Bu davrda insonlarning xilma-xil e'tiqodga ega bo'lganligi, bu yerda vijdon erkinligi. Dinlararo bag'rikenglik, millatlararo totuvlik, hurfikrlik kabi erkinliklar mavjud bo'lgan.
Tadqiqot natijalar
Eftaliylar, Turk xoqonliklari davrida ajoyib haykallar, nafis devoriy suratlar yuzaga keldi. O'tmish tasviriy san'at merosimizning eng xarakterli tomonlaridan biri shunda ediki, ajdodlarimiz boshqa xalqlar san'atidan ta'sirlanibgina qolmasdan, ularga o'z ta'sirini ham o'tkaza olgan.
Tasviriy san'atda haykaltaroshlik turi alohida ahamiyatga kasb etadi. Kushonlar hukmronligi davrida Shimoliy Xindiston istilo etishi bilan buddaviylik dini, u bilan birgalikda haykaltaroshlik ham kirib keldi. Haykaltaroshlik namunalari ko'proq Surhon vohasida topilgan.
Xolchayon, Ayritom, Fayoztepa, qoratepa, Dalvarzintepa, Kampirtepa yodgorliklardan sopol buyumlar topilgan. Bu haykallar haykaltaroshlikning barcha talab va qonunlariga javob beradi.
Markaziy Osiyo hududiga mansub qadimgi rangtasvir san'ati o'ziga xos bebaho namunalarga ega. O'rta asrlarda Samarqandning o'rni Afrasiyob, Surxondaryoning Bolaliktepa, Buxorodagi Varaxsha, Panjikentdagi devoriy rangi tasvirlar diqqatga sazovardir. Afrosiyob rang tasvir san'atining eng xarakterli namunasi shoh saroyi ko'rinishiga xosdir. Devoriy rasmdagi salobatli filning tasvirini kuzatar ekanmiz har bir bo'yoq o'z o'rnida ishlatilganligini ko'ramiz.
Ranglar tasvirining jonli chiqishida muhim rol o'ynagaligi yaqqol ko'zga tashlanadi. Filning ustida maxsus mo'ljallangan yopinchiqdagi tasvirlar kishini beixtiyor o'ziga jalb qiladi. Bu tasvirlarda qizg'ish, sarg'ish, jigarrang, ayniqsa xavorang ko'p ishlatilgan. Filning ustida taxtiravon, taxtiravon ustida oqsuyak ayol o'tirganligi tasvirlangan. Bo'lishi kerak, degan taxminlar ham bor.

Fodalanilgan adabiyotlar


1. Registon maydoni — maʼlumot Katta sovet ensiklopediyasidan olindi..
2. ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
3. ↑ Mukminova, R. G. „The role of Islam in education in Central Asia in the 15th – 17th centuries“. // Studies on Central Asia Nuova serie. – 2007. – № 1 (87). – P. 155–161.
4. ↑ Xoroshxin A. P. Sbornik statey, kasayuщixsya Turkestanskogo kraya A. P. Xoroshxina.. – S.Peterburg., 1876.; D. I. Evarnitskіy. Putevoditel po Sredney Azіi. Otʼ Baku do Tashkenta.. – Tashkent., 1893. – S. 73-77; V. I. Masalskіy. TURKYeSTANSKІY KRAY. –
Yüklə 18,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin