Mavzu: Qadimgi Misr madaniyati Reja



Yüklə 65,5 Kb.
səhifə3/6
tarix19.12.2023
ölçüsü65,5 Kb.
#186517
1   2   3   4   5   6
Qadimgi Misr madaniyati

Dafn marosimlari.
Misr hukmron tabaqalari ya’ni qirollarning asosiy vazifalari qonun va mustahkamlikni ta’minlashdan iborat. Qirollar adolat va adliya ilohasi Maat sifatida bilishgan2.
Misr madaniyatida o`lim bilan hayot doimo bir-biriga qarama-qarshi turgan. Ajalsiz ruh Misr dinida alohida o`rin egallagan. Mana shu ajalsizlikka intilish ko`mish marosimlarining shakllanishiga olib kelgan. Diniy marosimlarda har bir odam alohida xususiyatga ega bo`lgan. Masalan, sax-inson jismi, shunt-uning soyasi, rek-uning ismi, ax-uning arvohi hisoblangan. Bu yerda eng muhim rolni Ra-insonning joni, ya’ni ajalsizlikning negizi o`ynagan. Misr diniga ko`ra, Ra o`z jismiga birikishi va qayta dunyoga kelishi kerak bo`lgan. Chunki odam o`lganda faqat uning jismi o`ladi, ammo ruhi abadiy yashash uchun narigi dunyo-o`liklar saltanatiga mangu yashash uchun ketadi. Qadimgi misrliklarning ana shunday diniy tasavvurlari asosida odamning jasadini abadiy saqlash fikri tug`iladi va mo`miyolash jarayoni vujudga keladi. Shuningdek, ularning tanasiga hech qanday shikastlar yetmasligi uchun yoki boshqa shovqinlardan xalos bo`lish uchun piramidalar qurish fikri tug`iladi. O`lik 70 kun ichida mo`miyolanib, keyin esa ko`milgan. Uning yuragi, jigari, talog`i maxsus idish (kanopa)ga saqlangan. Qadimgi misrliklar tasavvuriga ko`ra, marhumning ruhi 70 kundan so`ng, narigi dunyoga mangu yashash uchun jo`natilgan. O`liklar saltanatiga borgan odamlarni ikkinchi o`lim kutgan. U dunyoda marhum Osiris va Anubis xudolari o`tkazadigan sudda odam o`ldirmagani, o`g`rilik qilmagani, yolg`on gapirmagani to`g`risida qasam ichisi lozim edi. Bu esa, asosan «O`liklar kitobi», «Darvozalar kitobi», “Yerosti g`orlari kitobi» kabi diniy kitoblarda aytilgan. Yangi podsholik davridan sog`onalarga “O`liklar kitobi”ning mazmunini o`zida aks ettirgan papirus yozuvlari qo`yilgan.
Qadimgi misrliklarning dini Nil vodiysining tabiiy shart-sharoitlarini o`ziga xos xususiyatlarini, qadimgi Misr jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotining alohida tomonlarini fantastik aks etishi edi. Misrliklar oy, quyosh, Nil vodiysi va uning atrofidagi sahro, yirtqich hayvonlar va tabiatning har xil kuchlarini ilohiylashtirdilar. Ular sun'iy sug`orish tizimini tashkil qiladigan, insonlar ustidan amr qiluvchi fir’avnga e’tiqod qildilar.
Misrliklar mingga yaqin turli xil xudolarga sig`inganlar. Xudolar mahalliy va umummisr miqyosida e’tiqod qilingan ilohlarga bo`lingan. Qaysi bir nom hukmdori-umummisr hukmdori fir’avnlik taxtiga o`tirsa, shu nomning xudosi umummisr xudosiga aylangan. Misol uchun, nom markazi bo`lgan Fiva Misr poytaxti bo`lganda, hech kimga ma’lum bo`lmagan Fiva xudosi Amon xudolar ichida bosh xudo deb tan olindi.
Misrda oliy xudo quyosh xudosi Ra yaratuvchi xudo Ptax va xudo Amonning ko`pgina vazifalarini olish bilan Misrning bosh xudolaridan biriga aylangan. Amon-Ra dunyoning yaratuvchisi, podsho hokimiyati, Misr harbiy qudratining homiysi bo`lgan.
Osiris o`layotgan va uyg`onayotgan tabiatning aksi, u dunyoning hukmdori, podsho hokimiyati homiysi bo`lgan. Uning rafiqasi Isida ona xudo, onalik va er-xotinlik muhabbatining homiysi bo`lgan. Ularning o`g`li ham osmon va yorug`lik ifodasi, fir’avn homiysi bo`lgan. Donolik va hisob xudosi Tot; qudrat ramzi m`buda Soxmet, osmon xudosi Xatxor quvonch va sevgi xudosi bo`lgan. Sia-bilim xudosi, Maat-adolat xudosi bo`lib, adolat, aql kabi mavhum tushunchalarni ifodalagan.
Misr Nubiya, Falastin va Suriya bilan yaqin aloqada bo`lgani sababli, chet el xudolari Anat, Astarta, ma’bud Reshefa (Semit), Dedun (Kush xudosi) Misr xudolari panteoniga qabul qilingan. Misr diniy tasavvurlarida fetishizm va totemizm qoldiqlari saqlanib qolgan. Misrliklar o`z xudolarini hayvon, ilon, qurbaqa tarzida tasavvur qilishlari shu sababli edi. Xudo Apis kuchli ho`kiz qiyofasida, ma’buda Soxmet-sher, Tot-pavian, suv girdobi xudosi Sebek-timsoh, Yuqori-Quyi Misr birligi timsoli bo`lgan ma’buda Uadjet-ilon-kobra ko`rinishida ifodalangan.
Xudolarning ko`pligi, ularning vazifalarini bir-biriga bog`lanib ketishi kohinlarning xudolar panteonini tartibga solish, ular o`rtasida aniq munosabatlarni o`rnatish vazifasini qo`yadi. Geliopol kohinlari ma’lum darajada xudolar o`rtasidagi munosabatlar va ularning dunyoni yaratishdagi rolini ko`rsatadigan tizimni ishlab chiqdilar. Shunga ko`ra, dastlab ibtidoiy suv xudosi Nun yashadi. Undan xudo Atul (Ra) paydo bo`ldi. Atul (Ra) o`zidan suv xudosi Shu va uning xotini Tefnut-namlikni paydo qildi. Ulardan yer xudosi Geb, osmon ma`budasi Nut tug`ilib, ulardan o`z navbatida, Osiris, Isida, Sia va Neftida tug`ilgan. Bu qadimgi ilohlar ilk ilohiy to`qqizlik-Enneada oilasiga birlashdi. Ana shu ilohlardan boshqa Misr xudolari tarqalgan.
Fir’avn shaxsini ilohiylashtirish alohida rol o`ynadi. Kohinlar ta’limotiga ko`ra, fir’avn inson ko`rinishidagi xudoning aksidir. U ikki xil-inson va ilohiy tabiatga ega bo`lgan. Uning tug`ilishi Amon-Ra bilan fir’avnning yerdagi onasining nikohinatijasidir. Yerni fir’avn xudo Xorning aksi sifatida boshqargan. Fir`avn o`limidan so`ng, xudo bo`lib, Osiris bilan tenglashtirilgan. Podsholik qilayotgan va vafot etgan fir’avn o`z ibodatxonasiga ega bo`lgan. Kohinlar bu ibodatxonalarda qurbonlik keltirganlar va fir`avnga sig`inganlar. Ulug`vor piramidalar, hashamatli sog`onalar bunyod qilish fir`avnni ilohiylashtirishning yana bir belgisi edi. Fir’avn ilohiyligining ramziy aks etishi sfinks ko`rinishida bo`lgan. Misrda yagona xudoga sig`inish konsepsiyasi o`z o`rnini topmagan (Exnaton islohoti).
Diniy urf-odat, an’analarga Misrda qat’iy rioya qilingan. Xudolarga sig`inish uchun ibodatxonalar, haykallar bunyod qilingan. Ibodatxona xudoning uyi, kohinlar esa, uni xizmatkorlari sifatida qaralgan. Xudo haykal tasvirida bo`lib, unga sig`inilgan. Xudoga sig`inish rasm-rusum marosimlari qat`iy shakllantirilgan: xudolar kiyintirilgan, ramziy ovqatlantirilgan, qurbonlik kel`tirilib, qo`shiqlar, raqslar va bayram marosimlari namoyishlari bilan uning ko`ngli ochilgan. Kalendarning belgilangan kunlarida xudo haykali ibodatxonadan ibodatxonaga ko`chirilgan, qaysiki, u turar joylariga kirib chiqishi yoki boshqa xudolarga mehmon bo`lishi lozim bo`lgan. Minglab kohinlar diniy bayram va marosimlarni tashkil qilganlar. Misr dinida u dunyodagi hayotga katta o`rin berilgan. Inson go`yoki, uch asosiy substansiya: jismoniy tana, uning ma’naviy ko`rinishi («Ka») va uning ruhi («Ba») dan iborat. Faqat shu uch unsur birgalikda yashashga imkon beradi. Demak, shunday ekan, odamlarning jasadini saqlash (mo`miyolash) kerak. Ana shundagina mo`miyo oldida «Ka» va «Ba» turadi. O`limdan keyingi hayot bu hayotning davomi deb tushuniladi.
Ibodatxonalar ko`p sonli kohinlarni ta`minlash, bayram va ziyofatlarni tashkil qilish uchun o`z xo`jaliklariga ega bo`lgan. Fir`avnlar, zodagonlar ibodatxonaga hadya qilgan yerlarda ko`plab odamlar ishlagan. Ibodatxonalar nafaqat mamlakatni diniy, madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim rol o`ynab qolmay, ibodatxona kohinlari davlat siyosatiga faol aralashganlar. Sulolaviy tushkunlik paytida yangi fir`avnni tanlanishi bevosita Amon-Ra oliy kohinlariga bog`liq bo`lgan.

Yüklə 65,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin