1949-yilda Xitoyda hokimiyat tepasiga Mao Szedun boshchiligidagi kommunistlar keldi. Mao maʼmuriyati uzoq davom etgan parchalanish davridan keyin mamlakatni birlashtirish jarayonining kuchayishi, Xitoyni sanoatlashtirish va aholi farovonligining barqaror oʻsishi bilan ajralib turdi. Biroq, „Buyuk sakrash“ kabi kommunistik iqtisodiy tajribalar iqtisodiy inqiroz va ommaviy ocharchilikka olib keldi.
1949-yilda Xitoyda hokimiyat tepasiga Mao Szedun boshchiligidagi kommunistlar keldi. Mao maʼmuriyati uzoq davom etgan parchalanish davridan keyin mamlakatni birlashtirish jarayonining kuchayishi, Xitoyni sanoatlashtirish va aholi farovonligining barqaror oʻsishi bilan ajralib turdi. Biroq, „Buyuk sakrash“ kabi kommunistik iqtisodiy tajribalar iqtisodiy inqiroz va ommaviy ocharchilikka olib keldi.
1979-yilda Mao Szedun (1976) vafotidan keyin, „Islohotlar va oshkoralik siyosati“ nashr etildi. Islohotlarning birinchi bosqichida qishloq xoʻjaligi va transportning yuqori oʻsishi Mao davridagi koʻplab cheklovlarni olib tashlash orqali taʼminlandi. Partiya yirik, mayda ishlab chiqarish, tartibsiz sanoatni rivojlantirishni ragʻbatlantirdi. Bu aholining koʻpligi bilan bogʻliq edi.
Qadimgi Xitoydagi ilmiy iqtisodiy qarashlaming avj olgan davri eramizdan awalgi VI-III asrlarga to‘g‘ri keladi. Bu mamlakatdagi dastlabki quldorlik davlatlari eramizdan awalgi II ming yillikda paydo bo'lgan. Iqtisodiy ta’limotlar tarixida Xitoyda Konfutsiy ta’limoti juda katta rol o'ynadi. Bu ta’limotning asoschisi Konfutsiy (ilmiy asarlarda shunday yoziladi) yoki Kun-Szi (eramizdan awalgi 551-479-yillar)dir. Uning asosiy ilmiy qarashlari «Lun-yuy» («Suhbat va muhokama») to‘plami bo‘lib, u shogirdlari tomonidan to‘plangan. Uning davrida yirik zodagonlar ta’siri ancha kamayib, jamiyatda parokandalik hukm surmoqda edi. Uni bu holatdan chiqish va kelajakni poklash uchun o'tm ishni yaxshiroq o'rganishga chaqirdi; ana shu davrda obro‘si pasaygan zodagonlaming manfaatini himoya qildi. Konfutsiy mamlakatning kelajagi uchun, o'tmishini ko'proq bilishni o'zining ijtimoiy oliy maqsadi deb bildi.
U urug‘chilik, aslzodalik pozitsiyasini himoya qildi. Ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilash uchun u m a’naviy poklanish dasturini ilgari surdi. Chunki o ‘sha davrda Xitoyda tem irni qayta ishlash kuchayib, tovar-pul munosabatlari rivojlanishi natijasida savdo va savdogarlaming jamiyatda ta’siri ortdi. Hukmron sinf ichida sinfiy bo'linish vujudga keldiki, yirik avloddan-avlodga o'tuvchi aristokratiya bilan yosh yangi aristokratiya o'rtasida adovat kuchaydi.
Aynan shu davrda bu qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga intiluvchi mafkura (ideologiya) sifatida konfutsiychilik maydonga keldiki, bu ta’limot quldorlik tuzumini himoya qilib «tabiiv huauq» g'oyasini ilgari surdi. Bu ta ’limotga ko‘ra, Xudo olamni yaratuvchidir. Ammo xudo ijtimoiy hayotga aralashmaydi, chunki jamiyat tabiiy qonunlar asosida rivojlanadi. Uni bilib olish esa Xudo bergan aqlga bog‘liq, u esa fiiqarolik qonunlari bilan himoyalanadi. Bu ta’limot asrlar davomida Xitoyda o'rganilib kelinmoqda. 30 Konfutsiychilikda yoshlaming qariyalarga hurmati, ularga qarshi chiqmaslik g'oyasi asos qilib olingan. Davlat bu «katta oila», podsho esa «xalqlar otasi»dir, boyliklar nisbatan tekis taqsimlanishi kerak, soliqlarni me’yorida saqlash, yer ishlarini yaxshi bajarish, hammaning o‘z vazifasini bajonidil ado etishi zarur, deyiladi.
Ayni chog‘da, Konfutsiy quldorlikni himoya qilish bilan birga yirik quldorlarni ham himoya qiladi. Bu bilan ijtimoiy «tenglikka» erishishga harakat qiladi. Konfutsiy mulkning ikki shaklda bo‘lishini e’tirof etadi: 1. «buyuk jamoa /ww/A;/»-kollektiv mulkchilik, ya’ni dehqonlar jamoasining mulki; 2. «xususiy mulkchilik» -quldorlaming mulki. Uning ta’limotida ba’zi qarama-qarshiliklami ham ko‘rish mumkin. Masalan, ichki qarama-qarshiliklarda xususiy mulkni himoya qiladi. U insonlarni tabaqalanishini tabiat va xudo tomonidan hukm qlingan haqiqatdir deb yozadi. Eng muhim iqtisodiy xulosasi shuki, boylikning manbayi mehnatdir. Shu bilan birga, quldorlaming davlat boyligini kuchaytirish uchun qullami ko'proq ishlatib, kamroq yegizishga chaqiradi. Konfutsiy ta’limotining davomchilaridan biri Men-Szi (eramizdan aw algi 372-289-yil) edi. M en-S zi jam iyatni boshqaruvchi va boshqariluvchilarga bo‘lib, xalq boshqaruvchilari uchun ishlamog‘i kerak, deydi. U jamiyatni klassik taqsimlanishi, tarafdori edi, aqliy va jismoniy mehnat o‘rtasidagi qarama-qarshilikni himoya qiladi.
Eramizdan avvalgi yettinchi asrda Xitoyda yashab ijod etgan mutafakkir Guan Szi (eramizdan avvalgi 725-645-yillar)ning iqtisodiy faoliyati va uni turli joylarda amalga oshirish mumkinligi tahlilini o’rganish maqsadida biz uning yangi tarjima qilingan asarlari bilan qisqacha tanishamiz. Iqtisodiyot sohasida ko’pgina qadimgi Xitoy
asarlari Shumpeterning tasvirlashiga mos keladi: ular qat‘iyan ―ilmiy‖ o’rganishlardan ko’ra etik asosga muvofiq davlat boshqaruvi mulohazalar bilan cheklangan.
Konfutsiy ta‘limotiga ko’ra, bilimdon hukmdor – u «xalqning otasi», «to’g’ri amal qilishning» va boylikni ancha tekis taqsimlashning kafolati. Uning tasdiqlashicha, Alloh va tabiat tomonidan jamiyat toifalarga ajratilgan, shu bilan birga u har bir odamni ma‘naviy yuksalishga da‘vat etgan, kattalarga bo’lgan hurmat qoidalari to’g’risida, farzandlik burchi to’g’risida, aka-ukalar o’rtasidagi do’stlik to’g’risida qimmatli fikrlarni ilgari surgan. Konfutsiy ta‘limotidan shu narsani ko’rish mumkinki, agar reglamentlashtirilgan patriarxal munosabatlarda ustalik bilan xo’jalik yuritilsa, «xalqda hamma narsa muhayyo bo’ladi».
Lekin Guan Szining ―Guan-szi kitobi‖ ma‘muriy qolipdan uzoq asar sifatida mashhur. U o’z ichiga iqtisodiy tafakkurnig markaziga tegishli bir qator g’oyalarni oladi. Ehtimol, ularning eng muhimi talab/taklif nazariyasining taxmini bo’lgan uning ―yengil/og’ir‖ nazariyasidir.
Guan Szi tovar agar u mo’l bo’lsa, uning vazni yengillashgan va uning narxi pasayganligini ta‘kidlagan. U ―qulf ostiga berkitilsa‖, uning vazni og’irlashgan va narxi ko’tarilgan bo’ladi. Tovarning yengilligi va og’irligiga asoslangan holda narxlarning muayyan darajasida tovarlar bozor tomon yoki undan tashqari tomon harakat qila boshlaydi. Shu tarzda yengil/og’ir nazariyasi talab va taklif qonunining ta‘kidlanishi bo’lgan. Guan Szi yengil/og’ir nazariyasidan pulning miqdor nazariyasini rivojlantirish uchun foydalangan, pul og’ir bo’lganida uning narxi ko’tarilganligini ta‘kidlagan (tovarlar narxi pasayadi) va pul yengil bo’lganida, uning narxi pasayadi (tovarlar narxi ko’tariladi). Bu tebranishni to’xtatish uchun u pul og’ir bo’lganida (buning yordamida narx darajasi ko’tarilib), hukumat tovarlarni xarid qilishi lozimligini va pul yengil bo’lganida (buning yordamida narx darajasi pasaytirilib) tovarlarni sotishni tavsiya etgan. Bu nafaqat narx darajasini barqarorlashtirishga, balki hukumat uchun pul daromadlarini ko’paytirish imkonini bergan.8
Xitoyda miloddan oldingi IV–III asrlarda xitoylik mualliflar birgalikda yozgan asar «Guan-szi» g’oyalari keng tarqalgan. Bu asarda ilgari surilgan ba‘zi masalalar, garchi ular ziddiyatli bo’lsada, bugungi
kunda ham diqqatga sazovor.
Masalan, asarda oltin, marvarid alohida boylik sifatida ko’rilmaydi; bunday boylik, deb eng avvalo, moddiy ne‘matlar (tovar) e‘tirof etiladi. Asarda ko’rsatilishicha, bir tomondan,
«oltin davlat resurslarini hisoblash o’lchovi hisoblanadi», ikkinchi tomondan, u «xalq ommasi uchun muomala vositasi bo’lib xizmat qiladi». Asarda barqaror iqtisodiy rivojlanishning zarurligi to’g’risida aniq fikr yuritiladi va qayerda nonning narxi tartiblanib turilsa, o’sha yerda tinchlik, osoyishtalik bo’ladi, deb qayd etiladi. Iqtisodiyotni tartibga solib turish uchun asar mualliflari davlatning don zaxiralarini tashkil etishni, yer egalariga imtiyozli kredit berishni, temir va tuzga bo’lgan to’g’ri soliqlarni egri soliqlar bilan almashtirish, ya‘ni ulardan foydalanib ishlab chiqariladigan tovarlarga bo’lgan soliqni kengay- tirishni tavsiya etadilar. «Guyan-szi» mualliflari «davlatni boy, xalqni mamnun» holda ko’rishni xohlaganlar. Asarda yer va suvlarni davlat ixtiyoriga o’tkazish, ulardan daromad olish yo’lida foydalanish, baholarni tartibga solish va boshqa hozirgi kunda ham e‘tiborga molik iqtisodiy g’oyalar ilgari surilgan.
Guan Szi faol tarzda siyosatni o’z zamonining institutsional tizimiga moslashtirish uchun bozor kuchlariga qarshi emas, balki bozor kuchlari bilan muvofiqlikda tizimlashtirdi. Hozirda Xitoy muhim iqtisodiy islohotlar jarayonlarini boshidan kechirmoqda va G’arb iqtisodchilari uni qay tarzda tuzish va boshqarish bo’yicha fikrlar olish uchun murojaat qilmoqdalar. Xitoy an‘analariga ko’ra Guan Szini o’rganish G’arbiy hamkorlarning ortodoksal tahlilidan ko’ra muhimroq.
Qadimgi Xitoyda Konfutsiy ta ’lim otining ikkinchi eng yirik davomchisi Syun-Szi (eramizdan awalgi 313-238-yil) bo‘lgan. U davlatning iqtisodiy jihatdan kuchayishi tarafdori bo'lgan. Insonlarni boylikka bo‘lgan ishtiyoqini oqlaydi, lekin bu harakatlar qonun doirasidan chetga chiqmasligini ko‘rsatadi. Odamlami birdaniga hamma hunarlar bilan shug'ullanishga qilgan harakatlarini qoralaydi. Inson bir vaqtning o'zida ko‘plab kasb egasi bo‘la olmaydi, degan fikr ilgari suradi.
Natijada, u birinchilardan bo'lib mehnat taqsimoti ta’Umotini ilgari suradi (bu juda muhim g'oya edi). Uning ta’limotiga ko‘ra, odamlar boylar va kambag‘al toifalarga bo‘linishi tabiiy holdir. Ulaming turlicha kiyim-boshda yurishlarini ta’kidlaydi. Uning fikricha, davlatning iqtisodiy siyosati uchta tamoyilga asoslanishi kerak: 1. Harajatlarni iqtisod qilish, ya’ni tejab-tergab sarflash; 2. Xalq to‘qligini to‘la ta’minlash; 3. Ortiqcha mahsulotlami saqlash zarurligi. Uning fikricha, davlatda taqsimot mavjud tabaqalanishga mos kelmog‘i 31 darkor. Yetarlicha ta’minot tamoyili jamiyatdagi o‘rniga bog'liq holda belgilangan.
Ekspluatatsiya qo‘llab-quwatlanadi, jamiyatda hammaning o‘z o‘mi bo‘lishi kerak, deyilgan, ya’ni hukmdorga tobelik, otaga o‘g‘ilni boshqarish ma’lum qonun asosida emas, balki oddiy odat bo‘yicha bo‘lishi, og‘ir soliq va majburiyatlar bo‘lmasligi ta’kidlanadi. Eramizdan awalgi VI-III asrlarda Konfutsiychilik mafkurasiga qarshi muholif legistlar («qonuniy») oqimi paydo bo'ladi, ular boshqarishni aniq qonunlar asosida olib borish tarafdori edilar. Bu oqim namoyandalari Szi-Chan, Li-Kuy o‘z ta’limotida markaziy davlat kuchli va yagona mamlakatga birlashishini qo ‘ llab - quwatlashga undaydilar. Legistlar maktabining vakili Xitoy tarixida mashhur bo‘lgan ShamYan (er. av. 390-338-yil ) o'zining «Shan viloyati hukmdori» kitobini yozdi. Unda qishloq xo‘jaligi konsepsiyasida dehqonchilikni, donchilikni (g‘alla) rivojlantirishga alohida e’tibor berilgan. G ‘alla masalasini hal etishni bosh masala deb bilgan.
Davlat oldiga amaldorlami boqish va bosqinchilik urushlarini yuritish uchun juda katta oziq-ovqat zaxiralarini jamg‘arish vazifasi yuklatildi. Shan-Yanning ko‘rsatishicha, ikkita manba yordami bilan davlat gullab - rivojlanadi: don va urush (atrofdagi yerlami bosib olish). Dehqonlar ro‘yxatini o‘tkazish, qonun yo‘li bilan yig‘ilgan don miqdoriga bog'liq yagona soliq tizimini kiritish taklif etiladi.
Qonun yo‘li bilan turli «ishyoqmaslar»ni «yerga qaytarish», ya’ni dehqonchilik bilan shug‘ullanishga, ya’ni mehnat qilishga majbur etiladi. Chegarada va bozorda tezlik bilan to‘lovlami oshirish kerakligi, natijada savdo-sotiq bilan shug‘ullanuvchilar daromadlari kamayishi hisobiga ular ham tez kunlar ichida dehqonga aylanadi, deb taklif qiladi. Qadimgi Xitoy iqtisodiy ta’limotlarida «Guan-Szi» (er. av. IV asr) traktati juda katta o‘rin tutadi. Unda o‘sha davr uchun xo‘jalikni davlat tomonidan boshqarishning butun bir tizimi talqin qilinadi.
Bu asami mualliflar jamoasi tayyorlagan b o ‘lib, oldingi ta’limotlardan farqi shundaki, unda tovar-pul munosabatlarini yaxshi o'rganish asosida xo‘jalikni boshqarishni unumli yo‘lga o‘tishiga da’vat etilgan edi. Xalq xo‘jaligini barqaror saqlash uchun tovarlar baholarini ushlab turish g‘oyasi ilgari suriladi. Davlat non va pul metalini tartibga solish yo‘lini qo'lida saqlasa, mamlakat rivoji nisbatan tekis boradi, deyilgan. Bu asarda ham agrar soha, ayniqsa, dehqonchilikka alohida urg‘u berilgan.
Agar legistlar hunurmandchilik, ayniqsa, savdoni befoyda soha deb hisoblagan bo‘lsalar, bu asarda esa o‘sha sohalarga ham ijobiy baho berilgan. Asarda iqtisodiyotni bozor stixiyasidan himoyalash masalasi ham o‘rtaga 32 tashlanib, buning uchun baho mexanizmidan foydalanish kerakligi aytilib, bunday yoziladi: «Bozor-shunday narsaki, unga qarab jamiyatda tartib yoki tartibsizlik hukm surishini bilib olish mumkin». «Yerni boshqarish» uchun davlat yeming tabiiy xususiyatlarini yaxshi bilishi kerak.
Yer maydonlari nisbatan tekis taqsimlanishi zarur. Dehqonlami ish qizigan davrda boshqa yumushlarga jalb etmaslik, soliq tizimi sharoitiga qarab (yer unumiga bog'liq ravishda) bo'lishi taklif etilgan. Bu yerda gap Yer kadastrini tuzish to‘g‘risida boradi, ya’ni bu ishda hisob-kitob bo'lishi qayd etiladi. Asarda yer va suvlarni davlat ixtiyoriga o'tkazish va ulami daromad topish yo‘lida foydalanish baholarni tartibga solish yo‘li va boshqa ko'pgina iqtisodiy g‘oyalar ilgari suriladi. Bu g‘oyalar amalda ham qo'llaniladi va yaxshi samara beradi.
Qadimgi Xitoy ijtimoiy hayotida Daotsizm (aynan-yo‘l) g'oyalari alohida o‘rinni egallaydi, uning asoschisi Lyu-Szidir. U taqiqlovchi qonunlarga amal qilmaslikni taklif etdi; qonunlar ko‘pligi tufayli «xalq kambag'allashmoqda» degan edi. Daotsizm g‘oyalari konfUtsiylikka qaramaqarshi bo‘lib, insoniyat awalgi majburiyatlardan voz kechishi, oddiy tabiiy hayotga qaytishi kerak, degan fikmi ilgari suradi. Bu g‘oyaga ko‘ra, inson ibtidoiy davrga qaytishi, yangj mehnat qurollaridan foydalanmasligi kerak. Ko'rinib turibdiki, unda konservatizm unsuri bor, ammo bu g‘oyada ma’lum ijobiylik ham bor edi. Zero o‘sha davrlarda sivilizatsiya yutuqlari ekspluatatsiya manfaatlariga ham xizmat qilayotgan edi.
Xulosa:
Xulosamiz shundan iboratki, qadimgi Xitoydagi ilmiy iqtisodiy qarashlaming avj olgan davri eramizdan awalgi VI-III asrlarga to‘g‘ri keladi. Bu mamlakatdagi dastlabki quldorlik davlatlari eramizdan awalgi II ming yillikda paydo bo'lgan. Iqtisodiy ta’limotlar tarixida Xitoyda Konfutsiy ta’limoti juda katta rol o'ynadi. Bu ta’limotning asoschisi Konfutsiy (ilmiy asarlarda shunday yoziladi) yoki Kun-Szi (eramizdan awalgi 551-479-yillar)dir. Uning asosiy ilmiy qarashlari «Lun-yuy» («Suhbat va muhokama») to‘plami bo‘lib, u shogirdlari tomonidan to‘plangan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Yo’ldashev Q., Muftaydinov Q. Iqtisodiy ta’limotlar tarixidan,.
2000 47. Yo'ldashev Q., Muftaydinov Q. Sharq iqtisodiy ta’limotlar tarixi,
2002 48. Yo'ldashev Q., Muftaydinov Q. Iqtisod ilmi asoslari, A., 1996 49. Yo'ldashev Q., Iqtisodiy bilim asoslari, 2-nashri.
1999 50. Yo‘ldashev Q., Muftaydinov Q. Iqtisodiy bilim asoslari A., 1996
Dostları ilə paylaş: |