Mavzu: qattiq jismli lazerlar Neodim lazerining ishlash prensipi Lazer turlari



Yüklə 1,41 Mb.
tarix03.02.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#82611
Mamajonov

O’zbekiston Milliy Universiteti fizika fakulteti talabasi Mamajonov No’monjonning tayyorlagan taqdimoti

Mavzu: qattiq jismli lazerlar Neodim lazerining ishlash prensipi

Lazer turlari


1960 yilda T. Meyman tomonidan qattiq jismli, optik diapazonda (λ = 6943 А ) ishlaydigan optik
generator yasaldi. Bunday generatorlar lazerlar deb ataladi.
Lazerlar uchta asosiy qismdan iborat : aktiv muxit, majburiy yig’ish (optik nakachka)
sistemasi, optik rezenator.
Aktiv muxitning agregat holatlariga ko’ra lazerlar quyidagi turlarga bo’linadi:
a) Qattiq jism lazerlari
b) Bo’yoq eritmasi asosida ishlaydigan bo’yoq lazer
v) Gaz lazeri
g)Yarim o’tkazgichli va kimyoviy lazerlar

Lazer turlari

Qattiq jismli lazerlar


Qattiq jism lazеrlarida elektroaktiv kirishma atomlari mavjud bo’lsa, ularning ionlari
energetik satxlarda yorug’lik (optik) nurlari yordamida invers to’ldirish hosil qilinadi. Bunday
lazerlar samarali ishlashi uchun ular:
- Katta kuchaytirish koeffitsientiga ega bo’lishi;
- Optik jihatdan bir jinsli;
- Mexanik mustaxkam va issiqlikka chidamli;
- Texnologik ishlovlarga qulay;
- Katta o’lchamli aktiv qismlar tayyorlash imkoniga ega;
- Issiqlik o’tkazuvchanligi yuqori bo’lishi kerak.
Bu talablarga javob beruvchi aktiv elementlar soni cheklangan bo’lgani uchun qattiq
jismli lazerlar turlari ham cheklangan. Amalda ko’proq rubin, oyna va ittriy-alyuminiyli
granatdan yasalgan lazerlar ishlatiladi. Neodimli shisha asosidagi lazerlarda 4 satx ishlaydi.
Shisha matritsa asosidagi lazerlarning afzalligi, katta o’lchamli diametri 5-10 sm, uzunligi 2
m li aktiv elementlar tayyorlash mumkin. Bu esa katta energiyali nurlanish impulslari olish
imkonini beradi. Bu lazerlar nurlanish energiyasi diapazoni kengligi va arzonligi bilan
boshqa lazerlardan (rubinli) ustun turadi.

Neodim lazerining ishlash prinsipi


Neodim lazerlari aktiv element sifatida ioni kiritilgan kristall matritsa yoki shisha qo‘llaniladi. Djonson
va Nissau (Johnson and Nassau, 1961) tomonidan yasalgan birinchi neodim lazerida kristalidan
foydalanilgan. Bugungi kunda neodim lazerlarida asosiy matritsa sifatida
- itteriy – alyuminiygranati (IAG) va shishadan foydalanilmoqda.
Neodimiy lazer - epidermis qatlamlariga zarar bermasdan, 10 mm gacha chuqurlikka kirishga imkon beruvchi lazer nurlari chiqaradigan. U maxsus kuch va to'lqin uzunligi tufayli bunday xususiyatga ega. Qurilma neodimiy tipidagi ionlar bilan birlashtirilgan itriy alyuminiy granat kristallari asosida ishlaydi.
Neodimiy lazerning ishlash printsipi lazer nurining to'g'ridan-to'g'ri pigmentga (olib tashlash kerak bo'lgan hujayra / to'qimalarga) ta'sir qilishi, sog'lom terining yaxlitligi buzilmasligiga asoslanadi. Lazerning teriga ta'sir qilish vaqti davolanadigan hududga bog'liq. Neodimiy lazer eng xavfsiz hisoblanadi, agar siz protsedura texnologiyasiga rioya qilsangiz, bunday qurilma yordamida terini yoqish juda qiyin
Neodimiy lazer uskunasining ish kuchi yuqori, chunki pigmentni yutish koeffitsienti boshqa lazer uskunalariga nisbatan kichikdir. Masalan, aleksandrit o'rnatish bilan epilasyon paytida ish kuchi 16 J, neodimiy bilan esa - taxminan 80 J.
Shu nuqtai nazardan, neodimiy lazer yordamida protsedura yanada og'riqli. Ammo sovutish tizimlari og'riqni kamaytiradi. Odatda sovutish uchun sovuq saqlash paketlari yoki maxsus sovutish moslamalari ishlatiladi.

E’tibor uchun tashakkur


Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin