Mavzu: Qayindoshlar oilasi. Qayin turkumi.
Reja:
I.Kirish. Qayindoshlar oilasi(Betulaceae)
II. Asosiy qism.
2.1 Qayin turkumi
2.2. Qandag’och turkumi
2.3. Grab turkumi
III. Foydalanilgan adabiyotlar
I.Kirish. Qayindoshlar oilasi(Betulaceae)
Qayindoshlar oilasi — Betulaceae
Bu oilaning vakillari daraxt va buta o‘simliklaridir. Barglari oddiy tuzilgan, cheti yirik yoki mayda tishchali, patsimon
tomirli yonbargchali mayda, tez to‘kilib ketadi. Barglari navbat bilan joylashadi. Oilaning turlari ayrim jinsli, guli bir uyli. Urg‘ochi va erkak gullari kuchalaga o‘xshash to‘pgul hosil qiladi. Kuchalasi tangacha qo‘ltig‘ida joylashgan. Tangacha yonbargchalar bilan birga o‘sib ketgan gulyon bargchalardan iborat. Mevasi quruq yong‘oq shaklida.
Oiladagi turkum turlarining mevasi morfologiyasiga ko‘ra, bir- biridan farq qiladi. Jumladan, qayin va qandag‘och turkumlariga mansub daraxtlarning mevasi mayda yong‘oqchadan iborat bo‘lib, pardasimon qanotchalari bor. Grab va o‘rmon yong‘og‘ining mevasi qanotchasiz bo‘lib, hidli. O‘rmon yong‘og‘ining mevasi bir muncha yirik, iste'mol qilinadi. Oila tarkibidagi Betula, Alnus, Garpinus,
Gorylus turkumlari, ayniqsa, diqqatga sazovor.
II. Asosiy qism.
2.1 Qayin turkumi
Qayin turkumi — Betula
Bu turkumning vakillari daraxt va buta o‘simliklardir. Ularning tanasi va shoxlarining po‘stlog‘i silliq, oq va jigarrangda bo‘lib, yupqa po‘st tashlab turadi. Tanasining tubidagi po‘stlog‘i bo‘yiga ingichka yoriladi, rangi qorayadi. Kurtak va barglari navbat bilan joylashadi. Barglari oddiy tuzilgan bandli, tez to‘kiladigan yonbargchalari bor, kuzda to‘kilib ketadi. Barg plastinkasi butun, yumaloq va lanset shaklida, cheti tishchali, patsimon tomirli. Ular bir uyli, ayrim jinsli daraxt. Erkak gullari kuzda hosil beradi, ular silindrsimon kuchala bo‘lib, shoxining uchida bittadan joylashadi. Urg‘ochi gulli kuchalalari erta bahorda kalta novdalardagi barglar qo‘ltig‘ida 2 ta yoki 4 tadan bo‘lib rivojlanadi. Qayin erta bahorda gullaydi va shu paytda barg ham yozadi.
Shamol vositasida changlanadi. Mevasi yetilganda, o‘rama tangachasi dag‘allashadi. Mevasi bir urug‘li yong‘oqcha bo‘lib, bo‘yi 1—5
mm keladi, yassi, ikki qanotchali. Kuchalasi yetilganda, mevasi sochilib ketadi va shamol vositasida tarqaladi. Ildizi yuza joylashadi. To‘nkasidan ko‘karadi, katta yoshida bu xususiyati yo‘qoladi. Qayin 40 yoshgacha yaxshi o‘sadi, so‘ng o‘sishi susayadi. U 100—120 yil yashaydi. Turkumning 100 dan ortiq turi bo‘lib, ularning ko‘pchiligi MDHda uchraydi. Ular tundra zonasidan — dasht zonasigacha tarqalib, katta-katta o‘rmonzorlar hosil qiladi. Qayinning yog‘ochi qattiq bo‘lib, mexanik xususiyatiga ko‘ra, emanning yog‘ochidan qolishmaydi. Yog‘ochining tevaragi oq-sariq yoki oq-qizg‘ish rangda, mexanik xususiyatlari yuqori, qattiq, bukiluvchan, bir xil tuzilgan. Undan faner, miltiq qo‘ndog‘i
tayyorlanadi, bochka, g‘ildirak kegayi, shoti va boshqalar yasaladi. Qishloq xo‘jaligi mashinasozligida, mebel ishlab chiqarishda ham keng qo‘llaniladi. Undan pista ko‘mir tayyorlanadi va o‘tin sifatida foydalaniladi.
U ko‘kalamzorlashtirishda ko‘p ekiladi, chunki chiroyli daraxt. O‘rmon ihota qatorlarida ham ekiladi. Botanika bog‘ida qayinning 32 turi o‘stiriladi.
Turkiston qayini (B.turkestanica) bo‘yi 10—15 m.ga, diametri 30— 50 sm.ga yetadigan daraxt, tuxumsimon va keng shox-shabba hosil qiladi. Bir tanali, tanasining po‘sti sarg‘ish-oq rangda, po‘st tashlab turadi. Yosh novdalari mayin tukli bo‘lib, qatronsimon so‘galchalari bor. Barglari
tuxumsimon, o‘tkir uchli, tub qismi ponasimon yoki to‘mtoq, cheti butun. Yosh barglarining har ikki tomoni mayin tukli, katta yoshida yuz tomoni tuksizlanadi. Barg plastinkasining bo‘yi 3— 5 sm, bandi 1,5—1,8 sm, ingichka va uzun tuk bilan qoplangan. Urg‘ochi gulli kuchalalari silindrsimon bo‘lib, bo‘yi 2,5 sm, eni 6— 8 mm. Qanotchalari tuxumsimon
yoki teskari tuxumsimon, bo‘yi 2,5 mm. Bu qayin urug‘dan yaxshi ko‘payadi, tez o‘sadi.
Qayinning yog‘ochi oq rangda, zich, pishiq bo‘lib, undan har xil buyumlar ishlanadi. Yorug‘sevar, issiqqa va sovuqqa, havoning ifloslanishiga chidamli daraxt. U tog‘ vodiylarida, daryo bo‘ylarida o‘sadi. Tyanshanda, Pomir-Oloyda, Jung‘oriya Olatovida uchraydi. Bu qayin Botanika bog‘ida yaxshi o‘smoqda. U nihoyatda go‘zal daraxt bo‘lganligidan, ko‘kalamzorlashtirish uchun xiyobonlarga va ko‘chalarga ekish tavsiya etiladi. Tyanshan qayini (B.tianschanica)
kichikroq daraxt bo‘lib, bo‘yi 5—
6 m, ko‘p
tanali yoki sershox, keng shox-shabba hosil qiladi. Tanasining po‘stlog‘i jigarrangda, yupqa po‘st tashlab turadi. Barg- lari tuxumsimon yoki cho‘ziq- tuxumsimon, ba'zi vaqtlarda tu- xumsimon, rombsimon, o‘tkir uchli, tubi keng ponasimon. Barg plastinkasi yirik, butun, bandining uzunligi 1 sm.
Bargining har ikki tomoni va bandi tuksiz. Urg‘ochi kuchala- larining bo‘yi 1,8 sm, eni 0,7 sm, gulbandi tukli. Yong‘oqchasi tuxumsimon, bo‘yi 2 mm. Bu qayin urug‘dan yaxshi ko‘payadi. Tyanshan qayini Jung‘oriya Olatovida, Tyanshanda dengiz sat- hidan 1800 m balandlikda o‘sadi. .haharlarni ko‘kalamzor- lashtirish uchun ekish tavsiya etiladi