2.3. Grab turkumi Grab turkumi — Garpinus
Bu turkumga po‘stlog‘i silliq, kulrang tusli, shox-shabbasi siqiq, serbarg, kurtaklari o‘tkir uchli daraxtlar kiradi. Barglari oddiy, oval shaklida, cheti mayda va yirik tishchali, patsimon tomirli. Gullari ayrim jinsli, bir uyli o‘simlik. Erkak gullari kuchala hosil qiladi, bo‘yi 25—38 mm, kuchalasi kuzda barg qo‘ltig‘ida hosil bo‘ladi. Bahorda gullash davrida kuchalaning poyasi cho‘zilib, kuchala osilib turadi. Urg‘ochi gullarining kuchalasi novdaning uchida, barg yozilishi bilan bir vaqtda rivojlanadi. Bo‘yi 15— 21 mm. Urg‘ochi gullari mayda bo‘lib, tez to‘kilib ketadigan gulyon bargcha qo‘ltig‘ida ikkitadan joylashadi. Mevasi yetilishiga yaqin, tugunchasining tubida uch bo‘lakli bargsimon o‘rama hosil bo‘- ladi.
Mevasi bir uyali, bir urug‘li, yong‘oqchadan iborat bo‘lib, bir tomonga egik, bo‘yiga chiziqli. Yong‘oqchasi bargsimon o‘ramaning tubida joylashadi. Kuzda mevasi yetilgach, kuchala bilan birga to‘kiladi yoki daraxtda qish bo‘yi saqlanadi. Qishda asta-sekin qorga to‘kilaveradi. Urug‘ida endosperma yo‘q. Bular sekin o‘sadigan daraxt. O‘q va yon ildizlar chiqaradi, ildizi yerga chuqur kirib boradi. To‘nkasidan ko‘karadi. Ildizidan bachkilaydi va parxish yo‘li bilan ko‘payadi.
Yog‘ochi og‘ir, qattiq, oq-qo‘ng‘ir yoki sarg‘ish rangda, undan turli yog‘och asboblar tayyorlanadi, jumladan, vint, teshik g‘ildirak, pona hamda turli asboblarga dasta ishlanadi, duradgorlik ishlarida foydalaniladi.
Turkumning 20 ta turi bo‘lib, ular mo‘tadil iqlimli zonaning shimoliy hududlarida tarqalgan. MDHda to‘rt turi uchraydi. Ulardan eng ko‘p tarqalganlari G.betulus, G.orientalis, G.caucasicadir. Botanika bog‘ida 6 turi o‘stirilmoqda.
Oddiy grab (G.betulus) daraxtning bo‘yi 25 m.ga yaqin, tanasi qirrali, po‘stlog‘i tiniq kulrangda. .hox-shabbasi qalin, silindrsi- mon. Novdasi ingichka, qo‘ng‘ir rangda, yasmiqchali, kurtaklari o‘tkir uchli, bo‘yi 8 mm, eni 5 mm. Barglari oval shaklda, o‘tkir uchli, bo‘yi 15 sm, eni 5 sm. Yon tomirlari bo‘rtib chiqqan bo‘lib, bargning yuzasi g‘adir-budur tuzilgan. Mart oyida gullaydi, bu paytda bargi ham yoziladi. Guli shamol vositasida changlanadi. Har yili hosil qiladi. Mevasi kuzda — sentabr va oktabrda yetiladi.
Yong‘oqchasi oval-tuxumsimon bo‘lib, uch bo‘lakli qalin o‘rama bargli. Yong‘oqchasi qanotchali. Urug‘i bahorda ekilsa, uni uzoq stratifikatsiya qilish kerak.
Bu grab Litva, Latviya, Belorussiyada hamda Ukrainaning sharqiy hududlarida, Poltava viloyati va Moldaviyada uchraydi. .umi, Donbassda o‘sadi. U sovuqqa chidamli, qisman qurg‘oqchilikka bardosh beradi. Havoning ifloslanishidan zararlan-maydi. Bu daraxtni kesish va unga shakl berish oson bo‘lganligidan ko‘kalamzorlashtirish ishlarida katta ahamiyatga ega. Kasalliklarga va hasharotlarga chidamli.
Kavkaz grabi (G.caucasica) bo‘yi 25—30 m, diametri 1 m.li daraxt. Tanasi sershox, keng shox-shabbali. Po‘stlog‘i silliq, katta yoshida bo‘yiga yoriladi, kulrangda. Kurtaklari ikki qator, o‘tkir uchli, tubi yuraksimon, bo‘yi 2—5 sm, eni 30—50 mm. Barglari yosh vaqtida mayin tukli. Erkak gullari kuchalaga to‘planib, novdalar tubida joylashadi. Urg‘ochi gullari ham kuchalaga to‘planib, novdalarning uchida joylashadi. Mevasining o‘rama barglari dag‘al, po‘sti qalin, uchburchak shaklda, bo‘yi 2,5—6 sm, o‘rta bo‘lagi uzun bo‘lib, uchi yumaloq, cheti tekis yoki tishchali. Yong‘oqchalari mayda bo‘lib, bo‘yi 5—7 mm, eni 4—5 mm, tuxumsimon tuksiz, qovurg‘ali. Bu grab urug‘dan ko‘payadi. O‘q va keyin yon ildizlar chiqaradi.
Kavkaz grabi tog‘li hududlarda dengiz sathidan 2000 m.gacha baland bo‘lgan yerlarda o‘sadi. .oyasevar, qattiq sovuqqa chidamsiz daraxt. Unumdor yerlarda yaxshi o‘sadi. Asosan, o‘rmon-dasht zonasida, o‘rmon zonasida o‘sadi. Quruq va botqoq tuproqlarda o‘sa olmaydi. Kavkaz va Qrimdagi o‘rmonli hududlarda tarqalgan. Ki- chik Osiyoda, Eronda va Turkiyada ham uchraydi. U Ukrainada va O‘rta Osiyoda qisman ekiladi. Turli kasalliklarga, hasharotlar ta'- siriga chidamli. Nihoyatda chiroyli daraxt. .haharni ko‘kalam- zorlashtirish va ihota o‘rmon qatorlari barpo etish uchun ekish tavsiya qilinadi.
Sharq grabi (G.orientalis) daraxt bo‘lib, bo‘yi 8—10 m.ga yaqin. Zich yumaloq shox-shabbali. Tanasi qirrali, po‘stlog‘i tiniq kul- rangda, silliq, novdasi va barg bandi tukli. Barglari oddiy grabnikiga nisbatan maydaroq bo‘lib, bo‘yi 5 sm.gacha, eni 3 sm.gacha yetadi. Cheti notekis tishchali. Erkak gullari kuchalasining tubida sar- g‘ish o‘rama tangachalari bo‘lib, ular changdondan ikki marta uzunroq. Urg‘ochi gulli kuchalalari bandchali. Mart oyida gullaydi.