Tur. Qora qandogʻoch (Alnus glutinosA. taxminan 20 metr balandlikdagi daraxt. Turtarkibidagi modda oshqozon-ichak trakti kasalliklarini, surunkali enterokolit va oʻtkir ichakinfeksiyalarini davolashda ishlatilishi mumkin. Bu oʻsimlikdan ichak mikroflorasini tiklash vayaxshilash va davolash uchun olinadigan moddalar asosida preparatlar olinadi. Bu o'simliknibarglaridan tayyorlangan damlamasi oʻtkir va surunkali enterit va kolitda ishlatiladi.
2. Navro'zgulnamolar qabilasi Primulales. Qabilaga daraxtlar, butalar va o'tlar kiradi. Barglari oddiy, butun, tishchali, yonbargchasiz, poyada navbatlashib yoki qarama-qarshi joylashgan. Gullari to'pgulda, ba'zan bittadan, ikki jinsli, ba'zan bir jinsli, aktinomorf, 5 a'zoli. Kosachasi erkin bargchali yoki qisman tutash. Toji tutash, ba'zan erkin yoki butunlay yo'q. Changchilari 5 ta, tojbarg qarshisida yoki toj nayida o'rnashgan. Ba'zan tashqi doira hosil qiladigan, staminodiy ko'rinishidagi kosachabarglari qarshisiga birikkan, tojsimon o'simtalari ham bor. Mevachi lizikarp, ustunchasi oddiy yoki bo'lakli, boshchasimon tumshuqchali, tugunchasi ustki, ba'zan yarim ostki yoki ostki. Mevalari rezavor, danakli meva yoki ko'sak. Hozirgi klassifikatsiyalarga ko'ra qabilaga 4 ta oila birlashtiriladi.
Ularning koʻpchiligi Markaziy, Janubiy Amerikada, Avstraliyada, Yangi Zelandiyada, Janubiy Afrika, Janubi- Sharqiy Osiyo hududlarida keng tarqalgan. Bitta oilasining turlari butun Yer sharida, ayniqsa, Shimoliy yarimsharning mo'tadil va sovuq iqlimli hududlarida keng tarqalgan. Navro'zguldoshlar oilasi Primulaceae vakillarining aksariyati ko'p yillik o'tlardan iborat. Barglari yonbargchasiz, navbatlashib, ko'p hollarda ildiz bo'g'zi atrofida joylashgan. Gullari to'g'ri, ba'zan qiyshiq (zigomorf). Kosachasi tutashbargchali, meva hosil boʻlganda tushib ketmaydi. Toji tutash, ba'zan asosigacha kesilgan. Mevasi 5 mevacha bargdan tuzilgan. tugunchasi ustki yoki yarim ostki. Gul formulasi: Ca(5) Co(5) As G(5) Mevasi 5 uyali koʻsak.
Oilaning 23-27 turkumga mansub 1000 tacha turlari bor. Yer sharining barcha mintaqalarida, ayniqsa, Shimoliy yarimsharning mo'tadil va sovuq iqlimli viloyatlarida keng tarqalgan. O'zbekistonda esa 8 turkumga mansub 24 turi o'sadi. Navro'zguldoshlar oilasi ichida 23 turkumni birlashtiradigan Navro'zguldoshchalar (Primuloideae) va bitta turkumdan iborat Koridadoshchalar (Coridoideae) kichik oilalari bor. Markaziy Osiyo hududida birinchi kichik oilaning vakillari ko'proq tarqalgan. Navro'zgul (Primula) turkumining 300, O'zbekistonda esa 10 turi bor. Navro'zgul deb atalishi ularning erta bahorda Navro'z bayrami arafasida gullay boshlaganligi uchun bo'lsa kerak. Ular asosan Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari tog'li hududlarining tog', yaylov mintaqalarida, doimiy qor turadigan joylarga yaqin maydonlarda o'sadi. Sovuno't (Anagallis) turkumi poyasi 5-25 sm keladigan bir yillik o'tlardan iborat. Barglari bandsiz, qarama-qarshi, ba'zan 3 tadan o'rnashgan. Gullari barg qo'ltig'ida ikkitadan joylashgan. O'zbekistonda 2 turi bo'lib, ular gullarining rangiga ko'ra farq qiladi. Oddiy sovuno't (A. arvensis) suv bilan ishqalansa ko'piradi. Ariq, yo'l bo'ylarida, scrsoya bog'larda, partov yerlarda o'sadi. Ko'kimtir sovuno't (Λ. coerulea) suv bilan ishqalansa yaxshi koʻpirmaydi. Soztuproqli adir va tog' yonbag'irlarida, to'qaylarda, ba'zan begona o't sifatida o'sadi. Bulardan tashqari archazorlar tagida, tog' jilg'alari bo'yi, salqin yerlarda primulani eslatadigan Turkiston kortuzasi (Cortusa turcestanica) tarqalgan.
Navro'zguldoshlarning barchasida glikozidlar va saponinlarning boʻlishi xarakterlidir. Ammo alkaloidlar, smolalar, moylar yo'q. Barchasi manzarali o'simliklar. Ochiq dalada o'stiriladigan manzarali turlaridan P. acaulis, P. denticulata, xona o'simliklari sifatida esa P. sinensis, P. - obconica ko'proq ekiladi. Ajoyib manzarali xona o'simliklaridan siklamen (Cyclamen) ham navro'zguldoshlar oilasiga kiradi. Uning yovvoyi - turlari O'rtayer dengizbo'yi, Qora va Kaspiy dengizbo'yi hududlarida o'sadigan ko'p yillik o'tlardir. Navro'zguldoshlarni Teofrastdoshlar va Mursinadoshlar oilalariga o'xshash umumiy ajdoddan kelib chiqqan deyish mumkin.
3.Gunafshanamolar qabilasi Violales daraxtlar, butalar va o'tlardan iborat. Barglari oddiy, navbatlashib yoki qarama-qarshi joylashgan, butun yoki panjasimon, yonbargchali yoki yonbargchasiz. Gullari to'pgullarda o'rnashgan, bir yoki ikki jinsli, asosan aktinomorf, ba'zan zigomorf, halqa yoki spiralsimon o'rnashgan. Kosacha va tojbarglari asosan 5 ta, erkin, ba'zan qisman tutash, changchilari gulqo'rg'on bargchalari soniga teng. Ginetseyi parakarp, 2-5 (10) mevachibargdan iborat, uch ustunchali; tugunchasi ustki. Mevalari ko'sak va rezavor meva. Gunafshanamolar, Choynamolar qabilasiga ancha yaqin va Dilleniyadoshlardan kelib chiqqan bo'lsa kerak, deb taxmin qilinadi. Qabilaning 14 ta oilasi mavjud, ularning aksariyat ko'pchiligi tropik va subtropik mintaqalarda tarqalgan.Gunafshadoshlar oilasi Violaceae O'zbekistonda tarqalgan turlari bir yillik, ko'p yillik o'tlardan iborat. Subtropik va tropiklarda esa daraxt va butalari ko'proq.
Barglari oddiy, navbatlashib yoki qarama-qarshi o'rnashgan, yonbargchali. Gullari zigomorf, gul qismlari 5 tadan, urug'chi 3 ta mevachibargdan iborat, sinkarp va bir ustunchali. Gul formulasi: Ca, Co, A, G3(3) Mevasi koʻsak yoki rezavor. Yer yuzida oilaning 29 turkumga mansub 900 tacha turi tarqalgan. Gunafshadoshlarning turkumlari ikkita kichik oilaga birlashtiriladi Gunafshadoshchalar va Leoniyadoshchalar. Birinchi kichik oilaning 28 turkumi mavjud, Leoniyadoshchalar esa, bitta turkumdan iborat. Aksariyat ko'pchiligi tropik va subtropik iqlimli hududlarda tarqalgan. Shundan O'zbekistonda faqat Gunafsha (Viola) turkumining 16 turi tarqalgan. Yoqimtoy gunaſsha (V. suavis), Bo'ychan gunalsha (V. elatior), Adir gunalshasi (V. collina) kabi turlar respublikamiz hududida kengroq tarqalgan, tog' yonbag'irlari va soz tuproqli adirlarda o'sadigan efemeroidlardir (3.21-rasm). Bog'larda va xonadonlarda man- zarali o'simlik sifatida xushbo'y gunafsha (V. odorata), gulzorlarda esa xusniyusuf (V. hortenses) ko'plab ekiladi. Gunafshadoshlar asosan chi- royli, xushmanzara o'simliklar. Oloy gunafshasining ildizidan aviolin topilgan. Uch rangli va xushbo'y gunafshalar xalq tabo- batida terlatuvchi dori sifatida ishlatiladi. Gunafshadoshlar oilasi qabiladagi Flacourtiaceae oilasi vakillariga ancha yaqin turadi.
Foydalanilgan adabiyotlar: Botanika (Tojiboyev)
Botanika , morfologiya , anatomiya .(O’. Pratov, L. Shamsuvaliyeva, E. Sulaymonov, X. Axunov, K. Ibodov, V. Mahmudov)