Oq qayin, so’galli qayin -Betula verrucosa Ehrhıo Dorivorlik xususiyati: Dorivor maqsadlarda kurtagi, bargi, smolasi (quruq distillash orqaliyog'ochdan olinadi), qayin ko'miri va sharbatidan ishlatiladi. Qayinning oʻsimlik preparatlari(infuziya, damlamasi) xalq tabobatida diuretik sifatida ishlatiladi, shuningdek oshqozon vaichaklardagi ogʻrigʻida, shamollashda, angina kasalliklari uchun ishlatiladi. Shu maqsadda,asosan, daraxtdan olinadigan qayin sharbatidan keng foydalaniladi. Qayin barglaridan oʻsimlikpreparatlarining farmakologik ta'siri ular tarkibidagi efir moyi, qatronlar, flavonoidlar bilanbelgilanadi. Ular xoleretik, diuretik, yalligʻlanishga qarshi va antiseptik ta'sirga ega. Qayinsharbati siydik toshlarini eksperimental sharoitda yoʻq qiladi. Bundan tashqari, organizmningkasalliklarga chidamliligini yaxshilaydigan xususiyat eksperimental ravishda o'rnatildi. Ilmiytibbiyotda qayin kurtaklaridan barglarning damlamalari buyrak kasalliklari uchun diuretik, jigarva o't pufagi kasalliklari uchun xoleretik vosita sifatida tavsiya etiladi.
Qandag'och (Alnus) turkumi. Turkumning vakillari daraxt yoki buta oʻsimliklaridir. Barglarioddiy tuzilgan, navbat bilan joylashadi. Kurtaklari 2-3 ta tangacha bilan oʻralgan boʻlib,bandchali. Ular barg chiqarishdan oldin gullaydi. Guli ayrim jinsli, bir uyli, yigʻilib toʻpgul hosil qiladi. Changchi gullari silindrsimon kuchala hosil qiladi, ular kuzda novdaning yuqoriqismida rivojlanadi. Urugʻchi gullari boshoq hosil qilib, kuzda novdaning tubida rivojlanadi.Shamol vositasida changlanadi. Urug chi gulining boshogʻi kuzda, yetilish oldidan qubbachashakliga kiradi va shu holatda yetilgan mevalari bilan bahorgacha saqlanadi. Mart-aprel oyiboshlarida qubbachalar yorilib mevasi to'kilib ketadi va ular shamol vositasida tarqaladi. Daryobo'ylarida oʻsadigan turlarning mevasi suv toshqini vaqtida suvga tushib tarqalishi mumkin.Mevasi mayda, boʻyi 2-3 mm li, bir urug'li yassi yongʻoqcha, qanotcha va uchki tomonidaqurib qolgan ustunchaning qoldig'i bor. Yong'og'i toʻkilib ketsa-da, qubbachalari daraxtdako'p vaqt saqlanib turadi, to'kilgan urug'lari qulay sharoitda unib chiqadi. Daraxt tez o'sadi,birinchi yil oʻq ildiz, soʻngra yon ildizlar chiqaradi. Ildizda tuganaklar hosil bo'lib, ulardaatmosfera azotini toʻplovchi bakteriyalar rivojlanadi. Bu tuganaklar dukkakli o'simliklarildizidagiga nisbatan ancha ko'p boʻladi. Ulardagi mikroorganizmlar yerni strukturasiniyaxshilashda katta ahamiyatga ega. Daraxtlari toʻnkasidan ko'karadi, ildizidan bachkilaydi.Yogʻochi oq rangli, arralab qoʻyilgan yogʻochi bir qancha vaqtdan so'ng qizil-qoʻngʻir ranggakiradi. Uning yogʻochidan faner, mebel va turli idish-asboblar ishlab chiqariladi. Poʻstlogʻidanesa boʻyoq va oshlovchi moddalar olinadi. Bu turkumning 30 ta turi bor, ular shimoliy yarimsharda tarqalgan. MDH da yovvoyi holda 12 turi uchraydi. Qora qandagʻoch (Alnus glutinosaGaertn.) bo'yi 30 m ga yetadigan daraxt, tanasining po'stlog'i toʻq-qo'ng'ir rangda, kattayoshida po'stlog'i yoriladi. Shox-shabbasi tuxumsimon. Yosh novdasi yelimli, silliq, ba'zanqirrali va tukli. Kurtagining boʻyi 8 mm, yelimli, bandchali. Barglari yumaloq yoki teskarituxumsimon, uchki tomoni toʻmtoq yoki kesik, cheti yirik tishchali. Novda barglari yaltirabturadi, mallarang soʻgallari bor. Qora qandag'och aprel oyining boshlarida barg yozish bilan birvaqtda gullaydi, mevasi kuzda-oktabr oyida yetiladi. Qubbalari 3-5 tadan zich boʻlib, uzunbandchalarda joylashadi. Yongʻoqchasi mayda, qoʻngʻir-qizil rangda boʻladi. Urug' tayyorlashuchun uning qubbalari ochilib ketmasdan - oktabr-noyabr oylaridan mart oyigacha yigʻib olishzarur. Urugʻi tez unib chiqadi. U toʻnkasidan koʻkaradi va ildizidan bachkilaydi, 130 yilgachayashaydi. MDH ning shimoliy hududlarida, Gʻarbiy Sibirda, janubiy dasht mintaqasida daryoqirgʻoqlarida oʻsadi. Qrim va Kavkazda uchraydi, Kichik Osiyoda va Shimoliy Afrikada hamoʻsadi. Qora qandagʻoch nam va serunum tuproqli yerlarda yaxshi oʻsadi. U daryo sohillaridaoʻrmonzorlar hosil qiladi. Suv toshqiniga chidamli, soyasevar daraxt. Yogʻochi duradgorlikdakatta ahamiyatga ega. Poʻstlogʻida oshlovchi va boʻyoq moddalar bor.