Mavzu: Qazib olish tizimlari turlari


Transportli qazish tizimi



Yüklə 364,64 Kb.
səhifə4/5
tarix02.12.2022
ölçüsü364,64 Kb.
#72013
1   2   3   4   5
zarina.qaib.olish

Transportli qazish tizimi.

  • Transportli qazish tizimi.
  • Transportli qazish tizimlari qoplovchi jinslarni transport vositalari yordamida tashish bilan xarakterlanadi.
  • B. Qoplovchi tog' jinslarini transport vositalari yordamida ag'darmaga bo 'ylamasiga (frontal ravishda) joylashtirish tizimi; bu tizimlar transportli qazish tizimi deb nomlanadi.
  • Qoplovchi jinslarni ichki ag'darmalarga tashish qazish tizimlarida jinslar nisbatan qisqa masofalarga qulay profilga ega yo'llar orqali tashiladi va odatda ko'tarilish yukli yo'nalishda bo'lmaydi .
  • Qoplovchi jinslarni tashqi ag'darmlarga tashilishi bilan xarakterlanuvchi tizimlarida jinslar uzoq masofalarga tashilishi bilan xarakterlanadi va odatda ko'tarilish yukli yo'nalishda bo'ladi .

Kombinastiyalashgan qazish tizimi.

  • Kombinastiyalashgan qazish tizimi.
  • Bulardan tashqari kombinastiyalashgan tizimlar ham qo'llaniladi, ular o'zida transportli va transportsiz tizimlar belgilarini mujassam etadi. Ichki uyumlash yoki tashqi tashish belgilarini inobatga olib unisi yoki bunisini qo'llash ulushi ustunligiga qarab qazish tizimini qoplovchi jinslarni qisman ichki va tashqi ag'darmalarga tashish tizimlariga va qoplovchi jinslarni qisman ichki ag'darmalarga tashish tizimlariga bo'linadi.
  • Birinchi holatda jinslarni transport vositalari yordamida tashish natijasida, odatda yuqorigi pog'onalardan quyi pog'onalardagi transportsiz qazish tizimlarining texnik-iqtisodiy ustunliklaridan foydalanish imkoniyatlari kengayadi. Ikkinchi holatda esa, qoplovchi jinslarni ichki ag'darmalarga uyishni qisman qo'llash, odatda karyerning quyi pog'onalarida transportli qazish tizimlarining texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini yaxshilash imkonini beradi. Chunki karyerning quyi gorizontlariga transport vositalarini olib kirish nisbatan qiyin hisoblanadi.

Kombinastiyalashgan qazish tizimlarining o'zaro bir-biriga nisbatan murakkabligi yoki tejamkorliligi ma’lum tizimda tashishning tashqi tashish yoki ichki uyish usullarining qatnashish usuliga bog'liq bo'ladi. Qanchalik ko'p hajmdagi jinslar transportsiz qazish tizimlari bilan qazib olinsa, kombinatsiyalashgan qazish tizimi shunchalik tejamli hisoblanadi.

  • Kombinastiyalashgan qazish tizimlarining o'zaro bir-biriga nisbatan murakkabligi yoki tejamkorliligi ma’lum tizimda tashishning tashqi tashish yoki ichki uyish usullarining qatnashish usuliga bog'liq bo'ladi. Qanchalik ko'p hajmdagi jinslar transportsiz qazish tizimlari bilan qazib olinsa, kombinatsiyalashgan qazish tizimi shunchalik tejamli hisoblanadi.
  • Ish zonasining rivojlanish shakliga ko'ra, ikki sinfga bulinadi: yoppa, ish zonasi uzgarmas balandlikka ega tizimlar va chuqurlashuvchi, ish zonasi uzgaruvchan balandlikka ega qazish tizimlari.
  • Ish frontining planda joylashishi va uning siljishi yo'nalishiga qarab sinf va sinfchalar mos ravishda guruhlarga (uzunasiga, ko'ndalangiga, yelpig'ichsimon va doiraviy) va guruhchalarga (bir bortli, ikki bortli, markaziy, tarqoq holda) bo'linadi
  • Bulardan tashqari, qazish tizimlari quyidagilardan kelib chiqib ham xarakterlanadi: ag'darmalarni joylashgan o'rniga qarab (ichki va tashqi), qazish yo'nalishinig profiliga qarab (gorizontal, qiya yoki tik qiya qatlamchalar bilan) va boshqa qo'shimcha belgilariga qarab.
  • Qazish tizimlarining klassifikatsion belgilari ularning nomlanishida o'z ifodasini topadi.
  • Ma'lum kon-geologik sharoitlardan kelib chiqib u yoki bu belgining muh imlik darajasi o'zgarishi mumkin, bu albatta ayni kon uchun qabul qilingan qazish tizimi nomida o'z ifodasini topmog'i kerak.

Yüklə 364,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin