hasharotlar va boshqalarni muhofaza qilish va samaradorligini oshirish yoʻllarini,
shuningdek, hasharotlardan tashqari boshqa zararli umurtqasiz hayvonlar -
nematodalar, mollyuskalar va kanalarni ham tadqiq etadi. Qishloq xoʻjaligi
entomologiyasi
fan sifatida zoologiya, umumiy entomologiya va agronomiya
asosida shakllandi. Uning mustaqil fan boʻlib (19-asr 50-yillarida) rivojlanishi
hasharotlarning inson hayotida tutgan amaliy ahamiyati bilan bogʻliq. Qishloq
xoʻjaligi entomologiyasining ilmiy va ishlab chiqarish vazifalari ekinlar
hosildorligini oshirish maqsadida oʻsimliklarni himoya qilishning yanada samarali
usullarini topish, oʻsimlik zararkunandalarini yoʻq qilish, foydali hasharotlarni
muhofaza qilish hamda ulardan samaraliroq foydalanish yoʻllarini ishlab chiqishdan
iborat.
Zararkunanda turlarning madaniy oʻsimliklar va muhitning
boshqa omillari bilan
oʻzaro murakkab munosabati, ular miqdorining keskin oʻzgarib turishi hamda
tabiatda moddalar aylanishidagi keng ishtirsji har
tomonlama ekologik ilmiy
tadqiqot ishlari olib borishni taqozo etadi.
19-asr boshlarida zararkunandalarga qarshi faol kurash choralari hali qoʻllanmagan
davrda ekinlar hosili 10-40% gacha kamaygan.
Agroekologik, kimyoviy va boshqa qarshi kurash choralarining rivojlanishi tufayli
baʼzi juda xavfli hasharotlar - chigirtka, tunlam va boshqa keltiradigan zarar keskin
kamaydi. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon entomologiyasiga oid dastlabki ishlar 19-asrla
paydo boʻlgan. Bir qancha mamlakatlar (Fransiya, Angliya, Rossiya)da ilmiy
entomologik jamiyatlar tashkil qilingan. Zararkunanda hasharotlar (ayniqsa,
chigirtka va boshqalar)ning qishloq xoʻjaligiga ksltirgan katta zarari ilmiy tadqiqot
ishlarini markazlashtirish hamda zararkunandalarga qarshi kurash choralarini
davlat
miqyosida olib borish zarurligini taqozo etdi. Shunday qilib, koʻpgina
mamlakatlarda oʻsimliklarni zararkunandalardap himoya qilish boʻyicha davlat
entomologik xizmati vujudga keldi. Hasharotlarni ilmiy asosda oʻrganishni Oʻrta
Osiyoda A.P.Fedchenko, V.F.Oshanin va boshqa boshlab bergan. Toshkentda
birinchi entomologik st-ya 1911-yilda ochilgan (hozirgi Oʻzbekiston oʻsimliklarni
himoya qilish instituti). Uning vazifasi qishloq xoʻjaligiga katta ziyon keltiradigan
juda xavfli zararkunandalar (chigirtka, kemiruvchilar,
tunlamlar, kanalar va
boshqalar)ni, kasalliklarni (qorakuya, zang, vilt, gommoz va boshqalar)
oʻrganishdan iborat edi.[1]
Oʻrta Osiyoda entomologiya fani rivojiga hamda zararkunanlalarga qarshi kurash
chora-tadbirlarini ishlab chiqishga N.Zaprometov, M.Karimov, M. Kosobutskiy,
N.Mirpoʻlatova, K. Mirpoʻlatov, V.Nikolskiy, R.
Olimjonov, M.Sonina,
F.M.Uspenskiy, S.Xarin, V.V.Yaxontov va boshqa katta hissa qoʻshdi.
Tashkiliyxoʻjalik, agrotexnik, kimyoviy va biologik qarshi kurash usullarini oʻzida
mujassamlashtirgan oʻsimliklarni intefal himoya usuli sistemasi ishlab chiqildi.
Oʻzbekistonda gʻalla, texnika va boshqa ekinlar zararkunandalari entomofaglarini
koʻpaytiradigan 725 dan ortiq biolaboratoriyalar hamda biofabrika bor (2004).
Qishloq xoʻjaligie. sohasidagi ishlar va entomolog kadrlar tayyorlash Toshkent agrar
universiteti va boshqa bir qancha institutlarda olib boriladi.[1,2]
Dostları ilə paylaş: