6.2 Qishloq xoʻjaligi meteorologiyasi
Qishloq xoʻjaligi meteorologiyasi - qishloq xoʻjaligi uchun ahamiyatli boʻlgan
iqlim, meteorologik, gidrologik va tuproq sharoitlari bilan qishloq xoʻjaligi ishlab
chiqarishi obʼyektlari va jarayonlari oʻrtasidagi oʻzaro
munosabatlarni
aloqadorlikda oʻrganuvchi fan. Agroiqlimshunoslik, agrogidrologiya,
qishloq
xoʻjaligi fenologiyasi agrometeorologik xizmat koʻrsatishni oʻz ichiga oladi.
Qishloq xoʻjaligi meteorologiyasi fizika, geogr., biol., tuproqshunoslik va boshqa
qishloq xoʻjaligi fanlari bilan chambarchas bogʻliq.
Qishloq xoʻjaligim.ning asosiy vazifalari:
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishidagi meteorologik va iklim sharoitlari shakllanish
qonuniyatlarini geografik va vaqt jihatlaridan oʻrganish;
-
meteorologik omillarning agrobiotsenozlar rivoji, holati va mahsuldorligiga,
qishloq xoʻjaligi ekinlari zararkunandalari va kasalliklarining rivojlanishi va
tarqalishiga taʼsirini tadqiq qilish;
-
iqlim resurslaridan toʻliq foydalanish maqsadlarida qishloq xoʻjaligi
ekinlarini joylashtirish va ularni parvarish qilishning agrotexnik tadbirlarini
agrometeorologik asoslash;
-
agrometeorologik prognoz usullari va
tavsiyalar ishlab chiqish;
-
ob-havo va iqlimning noqulay hodisalarini oʻrganish va ularga qarshi qurash
choralarini ishlab chiqish va boshqa
Qishloq xoʻjaligi ekinlarining rivojlanish sharoiti va hosildorligini belgilovchi tashqi
muhitdagi asosiy va ikkinchi darajali omillarning miqdoriy qiymatlarini aniqlash
uchun
Qishloq xoʻjaligi meteorologiyasida quyidagi tadqiqot usullari qoʻllaniladi:
-
muddatlarni oralatib ekish - ekin muayyan bir punktda har xil muddatlarda (5-
10 kundan oralatib) ekiladi;
-
geografik ekish - muayyan oʻsimlik navlari iqlim sharoitlari turlicha boʻlgan
punktlarda ekiladi;
-
eksperimental dala usuli - dala tajriba maydonlarida oʻsimlikni parvarish
qilishning agrometeorologik sharoitlari oʻzgartiriladi;
-
distansion (nokontakt) oʻlchash - vertolyot, samolyot va Yer yoʻldoshlarida
oʻrnatilgan asboblar yordamida katta maydonlardagi
ekinlar va tuproqning
holati aniqlanadi;
-
fitotron usuli - sunʼiy iqlimxonalarda oʻsimliklarning gidrometeorologik
omillarning turli kompleksiga reaksiyasini oʻrganishga imkon beradi
(qarang
Fitotron
);
-
matematik (dinamik) statistik modellashtirish - matematik apparat yordamida
meteorologik omillarning oʻsimliklarning oʻsishi,
rivojlanishi va
hosildorligiga taʼsiri oʻrganiladi.[2]
Qishloq xoʻjaligi meteorologiyasi amaliy fan sifatida 19-asrning 2-yarmida
paydo boʻldi. Oʻrta Osiyoda dastlabki agrometeorologik tadqiqotlar 20-asr
boshlaridan olib borildi. 1921-yilda Toshkentda Turkiston meteorologiya instituti
(Turkmet; hozirgi Gidrometerologiya instituti) tashkil etildi. Gʻoʻza, gʻalla, beda,
sabzavot, poliz va boshqa ekin maylonlari, bogʻ, tokzor, yaylovlarning mikroiklimi,
radiatsion va issiqlik balansi oʻrga-nildi, ularning shakllanish qonupiyatlari
B.A.Ayzenshtat, Ye.A.Lopuxin, I.V.Zuyev, V.V.Karnauxova, F.A.Moʻminov,
B.Ye.Milkis, G.A.Ahmedov, E.A.Ibrohimova, A.I.Kostenko, A.G. Toropova,
A.Sh.Jalilov va boshqa olimlarning asarlarida sritib berildi. 60-yillardan boshlab,
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining yangi talablari asosida qishloq xoʻjaligi
ekinlarining holati va ularning hosildorligini hududlar
miqyosida baholash va
prognozlash metodikasi ishlab chiqildi, qisqa muddatda katta maydonlardagi
ekinlarning holati va hosildorligini aviatsiya yordamida
fotometrik usul bilan
baholash amalga oshirildi. Soʻnggi yillarda qishloq xoʻjaligi ekinlarining
biologiyasi, ekologiyasi, biometriyasi asosida "ob-havo - hosildorlik"
prognoz
modellari tadqiq qilinmoqda.[1,2,3]
Nazorat uchun savollar
1 Qishloq xoʻjaligi entomologiyasi
2 Qishloq xoʻjaligi meteorologiyasi
Adabiyotlar
1. H.X.Kimsanboyev, S.F.Ergashev, R.Sh. O‘lmasboyeva, B.A. Sulaymonov.
“Entomologiya”, o’quv qo’llanma. O’qituvchi nashiryoti. 2006 y
2. Кулиева Х.Ф. “ЭНТОМОЛОГИЯ” конспект лекций, Б А К У – 2017