6. Mavzu Qishloq xo’jaligi entomologiyasi.
Reja:
6.1 Qishloq xoʻjaligi entomologiyasi
6.2 Qishloq xoʻjaligi meteorologiyasi
Tayanch iboralar:
Qishloq xo’jaligi entomologiyasi, k
imyoviy
himoya usuli
,
biologik himoya usuli,
biologik
qarshi kurash,
mikrosporidiya, hasharotlarning
yashash joyi va areali, sinokiya, muhit omillari, biotik, abiotik gidro-edafik, simbioz.
omillar,
turning areali,
biologik kompleks-biotsenoz, muhitning namligi, potogen
mikroorganizmlar ,kommensalizm,parazitizm, hasharotlar
ekologiyasida muhitning
nisbiy namligi, inson faoliyati.
Qishloq xoʻjaligini hududiy tashkil etish va rivojlanish qonuniyatlarini
oʻrganadigan fan sohasi, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya tarmogʻi. turli mamlakat
va rayonlar qishloq xoʻjaligini majmuali oʻrganish va bashorat qilish, tabiiy sharoit
va resurslarni qishloq xoʻjaligi nuqtai nazaridan baholashga
doir tadqiqotlar olib
boradi. Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotning tarmogʻi sifatida aholining qishloq
xoʻjaligi mahsulotlariga, sanoatning xom ashyoga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishga
xizmat qiladi. Iqtisodiyotning boshqa
tarmoqlaridan farq qilib, qishloq xoʻjaligi
joyning agroiqlimiy resurslari bilan chambarchas bogʻliq, shuningdek, yer qishloq
xoʻjaligi ishlab chiqarishida mehnat vositasi hamda predmeti hamdir. Qishloq
xoʻjaligi tarmoqlarining joylashuvi va rivojlanishiga joyning tabiiy sharoiti (asosan,
relyefi va iqlimi), resurslari (yer, suv, hayvon va oʻsimliklari), ijtimoiy-iqtisodiy,
transport, ekologik va boshqa omillar bevosita taʼsir koʻrsatadi.
Qishloq xoʻjaligig. olib boradigan tadqiqotlar yer fondi va undan foydalanish hamda
xaritalashtirish, qishloq xoʻjaligi ekinlarining tarqalishi, agroiqtisodiy tarmoqlari va
ularning korxonalarini
hududiy tashkil etish, rivojlantirish, qishloq xoʻjaligini
rayonlashtirish masalalarini oʻz ichiga oladi.