Mavzu Qishloq xo’jaligi entomologiyasi. Reja: Qishloq xoʻjaligi entomologiyasi Qishloq xoʻjaligi meteorologiyasi Tayanch iboralar


 Qishloq xoʻjaligi entomologiyasi



Yüklə 36,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix20.11.2023
ölçüsü36,88 Kb.
#164953
1   2   3
6 M ENTOMOLOGIYA (1)

6.1 Qishloq xoʻjaligi entomologiyasi
Qishloq xoʻjaligi entomologiyasi - umumiy entomologiyaning bir sohasi
hasharotlarning tana tuzilishi. organlari faoliyati, yashash tarzi, tashqi muhit bilan 
oʻzaro munosabati, zararli va foydali tomonlari va boshqalarni oʻrganadi. Qishloq 
xoʻjaligi entomologiyasi, asosan, hasharotlar - qishloq xoʻjaligi ekinlari, jumladan, 
oʻsimliklar zararkunandalari ularga qarshi kurash choralari hamda ular koʻpayishi 
prognozi usullarini ishlab chiqishni, zararkunandalarning tabiiy kushandalari - 
entomofaglarni, changlatuvchi-hasharotlar, asalari (asal berali), tut va eman ipak 
qurti (ipak uchun), lok beruvchi chervetslar, tuproq hosil boʻlishida ishtirok etuvchi 


hasharotlar va boshqalarni muhofaza qilish va samaradorligini oshirish yoʻllarini, 
shuningdek, hasharotlardan tashqari boshqa zararli umurtqasiz hayvonlar - 
nematodalar, mollyuskalar va kanalarni ham tadqiq etadi. Qishloq xoʻjaligi 
entomologiyasi fan sifatida zoologiya, umumiy entomologiya va agronomiya 
asosida shakllandi. Uning mustaqil fan boʻlib (19-asr 50-yillarida) rivojlanishi 
hasharotlarning inson hayotida tutgan amaliy ahamiyati bilan bogʻliq. Qishloq 
xoʻjaligi entomologiyasining ilmiy va ishlab chiqarish vazifalari ekinlar 
hosildorligini oshirish maqsadida oʻsimliklarni himoya qilishning yanada samarali 
usullarini topish, oʻsimlik zararkunandalarini yoʻq qilish, foydali hasharotlarni 
muhofaza qilish hamda ulardan samaraliroq foydalanish yoʻllarini ishlab chiqishdan 
iborat. 
Zararkunanda turlarning madaniy oʻsimliklar va muhitning boshqa omillari bilan 
oʻzaro murakkab munosabati, ular miqdorining keskin oʻzgarib turishi hamda 
tabiatda moddalar aylanishidagi keng ishtirsji har tomonlama ekologik ilmiy 
tadqiqot ishlari olib borishni taqozo etadi. 
19-asr boshlarida zararkunandalarga qarshi faol kurash choralari hali qoʻllanmagan 
davrda ekinlar hosili 10-40% gacha kamaygan.
Agroekologik, kimyoviy va boshqa qarshi kurash choralarining rivojlanishi tufayli 
baʼzi juda xavfli hasharotlar - chigirtka, tunlam va boshqa keltiradigan zarar keskin 
kamaydi. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon entomologiyasiga oid dastlabki ishlar 19-asrla 
paydo boʻlgan. Bir qancha mamlakatlar (Fransiya, Angliya, Rossiya)da ilmiy 
entomologik jamiyatlar tashkil qilingan. Zararkunanda hasharotlar (ayniqsa, 
chigirtka va boshqalar)ning qishloq xoʻjaligiga ksltirgan katta zarari ilmiy tadqiqot 
ishlarini markazlashtirish hamda zararkunandalarga qarshi kurash choralarini davlat 
miqyosida olib borish zarurligini taqozo etdi. Shunday qilib, koʻpgina 
mamlakatlarda oʻsimliklarni zararkunandalardap himoya qilish boʻyicha davlat 
entomologik xizmati vujudga keldi. Hasharotlarni ilmiy asosda oʻrganishni Oʻrta 
Osiyoda A.P.Fedchenko, V.F.Oshanin va boshqa boshlab bergan. Toshkentda 
birinchi entomologik st-ya 1911-yilda ochilgan (hozirgi Oʻzbekiston oʻsimliklarni 
himoya qilish instituti). Uning vazifasi qishloq xoʻjaligiga katta ziyon keltiradigan 
juda xavfli zararkunandalar (chigirtka, kemiruvchilar, tunlamlar, kanalar va 
boshqalar)ni, kasalliklarni (qorakuya, zang, vilt, gommoz va boshqalar) 
oʻrganishdan iborat edi.[1] 
Oʻrta Osiyoda entomologiya fani rivojiga hamda zararkunanlalarga qarshi kurash 
chora-tadbirlarini ishlab chiqishga N.Zaprometov, M.Karimov, M. Kosobutskiy, 
N.Mirpoʻlatova, K. Mirpoʻlatov, V.Nikolskiy, R. Olimjonov, M.Sonina, 
F.M.Uspenskiy, S.Xarin, V.V.Yaxontov va boshqa katta hissa qoʻshdi. 
Tashkiliyxoʻjalik, agrotexnik, kimyoviy va biologik qarshi kurash usullarini oʻzida 


mujassamlashtirgan oʻsimliklarni intefal himoya usuli sistemasi ishlab chiqildi. 
Oʻzbekistonda gʻalla, texnika va boshqa ekinlar zararkunandalari entomofaglarini 
koʻpaytiradigan 725 dan ortiq biolaboratoriyalar hamda biofabrika bor (2004). 
Qishloq xoʻjaligie. sohasidagi ishlar va entomolog kadrlar tayyorlash Toshkent agrar 
universiteti va boshqa bir qancha institutlarda olib boriladi.[1,2] 

Yüklə 36,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin