maydonlarda yetishtirilishiga qaratiladi;
•
kooperatsiya va klaster tizimi asosida mahsulot yetishtirish, uni qayta ishlash, saqlash va ichki hamda
tashqi bozorlarga sotish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
•
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Qishloq xo‘jaligi vazirligi
bilan birgalikda meva-sabzavot mahsulotlari eksportini oshirish uchun kamida bitta
tuman hududini organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirsin;
•
v) Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mavjud ekin maydonlaridan samarali foydalanish, 2021 yil
hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish bo‘yicha hukumat qarorini qabul qilsin. Bunda,
joriy yilda paxta maydonlarini 33,6 ming gektarga va g‘alla maydonlarini 40 ming gektarga qisqartirish
hamda 320 ming gektar yerlarni foydalanishga kiritish hisobiga oziq-ovqat va ozuqa ekinlari maydonlari
193,6 ming gektarga kengaytiriladi;
•
g) Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi 2021 yil 1 apreldan boshlab
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlarda hudud ixtisosligidan kelib chiqib, tuman hokimliklari
zaxirasidagi yaxlit holda 300 gektargacha yer maydonlarida plantatsiya usulida intensiv bog‘ va tokzorlar
barpo etish va yetti yil muddatda to‘lash sharti bilan aholiga sotish tizimini yo‘lga qo‘ysin.
•
d) kooperatsiya shartlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun yoshlarga
foydalanishga kiritiladigan yer maydonlari ijaraga beriladi, shuningdek, fermer xo‘jaliklari hamda boshqa
qishloq xo‘jaligi korxonalarining ekin maydonlari ikkilamchi ijaraga beriladi;
|