Mavzu. Qishloq xoʻjaligida mehnat muhofazasi ishlarini



Yüklə 232,94 Kb.
səhifə6/11
tarix28.11.2023
ölçüsü232,94 Kb.
#168528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
214- modda. Tibbiy ko’rik
Ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chog’ida dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan quyidagi xodimlarni tibbiy ko ’rikdan o ’tkazishni tashkil qilishi shart: o ’n sakkiz yoshga to ’lmaganlar;
oltmish yoshga to ’lgan erkaklar, ellik besh yoshga to ’lgan ayollar; nogironlar; mehnat sharoiti noqulay ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek transport harakati bilan bog ’liq ishlarda band bo ’lganlar;
oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat ko’rsatish bilan bogliq bo’lgan boshqa tarmoqlardagi ishlarda band bo ’lganlar;
umumta ’lim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muassasalarning bevosita bolalarga ta ’lim yoki tarbiya berish bilan mashg ’ul bo ’lgan pedagog va boshqa xodimlari.
Mehnat sharoiti noqulay ishlar va bajarilayotganida dastlabki tarzda va vaqti- vaqti bilan tibbiy ko ’rikdan o ’tilishi lozim bo ’lgan boshqa ishlarning ro ’yxati va ularni o ’tkazish tartibi O’zbekiston Respublikasi Sog ’liqni saqlash vazirligi
tomonidan belgilanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko ’rsatilgan xodimlar tibbiy ko
’riklardan o ’tishdan bo ’yin tovlashga haqli emaslar. Tibbiy ko ’rikdan o ’tishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini
bajarishdan bo ’yin tovlagan xodimlarni ish beruvchi ishga qo ’ymaslikka haqlidir.
Xodimlarning mehnatdan, ularning sog ’lig ’i holatiga to ’g ’ri kelmaydigan ishlarda foydalanishga yo ’l qo ’yilmaydi.
Agar xodim o ’z sog ’lig ’ining holati mehnat sharoiti bilan bog ’liq holda yomonlashgan deb hisoblasa, u navbatdan tashqari tibbiy ko ’rikdan o ’tkazishni talab qilishga haqlidir.
Tibbiy ko ’riklardan o ’tilishi munosabati bilan xodimlar chiqimdor bo ’lmaydilar.
(Ozbekiston respublikasi MK).
218-modda. Sog’lig’i holatiga ko’ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan xoli bo’lgan ishga o’tkazish
Sog ’lig ’i holatiga ko ’ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta ’siridan holi bo ’lgan ishga o ’tkazishga muhtoj xodimlarni ish beruvchi, ularning roziligi bilan, tibbiy xulosaga muvofiq vaqtincha yoki muddatini cheklamay, ana shunday ishlarga o ’tkazishi shart.
Sog ’lig ’i holatiga ko ’ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish
omillarining ta ’siridan holi bo ’lgan kamroq haq to ’lanadigan ishga o ’tkazilganda shunday ishga o ’tkazilgan kunidan boshlab ikki hafta mobaynida xodimlarning
avvalgi o ’rtacha oylik ish haqi saqlanadi.
Sil kasalligi yoki kasb kasalligiga chalinganligi sababli kamroq haq to ’lanadigan boshqa
ishga vaqtincha o ’tkazilgan xodimlarga shu ishga o ’tgan vaqt uchun, lekin ikki oydan ortiq bo ’Imagan muddat davomida kasallik varaqasi bo ’yicha yangi ishda beriladigan ish haqiga qo ’shilganda xodimning avvalgi ishidagi to ’liq ish haqidan oshib ketmaydigan miqdorda nafaqa to ’lanadi. Basharti kasallik varaqasida ko ’rsatilgan muddatda ish beruvchi boshqa ish topib berolmagan bo ’lsa, u holda shuning oqibatida bekor o ’tgan kunlar uchun nafaqa umumiy asoslarda to ’lanadi.
Ish bilan bog ’liq holda mehnatda mayib bo ’lganligi yoki sog ’lig ’iga boshqacha tarzda shikast etkazilganligi munosabati bilan vaqtincha kamroq haq to ’lanadigan ishga o ’tkazilgan xodimlarga ularning sog ’lig ’i shikastlanganligi uchun javobgar bo ’lgan ish beruvchi avvalgi ish haqi bilan yangi ishda oladigan ish haqi o ’rtasidagi farqni to ’laydi. Bunday farq mehnat qobiliyati tiklangunga qadar yoki nogironligi belgilangunga qadar to ’lanadi.
Qonun hujjatlarida sog ’lig ’i holatiga ko ’ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta ’sirini holi etadigan kamroq haq to ’lanadigan ishga o ’tkazilganda avvalgi o ’rtacha oylik ish haqini saqlab qolishning yoki davlat ijtimoiy sug ’urtasi bo ’yicha nafaqa to ’lab turishning boshqacha hollari ham nazarda tutilishi mumkin. (Ozbekiston respublikasi MK).



    1. Yüklə 232,94 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin