Mavzu. Qishloq xoʻjaligida mehnat muhofazasi ishlarini


Qishloq xo’jalik xodimlarining davolash va sog’lig’ini ta’minlash tadbirlari



Yüklə 232,94 Kb.
səhifə5/11
tarix28.11.2023
ölçüsü232,94 Kb.
#168528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Qishloq xo’jalik xodimlarining davolash va sog’lig’ini ta’minlash tadbirlari


Noqulay mehnat sharoiti xizmatchilarni tez-tez shamollash, bronxit va angina, radikulit va polinervalgiya, nafas olish a’zolari va terini allergik kabi kassalanishlarga olib keladi. Bunday mehnat sharoitlarini yaxshilash va
xizmatchilarni xavfsizligini ta’minlash quyidagi usullarda ta’minlanishi mumkin:

  • noqulay va og’ir ish sharoitlarida mexanizatsiya va avtomatizatsiya jarayonidan keng foydalanish;

  • binolardagi havo haroratni me’yoridan ortiq oshib ketmasligi uchun shamollatish va havoni namlovchi qurilmalar o’rnatish;

  • binolarni isitishda ochiq alangadan foydalishni cheklash va quvurli hamda kaloreferli isitish tizimidan foydalanish;

  • ish kuni davomida qisqa dam olish hamda samarali mehnat tartibini tashkillashtirish;

  • ovqatlanish tartibiga va tarkibiga doimiy ravishda rioya qilish, kishi organizmining zararli kimyoviy moddalarga qarshiligini oshirish uchun sut va sut mahsulotlarini, tarkibida oqsil, kraxmal va jelatin bo’lgan ovqatlar bilan ta’minlashni tashkillashtirish;

  • belgilangan tartibda ishchi-xodimlarni tibbiy ko’rikdan o’tishlarini ta’minlash va nazoratga olish.

O’zbekiston Respublikasining Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi Qonunning 13 va 17-moddalari binoan:
13-modda. Korxonalarda mehnatning sog’lom va xavfsiz sharoitlarini ta’minlash
Korxonadagi, har bir ish joyidagi mehnat sharoiti mehnatni muhofaza qilish standartlari, qoida va me’yorlari talablariga muvofiq bo ’lishi lozim.
Korxonada mehnatning sog’lom va xavfsiz sharoitlarini ta’minlash, ishlab
chiqarishning xavfli va zararli omillari ustidan nazorat o ’rnatilishini tashkil etish va nazoratning natijalari to ’g ’risida mehnat jamoalarini o ’z vaqtida xabardor qilish ma ’muriyat zimmasiga yuklanadi.
Mehnat sharoiti zararli va xavfli ishlab chiqarishlarda, shuningdek o’ta noxush
haroratli yoki ifloslanishlar bilan bog ’liq sharoitlarda bajariladigan ishlarda mehnat qiluvchilarga davlat boshqaruvi idoralari belgilagan me’yorlarda maxsus kiyim, poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositlari, yuvish va dezinfektsiyalash vositalari, sut yoki unga tenglashadigan boshqa oziq- ovqat mahsulotlari, parhez ovqat bepul beriladi.
Korxonada mehnatning sog ’lom va xavfsiz sharoitlarini ta ’minlash yuzasidan ma ’muriyat bilan xodimlarning o ’zaro majburiyatlari jamoa
shartnomasi yoki bitimida ko ’zda tutiladi. (Ozbekiston respublikasi MMQQ).
17-modda. Majburiy meditsina ko’riklari
Korxona sog ’liqni saqlash idoralari tomonidan belgilangan tartibga muvofiq ravishda bir qator kasblar va ishlab chiqarishlarning xodimlarini mehnat shartnomasini imzolash paytida dastlabki tarzda va mehnat shartnomasi amal qiladigan davrda vaqti-vaqti bilan tibbiy ko ’rikdan o ’tkazishni tashkil qilishi shart. Xodimlar tibbiy ko ’riklardan o ’tishdan bosh tortishga haqli emaslar.
Xodimlar tibbiy ko ’riklardan o ’tishdan bosh tortsalar yoki o ’tkazilgan tekshirishlarning natijalari bo ’yicha tibbiy komissiyalar beradigan tavsiyalarni bajarmasalar, ma ’muriyat ularni ishga qo ’ymaslik huquqiga egadir.
Xodim, agar u o ’zining salomatligi yomonlashishi mehnat sharoiti bilan bog ’liq deb hisoblasa, navbatdan tashqari tibbiy ko ’rik o ’tkazilishini talab qilish huquqiga ega.
Tibbiy ko ’riklarni o ’tkazish paytida xodimning ish joyi (lavozimi) va o ’rtacha ish haqi saqlanadi. (Ozbekiston respublikasi MMQQ).
Davriy ko’riklar muddati ishlarning xususiyatiga qarab belgilanadi (uch oydan so’ng, yarim yilda, bir yilda va ikki yilda). Bu ko’rsatilgan ko’riklardan tashqari transport vositalarining haydovchilari har kuni ishdan oldin va keyin tibbiy ko’rikdan o’tadilar. Kasb kasalliklari profilaktikasida davolovchi-profilaktik ovqatlanishga keng o’rin berilgan, bu esa zararlar ta’sirini yo’qotish maqsadida olib boriladi. Aynan xuddi shu masala O’zbekiston Respublikasi mehnat kodeksi moddalarida quyidagicha o’z aksini topgan:

Yüklə 232,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin