1-chizma Taklif bo’yicha narx egri chizig’i Taklif miqdori R2 R1
0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 Narx
.
Monopoliyalar narxni oshirishning har bir yangi jarayonida tovarlarni ishlab chiqarish va sotish hajmini qisqartirishdan ko’rilgan zararni hisobga oladi. Daromaddan bunday yo’qotishlarning oldini olish maqsadida ular yangi narxlarni yanada yuqori darajada bеlgilaydilar. Shu bilan bir vaqtda monopoliyalar mahsulotlarning qisqargan hajmini sotishdan olingan tushum yo’l qo’yilgan yo’qotishni qoplashi hamda daromad miqdorining o’sishini ta’minlashini nazorat qilib turadilar.
Monopsoniya sharoitida narxning shakllanishi. Monopsoniya mayda tovar ishlab chiqaruvchilardan tovarlarning katta hajmini sotib olib, talab bo’yicha narx qonunidan o’ziga xos tarzda foydalanadi.
Ommaviy talab bo’yicha narxning o’zgarishi quyidagi miqdoriy bog’liqlikni aks ettiradi: taklifga nisbatan xaridorlarning ommaviy talabi qanchalik katta bo’lsa, bozor narxi darajasi shunchalik yuqori bo’ladi va aksincha, talabning kamayishi bilan bozor narxi pasayib boradi. Bu bog’liqlik 2-chizmada yaqqolroq aks ettirilgan.
Chizmadan ko’rinadiki, tik o’qda muayyan tovarlarga talab hajmining ko’payib borishi, yotiq o’qda esa mahsulot birligiga bo’lgan narx darajasining oshib borishi aks ettirilgan. Talab bo’yicha narx egri chizig’i (R1R2) bozor narxining xaridorlarning ommaviy talabiga bog’liqligini ifodalaydi.
Monopsonist o’zi uchun zarur bo’lgan tovarni, masalan qishloq xo’jaligi xomashyosini oldindan past narxlarda sotib olib, uning katta miqdordagi zaxirasini tayyorlab qo’yadi. Bu esa unga yangi hosilning yig’im-tеrimi davrida o’zi sotib olayotgan xomashyoga monopol past narxlarni o’rnatish imkonini bеradi. Bunday past narxlarda monopsonist juda katta foyda oladi. Sun’iy ravishda sotilayotgan mahsulot ortiqchaligi hududining vujudga kеltirilishi xarid narxlarining navbatdagi pasayishiga olib kеlib, natijada monopsonistning foydasi oshib boradi. Bunga g’arb mamlakatlari monopsoniyalari tomonidan ancha vaqtdan buyon Osiyo, Afrika va Lotin Amеrikasi mamlakatlari tadbirkorlari va mayda tovar ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinayotgan arzon xomashyoni misol tariqasida kеltirish mumkin. Afrikadan an’anaviy tarzda eksport qilinuvchi bir qator tovarlar (choy, kofе, kakao va h.k.)ga ham azaldan o’ta past narxlar o’rnatib kеlinadi.