Mavzu: Qo‘shish va ayirish, ko‘paytrish va bo’lish amali ma’nosini ochib berish hamda uni bosqichlab kontsentrlarda bajarilishini o‘rgatish. Reja



Yüklə 86,91 Kb.
səhifə2/4
tarix16.02.2023
ölçüsü86,91 Kb.
#84533
1   2   3   4
Mavzu Qo‘shish va ayirish, ko‘paytrish va bo’lish amali ma’nosi

Yuz ichida ko’paytirish va bo’lish.
O’qituvchi dars o’tishda quyidagi vazifalarni bajarishi zarur:
1)ko’paytirish va bo’lish ammallari ma’nosi bilan tanishtirish;
Ko’paytirishning o’rin almashtirish, gruppalash va ko’paytirishning qo’shishga nisbatan tarqatish (qavslarni ochish) xossalarini tushuntirish;
2)ko’paytirish jadvalini o’rgatish (yodlatish);
3)jadvaldan tashqari ko’paytirish va bo’lishni o’rgatish (0 ga ko’paytirish, 1 ga ko’paytirish va bo’lish, qoldiqli bo’lish);
100 ichida ko’paytirish va bo’lishni bir necha bosqichga bo’lib o’rgatamiz.
I.Tayyorgarlik bosqichi. 100 ichida ko’paytirish va bo’lish 2-sinfda o’qitiladi, ammo tayyorgarlik 1-sinfdan boshlanadi, 10 va 100 ichida nomerlashga bog’liq holda sanash orqali qo’shish va ayirish ham o’rgatilib boriladi. 2-sinf boshida 1-sinfdagi misollardan murakkabroq misollar unga bog’lab tushuntiriladi. Yil oxiriga kelib o’quvchilarda sonlarning tarkiblari haqidagi bilim ortadi va kengayadi, bu esa bir xil topshiriqlarni bajarish imkonini beradi. M: 16 ning ichida 2 soni 8 marta bor; 4 tadan 4 marta bor; 8 tadan 2 marta bor.
Quyidagilarni bir xil qo’shiluvchilarning yig’indisi ko’rinishida tasvirlang:
12= + + 18= +
12= + + + 18= + +
12= + 18= +

Bo’lish amalini o’rganishda ham 1-sinfdan tayyorgarlik ishlari olib boriladi. M.: “8 ta doiracha oling va uni 2 tadan qilib qo’ying”
II.Ko’paytirish va bo’lishning jadval usulining ongli o’zlashtirish uchun asos bo’ladigan nazorat masalalarini qarash. Endi o’quvchilarga bir xil qo’shiluvchilar yig’indisini ko’paytirishga almashtirishga mos bo’lgan misollarni berish kerak.
Masalan, “har qaysi taqsimchada 5 tadan olma bor. 4 ta taqsimchada qancha olma borq Rasmli tasvir bilan 5+5+5+5=20 misolni yechadilar”. Shunga o’xshash misollar yordamida o’qituvchi bir xil sonlarni qo’shish-ko’paytirish degan yangi amalni berishni aytadi, quyidagi mashqlar bilan qo’shishni ko’paytirishga almashtirish mustahkamlanadi.
1.Qo’shishni ko’pytirishga almashtiring.
3+3+3+3+3= 6+6+6+6=
2.Natijalarni hisoblang, o’z o’rnida qo’shishni ko’paytirishga almashtiring.
8+8+8+7= 9+9+6=
3.Ko’paytirishni qo’shishga almashtiring. 4*2= 5*3=
4.Ifodalarni taqqoslang va >,< yoki = belgilarni qo’ying.
4+4+4+4…4*3, 9*6… 9+9+9+9+9, 7*4…7+7+7+7+7
5.Namuna bo’yicha natijalarni hisoblang.
5*7=35, 5*8= 8*3=24, 8*4=
Bo’lishning aniq ma’nosi bo’lishga doir masalalar yechishda, so’ngra teng qismlarga doir masalalar yechishda ochib beriladi. Ko’paytirishning o’rin almashtirish xossasi va komponent va uning natijalarining nomiga bog’liq holda bo’lishning komponentlari va natijasi nomi bilan tanishadilar.
3-sinf matematikasida ko’paytmaning o’rin almashtirish xossasi kataklar, doirachalar, tugmalar, yulduzchalar kabi predmetlar qatoridan foydalanib tushuntiriladi. Masalan: To’g’ri to’rtburchakni chizib, uni kvadratlarga ajratishadi, uni sanashda oldin ustun bo’yicha, keyin qator bo’yicha sanab 4*2=8, 2*4=8 ni keltirib chiqaradilar. Bu xulosa uchun quyidagi mashqlarni bajarish mumkin.
1.Tushurib qoldirilgan sonlarni toping.
5…=60
2.Namuna misoldan foydalanib hisoblang.
3*(12+15)=3*12+3*15=36+45=81; 15*(5+1)=
3.Ifodalarni taqqoslang va … lar o’rniga >,<, = belgilarini qo’ying. 12*3… 72:2, 5…32:8
Shu o’rinda jadvaldan foydalanish mumkin:

a

b

ab

ba

3

4







7

2







10

5







Natijada umumiy ko’rinishdagi a*v=v*a tenglikni keltirib chiqaradilar.
Xususiy holda 1 ga ko’paytirish va bo’lish misollarida mustahkamlanadi. Bo’lishdagi oson yo’llardan biri nol bilan tugaydigan sonlar ustida bo’lish amalini bajarishdir. 80:10=8
III.Ko’paytirish va bo’lish jadvali bilan ishlash.
Jadvalda ko’paytirish va bo’lish matematika o’qitishning muhim vazifalaridan biridir. Jadval asosan 2-sinfda tuzilib, 3-4-sinflarda minglik va ko’p xonali sonlarga tadbiq qilinadi. Jadvalni tuzish quyidagi reja asosida olib boriladi:
1)Bir xil ko’rinishlarni qo’shish. Masalan: 5*3=5+5+5=15
2)Namuna misol asosida boshqa ko’pytirishlarni bajarish.
Masalan: 2*3=6, 2*4 ni toping. Uni 2*3+2=6+2=8 ko’rinishida hisoblash o’rgatiladi.
3)Ko’paytirishning qo’shishga nisbatan taqsimot xossasidan foydalanish.
4)Ko’paytirishning o’rin almashtirish xossasidan foydalanish.
3*7=7*3
O’zgarmas songa ko’paytirish va bo’lim jadvali quyidagicha tuziladi. Masalan: 4*4=16, 4*5=20, 4*6=24, 4*7=28, 4*8=32, 4*9=36 yonidan 5*4, 6*4, 7*4, 8*4, 9*4 ni hisoblash topshiriladi:
16:4= 20:4= 24:4= 28:4= 32:4= 36:4= yonidan 25:5, 24:6, 28:7, 32:8, 36:9 topshiriqlari beriladi.
Tushuntirishda buyumlarning rasmlari, sonli figuralar, kv.sm, kv.dm, kartondan qirqilgan uchburchaklardan foydalanish kerak.

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

2




























3




























4




























Ko’paytirishjadvalinituzishucun 10x10 takatakolinadivaunio’tkazishdato’g’rito’rtburchakdanfoydalanishmumkin.

Yüklə 86,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin