Mavzu: qo‘shma gaplar tasnifi. Ularni bog‘lovchi vositalar. Reja



Yüklə 152,41 Kb.
səhifə4/9
tarix07.01.2024
ölçüsü152,41 Kb.
#210270
1   2   3   4   5   6   7   8   9
10 -ma\'ruza

(W) ga ko‘ra [WPm-WPm] turlari: a) bir xil [W] li qurilmalar. [WPm-WPm] ning bu turi bir necha ko‘rinishda bo‘ladi:
1a) (W) lari bir xil so‘zdan: Siz so‘zlamasangiz, men so‘zlamoqchi edim. (A.Qod.);
1b) (W) lari bir xil turkumdan: Endi ortiq turma, tinch o‘tir. (A.Qod.)
2a) har xil (W) li qurilma. Bunda (W) lar turli turkumga oid so‘z bilan ifodalanadi: 1.YOki mening ko‘nglim hamma vaqt yosh, YOki senga chiroy umrbod yo‘ldosh. (M. Bob.) 2. YAna nima balo ismlari bor, tilim ham kelishmaydi. (Oyb.)
(Pm) ga ko‘ra [WPm + WPm] turlari:
a) bir xil (Pm) li qurilmalar: Xotinim bordi, keldi. («Mushtum»);
b) har xil (Pm) li qurilmalar: Qaraysanmi, qaray qolgin. («Mushtum»).
Demak, gap markazini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydigan (Pm) qo‘shma gap tarkibidagi sodda gapda bir xil ham, har xil ham bo‘lishi mumkin. SHunday hol ham bo‘ladiki, (Pm) umumiy – bitta bo‘lishi ham mumkin. Bunda endi qo‘shma gap emas, balki uyushgan gap vujudga keladi. Ma’lumki, [WPm+WPm] qolipida (Pm) tarkibi har xil bo‘lgan hollarda o‘zbek tilining tabiati uni qavsdan chiqarish imkonini beradi. CHunki o‘zbek, umuman, turkiy tillarda, bir necha so‘zlar uyushganda umumiy shakl oxirgi so‘z tarkibida kelishi qonuniyatiga tayansak, bunday gaplarning qolipi [(W,W)Pm] ko‘rinishida bo‘ladi. Misollar: 1. Kelgan, ketgan edim. 2. Men o‘qigan, yozgan edim.
Kesimlarning har biriga ega qo‘yilishi bilan ular uyushgan gapga aylanadi:1. Men kelgan, Jamshid ketgan edi. 2. Men o‘qigan, sen yozgan edik.
Har bir kesimni shakllantirish bilan uyushgan gap qo‘shma gapga aylanadi: 1. Men kelgan edim, Jamshid ketgan edi.2. Men o‘qigan edim, sen yozgan eding.
Cusbtansial tilshunoslik uqtirishicha, har bir lisoniy birlik ongimizda ma’lum bir shakl va mazmunning barqaror yaxlitligi sifatida yashaydi va xususiy xodisa sifatida nutqqa chiqadi. Bu nutqiy ko‘rinish behisob miqdorga ega. Biroq ular bilan lisoniy birlik (umumiylik) orasida tipik ko‘rinish mavjud bo‘ladi. YUqoridagi [WPm-WPm] tipik ko‘rinish [WPm, WPm], [WPm  WPm] va [WPm  WPm] oraliq ko‘rinishlari orqali nutqiy gapga aylanadi.
Qo‘shma gap tarkibiy qismlari o‘zaro bog‘lovchi yoki bog‘lovchi vazifasidagi so‘z vositasida yoki mutlaqo ularsiz bog‘lanadi. Bundan kelib chiqqan holda, qo‘shma gaplarni bog‘lovchili va bog‘lovchisiz qo‘shma gapga ajratish mumkin bo‘ladi. Bog‘lovchili qo‘shma gap grammatik vosita bilan bog‘langan qo‘shma gap, leksik-grammatik vosita bilan bog‘langan qo‘shma gap va leksik vosita bilan birikkan qo‘shma gapga ajraladi. Qo‘shimchaning funksiyasiga ko‘ra teng bog‘lovchili va ergashtiruvchi bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap farqlanadi.
Qo‘shma gap tarkibida sodda gapning o‘zaro munosabati asosida ham qo‘shma gapni tasniflash mumkin. Mazmun, grammatik va intonatsion munosabati nuqtai nazaridan qo‘shma gap quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) tarkibidagi sodda gap bir-birini mazmun va grammatik jihatdan taqozo etadigan qo‘shma gap: 1. Kunlar isidi va paxtalar yana qiyg‘os ochildi. 2. YOvlariga osmon tutundir, shuning uchun bag‘ri butundir. (H.Ol.) 3. Agar dunyoning narigi burchiga sizni opichlab borishga to‘g‘ri kelsaydi, men sevina-sevina bajarardim. (Oyb.) 4. Men shunday bir ish qildimki, o‘lgunimcha bundan faxrlanaman;
2) tarkibidagi gaplar bir-birini mazmuniy va intonatsion taqozo etadigan, biroq, grammatik jihatdan talab qilmaydigan qo‘shma gap: 1. Biz etib keldik, kutubxona ochildi. 2. Menga pul kerak, qaerdan olaman? (Oyb.) 3. Siz ishonmayapsiz, ishonmaysiz ham. 4. Endi men bir jumboq aytaman, sizdan javob kutaman.
3) tarkibidagi gaplar bir-birini na mazmuniy, na grammatik taqozo etadigan, biroq intonatsion yaxlit bo‘lgan gap: 1.U otasini uyga tortdi, ukasi sekin qayrildi (S.Nur). 2. Bahor keldi, yoz ham kelib qoladi. 3. Sen o‘z ishingni qil, men o‘z ishimni.
Xullas, qo‘shma gapning o‘zi kabi uning tasnifi ham turli-tuman. Quyida ulardan ayrimlarini keltiramiz (55-jadval):
55-jadval



1.Gapning lisoniy sintaktik qolipiga ko‘ra

[WPm, WPm]

[WPm WPm]

[WPm WPm]




2.Gap tarkibidagi bog‘lovchi vositalarga ko‘ra





ohang bilan bog‘langan
[QG]

Teng bog‘lovchi bilan bog‘langan
[QG]

YUklamalar bilan bog‘langan
[QG]

Nisbiy so‘zlar bilan bog‘langan
[QG]

Tobe bog‘lovchilar bilan bog‘langan
[QG]




3. Qo‘shma gap tarkibiy qismlari orasidagi ma’noviy munosabatning ifodalanishiga ko‘ra





birin-ketinlik



sabab

o‘rin yoki payt

vaziyat

izohlash yoki qiyoslash

ichki
fikr




4. Qo‘shma gap qismlari orasidagi funksional munosabatlariga ko‘ra



a) tenglik



b) tobelik



biriktiruv

zidlov

ayiruv

ega-kesim; aniqlovchi-aniqlanmish

to‘ldiruvchi-to‘ldirilmish

hol-hollanmish


5. Qo‘shma gaplarning ifoda maqsadiga ko‘ra



Darak

so‘roq

buyruq

:



6. Qo‘shma gap tarkibiy qismlarining reallik va irrealligiga ko‘ra

real gap

irreal gap

ritorik gap (irreal gapga yaqin turadi)




Yüklə 152,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin