Mavzu. Qo’shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashki-fayllar.org
9-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotda guruhlarni to‘ldirish 49. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan 2 yoshdan 7 yoshgacha tarbiyalanuvchilar kontingentiga muvofiq quyidagi guruhlar tuziladi:
nutqida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar uchun;
eshitishida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar uchun;
ko‘rishida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan tarbiyalanuvchilar uchun;
psixik rivojlanishda kechikayotgan tarbiyalanuvchilar uchun;
aqli zaif bo‘lgan tarbiyalanuvchilar uchun;
tayanch-harakat apparatida nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar uchun.
52. Qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlarda uch yoshdan katta bolalarga mo‘ljallangan inklyuziv guruhlar rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarning toifasiga qarab to‘ldiriladi hamda quyidagini tashkil etadi:
kamida 20 nafar va ko‘pi bilan 25 nafar bola, shu jumladan, ko‘pi bilan rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan (zaif ko‘ruvchilar yoki zaif eshituvchilar yoki tayanch-harakat apparatida nuqsonlar bo‘lgan) 3 nafar bola;
kamida 20 nafar va ko‘pi bilan 25 nafar bola, shu jumladan, ko‘pi bilan rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan (ambliopiya bilan, ko‘zi g‘ilaylik, yoki nutqida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan yoki autizm bilan) 2 nafar bola;
kamida 20 nafar va ko‘pi bilan 25 nafar bola, shu jumladan, ko‘pi bilan nutqida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan 3 nafar bola;
kamida 20 nafar va ko‘pi bilan 25 nafar bola, shu jumladan, ko‘pi bilan psixik rivojlanishda kechikayotgan 3 nafar bola.
Qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlarda guruhlar bolalarning toifasiga va yoshiga qarab to‘ldiriladi hamda tegishli ravishda quyidagini tashkil etadi:
kar bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va ko‘pi bilan 10 nafar bola;
zaif eshituvchi bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va ko‘pi bilan 12 nafar bola;
ko‘zi ojiz bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va ko‘pi bilan 10 nafar bola;
zaif ko‘ruvchi bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va ko‘pi bilan 12 nafar bola;
tayanch-harakat apparatida nuqsonlar bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda –kamida 15 nafar va ko‘pi bilan 18 nafar bola;
gemiparez, monoparez, plegiya asoratlari bilan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va ko‘pi bilan 12 nafar bola;
bolalar tserebral falaji sindromi asoratlari bilan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va ko‘pi bilan 10 nafar bola;
yengil darajada aqli zaif bo‘lgan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va ko‘pi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi; o‘rta darajada aqli zaif bo‘lgan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 6 nafar va ko‘pi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;
autizm bilan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va ko‘pi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;
psixik rivojlanishda kechikayotgan uch yoshdan katta bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va ko‘pi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi;
murakkab nuqsonli (ikki va undan ortiq nuqsonli) tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va ko‘pi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi.