2-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotning maqsadlari hamda vazifalari 9. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilot maqsadlari quyidagilardan iborat:
bolaning ta’lim olishga bo‘lgan huquqi amalga oshirilishini ta’minlash;
bolalarni o‘qitish va tarbiyalash, jamiyatga moslashtirish, shuningdek, rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiyalash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
bolalarning yosh va o‘ziga xos imkoniyatlariga, qobiliyatlari va ehtiyojlariga muvofiq ularning jismoniy, aqliy va ma’naviy kamol topishini ta’minlash;
bolaning shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, uning ijtimoiy tajriba orttirishini ta’minlash.
10. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotning vazifalari quyidagilardan iborat:
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga, shuningdek, ular asosida ishlab chiqilgan ta’lim-tarbiya va korreksion ishlarni tashkil etish dasturlariga muvofiq tarbiyalanuvchilarga ta’lim-tarbiya va korreksiya-pedagogik yordam berilishini ta’minlash;
bolalarda Vatanga muhabbat, oilaga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, milliy qadriyatlar va urf-odatlarga hurmat, o‘ziga va atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash;
tibbiy abilitatsiya va reabilitatsiya o‘tkazish, bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarni kompensatsiya va korreksiya qilish;
bolalarga sifatli maktabgacha ta’lim va tarbiya olish imkonini beradigan shart-sharoitlar yaratish;
bolalarning ijtimoiy moslashuvchanligini hamda ta’lim va tarbiya olishni davom ettirishga tayyorligini ta’minlash;
bolalarni umumta’lim muassasalarida o‘qishga tayyorlash;
o‘quv jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarni joriy etish.
3-bob. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi 11. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat tashkilotlari davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti yoki qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotning muassislari bo‘lishi mumkin.
12. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarini tashkil etish uchun guruhlarning eng kam soni 6 tani tashkil etadi.
Qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotlarini tashkil etish uchun guruhlarning eng kam soni tegishli ravishda quyidagilarni tashkil etishi kerak:
a) kamida 3 ta inklyuziv guruh;
b) quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun kamida 3 ta guruh:
eshitishda og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun;
ko‘rishda og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun;
psixik rivojlanishi kechikkan bolalar uchun;
aqliy zaiflik bilan tarbiyalanuvchilar uchun;
tayanch-harakat apparatida nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun.
18. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarining va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotlarining bino hamda inshootlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishilmasdan xususiylashtirilishi, o‘zgaga berilishi va qayta ixtisoslashtirilishi mumkin emas.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilot o‘quv yili tugaganidan keyin qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi yoki tugatiladi.
Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotini va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotini qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida bolalarni boshqa davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga o‘tkazish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmalari, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi tomonidan bolaning qonuniy vakillari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.