Mavzu: Qo’ychilikning rivojlanishi



Yüklə 272,09 Kb.
səhifə2/3
tarix19.05.2023
ölçüsü272,09 Kb.
#117778
1   2   3
Презентация Microsoft PowerPoint

2. Qo’ychilikning turlari

  • Qo‘ychilik xalq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega. U insonni qimmatli go‘sht, yog‘ va sut bilan ta’minlaydi. O‘rta Osiyo xalqlari qo‘y go‘shtini sevib iste’mol qiladilar va xilma-xil ovqatlar tayyorlaydilar. Chorvachilikning boshqa birorta sohasi qo‘ychilik singari xilma-xil mahsulot berolmaydi. Qo‘ychilik go‘sht, sut va yog‘dan tashqari jun, qorako‘l te'ri va charm mahsuloti yetkazib beradi. Qo‘ychilikning asosiy va qimmatli mahsulotlaridan biri uning mayin junidir. Qo‘y junidan qimmatli kiyim-kechaklar tiqiladi va gazmollar to‘qilib hayotimizning turli sohalarida ishlatiladi.
  • Shorvachilikning qorako‘l qo‘ylari va terilari yetishtirish bilan shug‘ullanadigan tarmog‘i. Mo‘yna sanoati uchun xom-ashyo yetkazib beradi. Naslchilik ishla­ri yo‘lga qo‘yildi, har qaysi xo‘jalikda nasldor mollar fermasi tashkil etildi, qorako‘l terilari sifati yaxshilandi. O‘zbekistondagi qorako‘l naslchilik xo‘jaligida qora rangli qorakul terilarini takomillashtirdi, qorako‘l qo‘ylarining «Qoraqum» turini yetishtirdi. Qorako‘lchi seleksionerlar shu usul asosida qorako‘l qo‘ylarining «Muborak», «Nishon» «Konimex», «Jinov», «Ravnina» va boshqa sermaxsul zotdor turlarini chiqardilar.

Qo’ylarning turlari

  • Mayin junli qo‘ylarga ko‘p tarqalgan merinos zot qo‘ylar kirib sovliqlarining og‘irligi 50-60 kg, qo‘chqorlariniki 100-110 kg keladi va har biri o‘rtacha 4-5 kg jun beradi. Bularning terisidan issiq po‘stinlar tiqiladi. O‘rtacha mayin junli qo‘ylardan ko‘p boqiladigani sigay zot qo‘ylar bo‘lib, ularning sovliqlari 50 kg, qo‘chqorlari 60-80 kg gacha boradi va har bir qo‘ydan 3,5-5 kg jun qirqib olinadi. Bu qo‘ylarning terisidan ham po‘stin tiqiladi, junlari esa pishiqligi, mayinligi va chigal bo‘lmasligi jihatidan ustun turadi.

Qo’y zotlari

  • Qorako‘l qo’yi - sur qorako‘l teri yetishtirish uchun, asosan, O‘zbekistonda urchitiladigan qo‘ylar. Qo‘rakol’ qo‘yi tabiiy sharoitga boshqa qorako‘l qo‘ylariga nisbatan chidamsizroq, ko‘k qorako‘l qo‘ylariga qaraganda chidamliroq. Sovliqlari 40-45 kg, qo‘chqorlari 55-60 kg Yillik jun mahsuloti 2,5-3,0 kg. Eng yuqori nav sur terilar yetishtirish va nasldor sur qo‘chqorlarni ko‘proq olish uchun sur sovliqlar sof zot sur qo‘chqorlardan qochiriladi. Sur sovliq sur qo‘chqordan qochirilganda sur qo‘zilar 90% dan ortig‘ini, qora sovliqlar, sur so‘chqorlardan qochirilganda esa sur qo‘zilar birinchi bo‘g‘in qo‘zilarining 4-6°/o ini, ikkinchi bo‘g‘inning 27-28% ini, so‘nggi bo‘gilqanlarning 48-50% ini tashkil qiladi. Qorako‘lchi-selektsionerlar, mutaxassis1lar hamda cho‘ponlar tomonidan sur qo‘ylarning sermahsul «Surxon» turi, «Nurota» turi, kumush sur qo‘ylarning «Qoraqum» turi, tilla, kumush sur teri beradigan «Qizilqum» turlari yaratilgan.
  • Linkoln qo‘y zoti - go‘sht-jun uchun boqiladigan yarim mayin junli qo‘ylar. XIX-asrda Angliyada yetishtirilgan. Qo‘chqorlari 130-160 kg, sovliqlari 100-120 kg. Qo‘chqorlari yiliga 10-12 kg, sovliqlari 5-6 kg jun beradi. Junining uzunligi 20-30 sm, bir xil, pishiq, 55-65% sof jun chiqkali. 100 sovliqdan o‘rtacha 120 qo‘zi olinadi. Dagal junli va merinos sovliqlari bilan chatishtirilib, krossbred turidagi serjun mahsuldor duragay olingan. O‘zbekistonda jaydari qo‘ylyar bilan chatishtirilib, serjun-go‘shtdor duragay qo‘ylari ko‘paytirilmoqda. Bu duragaylar juni jay­dari qo‘ylarning juniga qaraganda 2-2,5 mar­ta ortiq, yarim mayin, krossbred turida, uzunligi 13-16 sm.
  • Askaniya qo‘y zoti – mayin tolali serjun zot. Bu zot 1925-34 yillarda Ukraina mahalliy merinos qo‘ylarini tanlab borish va Amerikaning rambul’ye qo‘chqorlaridan qochirish yo‘li bilan yetishtirilgan. Askaniya qo‘y zoti mayin junli qo‘ylarning eng yirigi. Qo‘chqorlarining o‘rtacha vazni 100-110 kg (ulardan 10 kg gacha jun olish mumkin), sovliqlarining vazni 60-65 kg (5,5-6 kg jun beradi). Juni ingichka. 1950 yillarda Toshkent naslchilik xo‘jaligi, Jizzax ot zavodiga keltirilgan. Askaniya qo‘y zoti bu xo‘jaliklarda qo’yidagicha mahsulot berdi: vazni 82,3 kg bo‘lgan ikki yoshli nasl qo‘chqorlari 7 kg jun berdi. Junning uzunligi 8,3 sm, ingichkaligi 21,7 mk; toza junning chiqishi 41,4%.
  • Merinoslar - bir tekis mayin junli qo‘y zoti. Mayin junli qo‘ylar vatani o‘rta Osiyo 19-asr va 20-asr boshlarida merinosning boshqa mamlakatlardan keltirilgan bir necha turi, shuningdek, rus mutaxassislari yetishtirgan zotlari Rossiyada ko‘paytirildi. Rus mutaxassislari tomonidan merinosning yanada mahsuldor askaniya va merinoslar, ozarbayjon tog‘ merinosi, kavkaz, oltoy, salsk, stavropol va boshqa zotlari yetishtirilgan. Merinosning bo‘yin, ba’zan, tana terisi ham burmali bo‘ladi. Juni ingichka (ko‘ndalang kesimi 15-25 mk) momiq tolalardan iborat, uzunligi 6-8 sm; yiliga bir marta qirqilib, qo‘chqorlaridan 8-12 kg, sovliqlaridan 4-6 kg jun olinadi. 35-45% sof jun chiqadi. Qo‘chqorlarining vazni 80-100 kg, sovliqlariniki 40-60 kg.
  • Hisori qo‘y zoti - go‘sht-yog‘ uchun boqiladigan dag‘al junli dumbali qo‘y zoti. Xalq seleksiyasi yo‘li bilan Tojikistonda yetishtirilgan. Qo‘chqorlari tanasining balandligi 80-85 sm, sovliqlariniki 75-80 sm. Qo‘chqorlarining tirik vazni 130-140 kg, sovliqlariniki 80-90 kg. Tana tuzilishi pishiq, ko‘kragi keng. Boshi katta, shoxsiz do‘ng tumshuq, quloqlari uzun. Dumbasi 18-20 kg. Tusi, asosan, qo‘ng‘ir. Tez yetiladi. 6 oyligida 60 kg va undan ortiq keladi. 58-60% go‘sht qiladi. Juni dag‘al, kigiz va namat tayyorlanadi. Qo‘chqorlaridan 1,3-1,6 kg, sovliqlaridan 1,0-1,4 kg dan jun qirqib olinadi. Chidamli, yil bo‘yi yaylovda boqishga moslashgan. Har 100 sovliqdan 115-120 qo‘zi olinadi. Tojikiston va O‘zbekistonda ko‘paytiriladi.

Yüklə 272,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin