Vintli konveyerda tozalangan paxta chigitini momiq sifati va chigitni moydorligiga ta’siri Sarbarov Xusanboy Nurmamat o’g’li
Namangan muxandislik-texnologiya instituti, magistr
Qadam Jumaniyazov
Toshkent paxta sanoati ilmiy markazi t.f.dok. prof.
Annotatsiya:Ushbu ishda, yog’-moy sanoatiga tushayotgan paxta chigitlarini iflosligi olinayotgan moy sifati va uni chiqish miqdoriga katta ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun bu yerda paxta chigiti organik va mineral qo’shimchalardan turli xil usullar va texnologik mashinalar yordamida, katta sarf-xarajat va vaqt sarflab qayta qo’shimcha tozalashga majbur bo’linadi, chunki chigitni qayta ishlashda chiqindilardagi mavjud moyda eriydigon bazi moddalar olinayotgan moy sifatini keskin pasaytirib yuboradi, ya’ni yog’ga xos bo’lmagan xid va ta’m xosil bo’lishi. Momiqni iflosligi chiqindilarni chigitdan momiqqa mexanik tarzda o’tishi xamda arralarni chigit qobig’iga ta’sir ko’rsatkichida xosil bo’ladigan tolali terichalar xisobiga ortishini bartaraf etishga qaratilgan.
Kalit so’zlar:Momiq sifati, chigit po’stlog’i, vintli konveyer, tolali chiqindilar, moy sifati, chigit qobig’i, linterlash mashinasi, yaderli-magnitli rezonans pribori.
Asosiy qism
Ma’lumki, paxtani qayta ishlash texnologik jarayonida uni chiqindilardan tozalash samaradorligini oshirish muhim o’rin tutadi. Bu yo’nalishda paxta xom ashyosi va tolasini tozalash jarayonini tadqiq etish bo’yicha shu kungacha katta xajmdagi ishlar bajarilga, yangi va takomillashtirilgan texnologik mashinalar ishlab chiqilgan bo’lib,ulardan foydalanish orqali, umuman olganda, paxta tozalash sanoatida ishlab chiqilayotgan maxsulotlar sifatiga bo’lgan talab qondiriladi.
Shu bilan bir qatorda linterlash texnologik jarayonidan oldin paxta chigitini chiqindilardan tozalash masalalariga, bizning nazarimizda tadqiqotchilar tomonidan yetarlich axamiyat berilmagan. Chigitlarni chiqindilardan tozalash jarayoni samaradorligini oshirish orqali olinadigon momiq sifati va chigitni yog’dorligini oshirish mumkin bo’ladi, chunki bir qator tadqiqotchilar tomonidan momiq va chigitlarni sifat ko’rsatkichlari, birinchi navbatda qayta ishlashga kelib tushayotgan chigitlar ko’rsatkichlariga bevosita bog’liqligini aniqlangan.
Momiq sifati qayta ishlashga kelib tushayotgan to’plangan tajribalar, iflosligi va shikaslanishi darajasiga bog’liq bo’lishi bilan bir qatorda linter mashinasi texnik xolati to’g’ri sozlanishiga xam bog’liq. Linterlash mashinalaridan foydalanishda to’plangan tajribalar va o’tkazilgan tadqiqotlar asosida ishlab chiqarilayotgan maxsulot sifatiga qayta ishlashga kelib tushayotgan paxta chigiti ko’rsatkichlaridan tashqari texnologik mashinani ishchi yuzalar turi,shakli va chigitlar massasini siljishi tasniflari ham ta’sir ko’rsatadi.
Momiqni iflosligi chiqindilarni chigitdan momiqqa mexanik tarzda o’tishi xamda arralarni chigit qobig’iga ta’sir ko’rsatkichida xosil bo’ladigan tolali terichalar xisobiga ortadi. Ma’lumki, olinayotgan momiq sifatini, undagi chiqindilar miqdorini kamayishi xisobiga yaxshilash uchun tafsiyalarga ko’ra chigitlar linterlashdan oldin pnevmatik va mexanik tamoyilda ishlovchi tozalagichlarda ketma-ket tozlalanadilar.
Ma’lumki, linterlash texnologik jarayonidan so’ng texnik chigitlar yog’-moy sanoatiga paxta yog’i olish uchun jo’natiladi. Yog’-moy sanoatiga tushayotgan paxta chigitlarini iflosligi olinayotgan moy sifati va uni chiqish miqdoriga katta ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun bu yerda paxta chigiti organik va mineral qo’shimchalardan turli xil usullar va texnologik mashinalar yordamida, katta sarf-xarajat va vaqt sarflab qayta qo’shimcha tozalashga majbur bo’linadi, chunki chigitni qayta ishlashda chiqindilardagi mavjud moyda eriydigon bazi moddalar olinayotgan moy sifatini keskin pasaytirib yuboradi, ya’ni yog’ga xos bo’lmagan xid va ta’m xosil bo’ladi. Rangini ma’lum darajada qorayishi bilan uni kislotaliligi ortadi. Ushbu nazariyalardan kelib chiqqan holda vintli konveyerda massasi 5 kg. dan bo’lgan chigitlar o’tkazidik. Bunda C-6524 paxta navini 3 sortli chigitlardan foydalanildi va har bir tajriba 3-martalab qaytarildi. Vintli konveyerdan o’tkazilgan chigitlar labaratoriya linterida linterlanib momiq olindi. O’tkazilgan labaratoriya taxlillari bunday momiqlarni yuqori sifatli, tegishli standart talablarga mos chiqishini ko’rsatdi. Shundan so’ng, chigit namunalari ularni moydorligini aniqlash maqsadida taxliliga yo’naltirildi. Ya’ni ЯМР (yaderli-magnitli rezonans) pribori yordamida bajarildi va olingan natijalar quyidagi jadvalda keltirlimoqda.
Chigit iflosligini uni moydorligiga ta’siri
Jadvalda keltirilgan natijalar shuni ko’rsatadiki, agarda boshlang’ich paxta chigitlaridagi chiqindilar miqdori 9.8 % ni tashkil etgan holda, vintli konveyerni tajriba qurulmasi orqali bir marta o’tkazilganda chigit iflosligi 3.0 % ni tashkil etadi. Ya’ni, chiqindilar miqdori 3 martadan ko’pga kamayadi. Agarda paxta chigiti vintli konveyerni tajriba qurilmasidan 2 marta o’tkazilsa, bu holda, chiqindilarni chigitdagi miqdori 1.2% ga kamayadi, ya’ni bunday kamayish boshlang’ich holatga ko’ra 7 martadan ko’pni tashkil etadi. Paxta chigitidagi chiqindilarni miqdorini bunday keskin kamayishi olinadigan momiq sifatini yaxshilanishiga sabab bo’ladi.
Taklif etilayotgan tozalash qismiga ega vintli konveyerni samara berishiga chigitlarni moydorligi bo’yicha ko’rsatkichlari ham ko’rsatib turibdi. Masalan vintli konveyerda qayta ishlanmagan paxta chigitlarini miqdorligi 19.43% ni tashkil etgan holda, vintli konveyerdan faqat 1 marta o’tkazilgan paxta chigitlarini moydorligi 21.02% ni tashkil etsa, qurulmadan 3marta o’tkazilganda moydorlik ko’rsatkichi 21.70% ni tashkil etadi. Ya’ni moydorlik nisbatan 11.8% gacha ortadi va natijada yog’-moy sanoatida katta iqtisodiy samaradorlik kuzatiladi.
Xulosa
Xulosa qilish mumkinki, paxta momig’i va paxta moyini talab etilayotgan sifat ko’rsatkichlarida olinishini ta’minlash uchun paxta chigitini vintli konveyerda tashish texnologik jarayonini uni chiqindilardan tozalash texologik jarayoni bilan qo’shib olib borilishi maqsadga muvofiqligi tavsiya etiladi.