Jizzax Politexnika insituti Arxitektura va qurilish fakulteti Bva IQ kafedrasi 203-21-guruh talabasi Ikromov Tohirning Qurilish jarayonlari texnologiyasi .Qurilish mashinalari fanidan tayyorlagan taqdimoti
Mavzu:Qurilish me’yorlari va qoidalari
Reja:
1.Qurilish me’yorlari nima
2.Qurilish me’yorlari va qoidalari nechta bo’limdan iborat
3.Qurilish xaritalari nima
Qurilish me’yorlari va qoidalari.
Qurilish me’yorlari va qoidalari (QMQ) loyiha – smeta hujjatlarini tuzish, sanoat, fuqarolik va boshqa turdagi qurilishlarni amalga oshirish, binolar, inshootlar va ayrim konstruktsiyalarni ekspluatatsiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha asosiy me’yoriy hujjatlar tizimini ifoda qiladi.
Bu me’yorlar barcha loyihalash va qurilish tashkilotlari uchun majburiydir.
1-qism. Tashkil etish, boshqarish, iqtisod. Umumiy masalalar, atamalar, binolar tasnifi.
2-qism. Loyihalash me’yorlari. Loyihalashning umumiy talablari, shu jumladan poydevorlarni, qurilish konstruktsiyalarini, muhandislik konstruktsiyalarini hisoblashda.
3-qism. Ishlarni tashkil etish, ishlab chiqarish va qabul qilish. Qurilish – montaj ishlarini amalga oshirish, shu jumladan manfiy temperaturalarda bajariladigan, cho‘kma gruntlarda, seysmik ta’sir hududlarida bajariladigan texnologiyalar bo‘yicha tavsiyalar.
4-qism. Smeta me’yorlari. Konstruktsiyalar va ishlarning barcha asosiy turlariga smeta me’yorlari keltirilgan, materiallar, buyumlar, konstruktsiyalar va mexanizmlarning mashina-smena ishlashi smeta qiymatini tuzish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.
5-qism. Moddiy va mexnat resurslarini sarflash me’yorlari. Ishlarni amalga oshirishning smeta baholari.
Qurilishda texnologik xaritalarning uch turidan foydalaniladi: 1) qurilayotgan ob’yektga va mahalliy sharoitlarga bog‘lanmagan tipovoy (namunaviy) xaritalar; 2) tiklanayotgan bino yoki inshootga bog‘langan lekin, mahalliy sharoitlarga bog‘lanmagan tipovoy (namunaviy) xaritalar; 3) qurilayotgan ob’yekt va qurilish joyidagi mahalliy sharoitlarga bog‘langan xaritalar.