Mavzu: Qurilish tashkilotlarini tizimlari. Loyihalash va qurilish ishtirokchilarining aloqalari



Yüklə 16,14 Kb.
səhifə1/6
tarix25.12.2023
ölçüsü16,14 Kb.
#194130
  1   2   3   4   5   6
6 Qurilish tashkilotlarini tizimlari. Loyihalash va qurilish ishtirokchilarining aloqalari

Termiz davlat universiteti Arxitektura va qurulish fakulteti Bino va inshootlar qurilish yo’nalishi 220-guruh talabasi Bozorov Samandarning Qurulishni tashkil etish va rejalashtirish fanidan tayyorlagan

Taqdimoti


Mavzu: Qurilish tashkilotlarini tizimlari. Loyihalash va qurilish ishtirokchilarining aloqalari.
Reja:
  • Qurilish tashkilotlari tuzilmasi va turlari.
  • Loyiha tashkilotlari tuzilishi shakli.
  • Loyiha tashkilotlari va qurilish ishtirokchilari aloqalari.

1. Qurilish ishtirokchilari

  • 1. Qurilish ishtirokchilari
  • Qurilish – bu mamlakat xalq xo‘jaligining yirik sohasi bo‘lib, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va xalqning farovonlik darajasi o‘sishida yetakchi o‘rin tutadi. Qurilishda bir necha yuz minglab kishilar faoliyat olib borib, ular bevosita sanoat miqyosidagi inshootlar, fuqarolik inshootlari va boshqa turdagi ob’yektlarda, shuningdek qurilish tashkilotlari va korxonalarida faoliyat yuritishadi.
  • Qurilishning asosiy ishtirokchilariga yuridik va jismoniy shaxslar kiradi, ya’ni bu tarkib har qanday davlatga tegishli, jamoaviy, xususiy tashkilotlar va yakka tartibda faoliyat olib boruvchilardan iborat hisoblanadi.
  • Investor (sarmoyachi) – sarmoya sarflashdan daromad olish maqsadida, iqtisodiyotga (loyiha, korxona va h.k.) uzoq muddatli sarmoya sarflashni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs hisoblanadi. Investor (o‘z mablag‘idan moliyalashtirishni amalga oshirsa) qurilishni amalga oshiruvchi bo‘lishi ham mumkin.

Quruvchi (puliga) – ma’lum bir aniq turdagi ko‘chmas mulk ob’yektini qurishni amalga oshirish uchun rasmiy ariza bergan va ushbu ishni amalga oshirishga ruxsatnoma olgan yuridik yoki jismoniy shaxs.

  • Quruvchi (puliga) – ma’lum bir aniq turdagi ko‘chmas mulk ob’yektini qurishni amalga oshirish uchun rasmiy ariza bergan va ushbu ishni amalga oshirishga ruxsatnoma olgan yuridik yoki jismoniy shaxs.
  • Buyurtmachi – ko‘chmas mulk ob’yektining qurilishida pudrat shartnomasi yoki davlat shartnomasini imzolovchi yuridik yoki jismoniy shaxs bo‘lib, qurilishni rejalashtiradi, uning pudratchi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishida buyutmalarning taqsimlanishini, moliyalashtirishni ta’minlaydi va ishlab chiqarish ishlari davri davomida nazoratni amalga oshiradi, shuningdek tugallangan qurilish inshootlari va binolarini qabul qilib oladi.
  • Foydalanuvchi – xususiy mulk huquqiga egalik qilish yoki xususiy mulk egasidan ob’ektdan foydalanish huquqini olgan yuridik yoki jismoniy shaxs.

Yüklə 16,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin