Loyiha – o‘z tarkibida qurilajak korxona (ishlab chiqarish) texnologiyasi va qurilmalari bo‘yicha yechimlar, binolarning me’morchilik va konstruktiv yechimlari, ishchi chizmalari, iqtisodiy–texnik hisob–kitoblar va asoslashlar, smetalar va zaruriy izohlarga ega bo‘lgan, grafik va matn tavsifidagi hujjatlar majmuasi hisoblanadi.

Eksperimental loyihalash va qurilishkelgusida namunaviy tavsifli bo‘lishi nazarda tutilib, yangi yechimlarni har tomonlama tekshirib ko‘rish asosida tajribadan o‘tkazish maqsadida amalga oshiriladi. Bunda yangi materiallar, konstruksiyalar, tugunlar (tarmoqlar), rejalashtirish yechimlari, bino va inshootlarning yangi turlari, qurilish prinsiplari va qurilishni tashkil qilish uslublari tekshirib ko‘riladi.
Loyihalash va tadqiqot bilan shug’ullanadigan tashkilotlar
Loyihalash va tadqiqot bilan shug’ullanadigan tashkilotlar
Kapital qurilish uchun ish bajaruvchi loyihalash tashkilotlari (loyihalovchi)ga – loyihalash, izlanishlar (tadqiqotlar) olib boradigan va majmuaviy loyihalash – tadqiqotchilik va turli xil shakllardagi (institutlar, boshqarmalar, konstruktorlik byurolari, ustaxonalar) ilmiy – tadqiqot tashkilotlari kiritiladi. O‘zbekiston sharoitida, masalan, O‘zshaharsozlik loyiha va ilmiy tadqiqot instituti (O‘zshaharsozlikLITI), Bosh temir yo‘l transporti loyiha instituti (Boshtransloyiha) va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
Bosh loyihalashtiruvchi– loyihalash ishlarining (sanoat maqsadlarida mo‘ljallangan qurilishlarda – texnologik ishlar) asosiy qismini bajaradigan tashkilot hisoblanadi. Bosh loyihalashtiruvchi loyihaning alohida qismlarini (tadqiqot ishlari, maxsus ishlar va boshqalar) bajarish uchun shartnoma asosida subpudratchi sifatida ixtisoslashgan, masalan, kadastr, zilzilalarni o‘rganish tashkilotlarini ishga jalb qiladi. Bunda u loyihaning majmuaviy bajarilishi, ya’ni uning barcha qismlari bajarilishi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni ta’minlashni zimmasiga oladi.