Mavzu: Qur’on tarixi falsafasi
Reja:
Qur’oni Karim – axloqiy-falsafiy ta’limotlar manbai
Islom dinining tarqalishi va uning ta’lim-tarbiyaga ta’siri
Musulmon maktablari va unda ta’lim-tarbiya mazmuni
Movarounnahrda VIII-IX asrlarda islom dinining keng tarqalishi barcha sohalar, fan, madaniyat, falsafa, ijtimoiy hayot rivojiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. O’sha davr tarixini tahlil qilar ekanmiz, mashhur mutafakkirlar, qomusiy olimlar yetishib chiqqanini ko’ramiz. Demak, o’sha davr tarixi, madaniyati, ilmu fani, ta’lim–tarbiya jarayoni o’ziga xos tarzda bo’lib, turli xil tarix silsilalari, urushlar, nizolar oqibatida ham ijobiy rivoj topganligini ta’kidlashimiz mumkin. Bu o’rinda ta’lim-tarbiya ishlarining rivojlanishi g’oyalarini chuqur tahlil etishimiz, uni atroflicha mantiqiy baholash, imkon darajasida tarixiy merosimizning ilmiy-nazariy asoslaridan foydalanish yo’llarini izlash zaruriyati kelib chiqadi.
“Movarounnahrning ravnaqida islom dini ruhoniylarining hissasi katta bo’ldi. Shu boisdan ularning obro’yi oshib, poytaxt Buxoro Sharqda islom dinining eng nufuzli markazlaridan biriga aylandi. Shaharlarda ko’plab ibodatxonalar, shu jumladan jome masjid, xonaqoh va namozgohlar bino qilindi. Shu davrda Buxoro shahrida musulmon Sharqidagi ilk ilmgoh - madrasa bunyod etildi. Buxoroning bu qadimiy madrasasi shaharning Darvozai Mansur mahallasida joylashgan edi. Mamlakat ma’naviy hayotining asosi hisoblangan islom mafkurasiga bu davrda “ustod” deb atalgan din va ilm peshvolari rahnamolik qilardi. Keyinchalik bu nom “shayx ul islom” nomi bilan yanada ulug’landi. Ustodlardan keyin xatiblar turardi.
O’sha davrda islom madaniyati shakllanishining ichki va tashqi manbalari, tamoyillari, ahkomlari, munosabatlari asta-sekinlik bilan rivojlana borganligini, shuningdek ta’lim-tarbiya sohasiga oid o’zaro munosabatlar, ustoz-shogird munosabatlari paydo bo’la boshlaganligini qayd etishimiz mumkin.
Ma’lumki, jahon madaniyati xazinasining tarkibiy qismlaridan biri hisoblangan arab tilidagi adabiyot faqatgina arablar emas, balki ko’pgina xalqlar namoyandalari tomonidan yaratilgan o’lmas yodgorlik bo’lib, u o’z taraqqiyotida uzoq va murakkab yo’lni bosib o’tdi. Abbosiy xalifalar /750-1258/ davrida, ayniqsa dastlabki, uch asrda fan va adabiyot, shuningdek, tarixnavislik ham ravnaq topdi. Xalifalikning poytaxti Bag’dod shahri adabiyot va ilmiy tafakkurning markazlaridan biriga aylanib, arab tili esa ilm va fan ahllari uchun asosiy vosita rolini o’ynadi.
Chunonchi, G.N.Sharbatov ta’kidlaganidek, “arablar hamda madaniyat va ilmu fanda arab tilini xalqaro til tariqasida qo’llagan O’rta Osiyo, Eron, Kavkaz va Sharqning boshqa xalqlari tomonidan yaratilgan ko’pdan-ko’p badiiy, tarixiy, jug’rofiy, ilmiy va diniy asarlar ham mana shu davrning mahsulidir”.
VII asrdan XIV asrning birinchi yarmigacha O’rta Osiyoda bir nechta turdagi ta’lim muassasalari (maktab, madrasa, qorixona, daloilxona) mavjud edi.
Maktablar boshlang’ich ta’lim muassasasi hisoblanib, unda bolalarga yozish va o’qish o’rgatilgan, din haqida dastlabki ma’lumotlar berilgan. Madrasalar yuqori turuvchi o’quv muassasasi hisoblangan, qorixona va daloilxona («Daloil al‑xayrot») quyi diniy xizmatchilarni tayyorlagan.
Maktablardagi ta’lim tizimi bir qancha bosqichli va puxta tashkil etilgani bois savod o’rganish ko’p vaqtni olar edi. Chunonchi, faqatgina alifboni o’rganishga 3-4 oydan bir yilgacha, ba’zida undan ham ko’p vaqt sarflanar edi. O’quvchilar dastlabki o’qish ko’nikmalarini egallaganlaridan so’ng «Haftiyak»ni (fors. “Qur’onning ettidan bir qismi”) o’qishni boshlaganlar
O’quvchilar «Haftiyak»ni tugatganlaridan so’ng «Chor-kitob» (To’rt kitob)ni o’qishga kirishganlar. «Chor-kitob» fors-tojik tilida yozilgan bo’lib, uning birinchi qismida diniy marosimlar (tahorat olish, namoz o’qish, ro’za tutish va h.q.) she’riy usulda bayon etilgan, ikkinchi qismida yuqoridagi masalalar katexizis (izoh) shaklda ancha keng yoritilgan parchalar o’rin olgan. “Chor-kitob”ning “Musulmonlikning muhim masalalari” deb nomlangan uchinchi qismi o’quvchilarni shariatning asosiy ustuni – musulmon diniy huquqlari bilan tanishtirgan. Kitobning “Pandnoma” (Nasihat kitobi) deb nomlangan va XIII asrda yozilgan to’rtinchi qismida Qur’oni karimdan olingan odob-axloq masalalariga oid qoidalar she’riy shaklda bayon etilgan.
Shundan so’ng o’quvchilar mutlaq din masalalariga bag’ishlangan “Sabotul ojizin” kitobini o’qishni boshlaganlar. Ushbu asar ko’pincha uning muallifining nomi bilan, ya’ni – “So’fi Olloyor” deb yuritiladi. Bu sof diniy asar bo’lib, unda diniy masalalar she’riy usulda bayon qilingan.
Maktabni tamomlagan o’quvchilar ta’limni davom ettirish uchun madrasalarga kirganlar.
Madrasa odatda ikki bo’limdan, ya’ni: quyi (ibādat al-’islām) va yuqori (mas’ola) bo’limlardan iborat bo’lgan. Lekin barcha madrasalarda ham bo’limlar shunday nomlanmaganini qayd etish lozim. Masalan, Buxoro madrasalarida quyi bo’lim «mushkulāt» deb yuritilgan.
Birinchi bo’limda talabalar din ahkomlarini o’rganganlar. Ikkinchi bo’limda esa – Qur’oni karimga muvofiq holda bayon etilgan islomning asosiy qonunlari o’qitilgan. Bundan tashqari, arab tilshunosligi, mantiq, tarix, she’r yozish ilmi, metafizika va boshqa fanlar ham o’qitilgan. Madrasalarda barcha mashg’ulotlar arab tilida olib borilgan.
Madrasa talabalarini shartli ravishda uchta kursga bo’lish mumkin. Birinchi, ya’ni boshlang’ich kurs adnā (quyi), ikkinchi kurs – avsat (o’rta) va uchinchi kurs – a‘lo (yuqori) deb nomlangan. Biroq, kurslarning nomlari hamma madrasalarda ham bir xil bo’lmagan. Shu o’rinda bunday kurslarga ajratish faqat yirik madrasalarda mavjud bo’lgani, talabalar soni 20 kishiga yetmagan kichik
VIII asrning I yarmida arablar O’rta Osiyoda to’liq zabt etgach, islom dini bilan birga arab tili va yozuvi, arab madaniyati ham kirib keldi. Natijada oilaviy munosabatlarda ham shariat qoidalari, islom ahkomlari faol qaror topa boshladi. Islom dinining muqaddas kitobi «Qur’oni Karim» mazkur davr oila muammolari, er-xotin, ota-ona va farzandlar munosabatlari, bola tarbiyasi kabilarni yo’lga qo’yishda dasturul-amal vazifasini bajargan.
Yettinchi asrning birinchi yarmida nozil bo’lgan Qur’oni Karim islom dini ta’limotida bosh manba hisoblanadi. Qur’oni Karim Alloh taolo tomonidan Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomga 23 yil mobaynida sura, oyat tarzida farishta – Jabroil alayhissalom orqali ilohiy vahiy sifatida, arab tilida, og’zaki nozil qilingan. Kur’oni Karimning oyatlari bir joyda emas, balki Makka, Madina, Toif, Juhfa, Baytil-maqdis, Hudaybiya kabi shaharlarda va Mino, Arafot, Badr, Uhud kabi joylarda nozil qilingan.
«Qur’on» - dunyo madaniyatining ulkan boyligi, barcha musulmonlarning muqaddas kitobi bo’lib, arab tilida «qiroat» ma’nosini anglatadi. Qur’on 114 suradan iborat. Qur’on kishilarni birodarlikka, tinch-totuv yashashga, ezgulikka undaydi. Shuning uchun ham u katta axloqiy ahamiyatga ega. «Qur’on»ning axloqiy qimmati haqida fikr yuritilar ekan, uning insonning ma’naviy kamolga etishida qay darajada muhim o’ringa ega ekanligiga amin bo’lamiz.
Yuqorida ta’kidlanganidek, «Quron»da uylanish, er-xotin, ota-ona va farzandalar munosabatlari, farzand tarbiyasi masalalariga katta ahamiyat berilgan. Jumladan, har bir muslim va muslimaning oila qurishi Ollohning farzi ekanligi ta’kidlanib, «Qur’oni Karim»ning «Baqara» surasi 223-oyatida shunday bayon etiladi: «Hotinlaringiz sizlarning ekinzor erlaringiz bo’ladi. Ziroat erlari urug’ sepganda Samara beradi. Xotin ham ekinzordir va hosili farzand. Bas o’z xotinlaringiz farzand niyatida aloqa qiling va kelajakda o’zlaringiz uchun farzand tarbiyalang. Xudodan qo’rqing, uning nazariga ilinmangiz. Bas, tug’ilish va visol uchun berilgan quvvatni bekor qoldirmang va zoe qilmang. Ey, Muhammad saodat mujdasini iymonlilarga bergin».
Bundan tashqari hozirgi kundagi eng muhim muhim masalalardan biri uylanishdan oldin yigitning qizga «qalin puli» to’lashi masalasiga e’tibor qaratilib, unda belgilangan qoidalarga rioya qilishligi «Niso» surasining 4-oyatida shunday uqtirilgan: «Xotinlaringizga mahrlarini hadya kabi beringiz! Agar o’zlari sizlar uchun u mahrdan biron narsani ixtiyoriy ravishda kechsalar, sizlar uni pok va muborak bilib eyaveringlar».
Uylanish majburan emas, yigit va qizning bir-biriga muhabbati asosiga qurilishi, agarda er-xotinlik mehr-muhabbatsizlik asosida bo’lsa, bunday oilaning poydevori zaif bo’lishi «Rum» surasining 21-oyatida ta’kidlab o’tilgan: «Sizlarga o’z jinslaringizdan juft yaratdi, toki siz o’z juftingiz bilan orom topingiz. Xotinlar va erlaringiz o’rtasida muhabbat va mehribonchilik ehson qildi» yoki «Niso» surasining 128-oyatida «Ayollarga yaxshi muomalada bo’linglar», deya nozil qilingan. Shu bilan bir qatorda ayollarning erlari oldidagi burchlari ham ko’rsatib berilgan. Niso surasining 34-oyatida «Yaxshi ayollar o’z erlariga itoat qilgan xotinlar, erlarining mollarini va o’z nomuslarini nobudlik va begonalar qo’lidan himoya qiladiganlar, - deb madh etiladi.
Ayollar va erkaklarning o’z nafslarini tiya olishlari, diyonat, iffat kabi xislatlarni o’zlarida mujassamlashtirishlari zarurligi, er-xotin murosa-madora qilib yashashi zarurligiga ham e’tibor qaratilgan. Jumladan, «Qur’oni Karim»da iffat va nomusning erga ham, xotinga ham barobar ekanligi «Nur» surasining 30-31 oyatlarida shunday bayon etilgan: «Ey, Muhammad! Ahli islom erkaklariga aytgin: oshkor va yashirin ko’zlarini haromdan yopsinlar va nafslarini haromdan tiysinlar. Bu harakat ularning o’zlariga pokizaroq, yaxshiroq ko’rinadi. Xudovandi olam qilgan har bir ishdan xabardordir. Ayollarga ham aytgin: ko’zlarini va o’z nafslarini haromdan saqlasinlar». Erlarning xotinlari bilan murosa-yu, madora qilib yashashlari lozimligi «Niso» surasining 31-oyatida: «Ey ahli islom kishilari! O’z x’otinlaringiz bilan yaxshi muomala qiling. Agar ularga nisbatan mehringiz bo’lmasa ham (sabr qiling va yaxshi muomalani tark etmang). Zero, Alloh taolo sizlarga yomon ko’rgan narsada ko’p yaxshiliklarni qilib qo’ygan bo’lishi mumkin» tarzida aytib o’tilgan.
Dostları ilə paylaş: |