4-ma’ruza: O‘RTA ASRLARDA YEVROPA TILSHUNOSLIGI (476-1492). ARAB TILSHUNOSLIGI 2-soat Reja: 1.O‘rta asrlarda Yevropa tilshunosligi 2. Arab tilshunosligi XV asrdan XVII asrning boshlarigacha bo‘lgan davr G‘arbiy Yevropada uyg‘onish (renessans) davri deb ataladi. Feodalizm o‘zining eng yuqori taraqqiyot darajasiga chiqqan, kapitalizm endigina rivojlana boshlagan bu davrga kelib, arman, fors, o‘zbek, hungar, yapon, koreys, ispan, niderland, fransuz, ingliz, rus, ukrain, portugal, nemis, polyak, chex, auten, meksika tillari rivojlana boshlagan edi. XV-XVI asrlarda Yevropaliklar Shimoliy Amerika, Hindistondagi qator tillar, chunonchi, indoneziya, xitoy, arab, fors, turk, manchjur tillari bilan tanishdilar. Olingan ma‘lumotlar asosida fan olamiga ma‘lum bo‘lgan barcha tillarning kartotekalari tuzildi va tillar klassifikatsiya qilindi.
Bu davrda ham antik davr adabiyotlarini, lotin va grek tillarini o‘rganish davom ettirildi. Jyul sezar Skaliger ―Lotin tili asarlari haqida‖ (1540), R. Stefanus ―Lotin tili xazinasi‖(1553), G. Stefanus ―Grek tili xazinasi‖ asarlarini yaratdi. Ayni vaqtda semit tillari, Yevropa xalqlari tillari grammatikasiga oid asarlar yaratila boshlandi.
Jumladan, Uollsning ―Ingliz tili grammatikasi (1653)‖, Eduard Rudolfning ―Rossiyskaya grammatika‖si (1696) dunyoga keldi, fransuz, italyan tillaridan lug‘atlar nashr qilindi. Fransuz gumanisti G.Kastelleusning ―Tillarning qarindoshligi haqida (1593)‖ nomli traktati yozildi. Yustus Skaliger (1540-1609) tillar tasnifi bilan shug‘ullanib, Yevropa tillarini 11 ta asosiy tilga ajratdi va ulardan 4 tasini ―Til onalari‖ (materi-yazbiki) deb atadi.
Qayd etilganidek, bu davrda tillarni o‘rganish asosida ko‘p tomli lug‘atlar dunyoga keldi. Jumladan, Pyotr Simon Pallasning 1786 -1791 yillarda Peterburgda chop etilgan ―Barcha tillar va shevalarning qiyosiy lug‘ati‖ 4 tilli lug‘atida Osiyo, Yevropa, Afrika, Amerikadagi 272 tilga oid ma‘lumotlar, ispaniyalik Lorenso Gervasning 1800 -1804- yillarda Madridda chop etilgan ―Ma‘lum xalqlar tillarining katalogi‖da 307 tilga oid, nemis olimlari I.K.Adelung va I.S. Faterlarning ―Mitridat yoki umumiy tilshunoslik‖ lug‘atida 500 tilga oid ma‘lumotlar keltirilganligini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Demak, uyg‘onish davrida juda ko‘p jonli tillar - ispan, fransuz, venger, ingliz, polyak, chex, niderland tillarining normativ grammatikalari va lug‘atlar yuzaga keldi.
Biroq lotin tili grammatikasi umumiy grammatika sifatida tan olinib,
Yevropadagi jonli tillarning grammatikasiga tadbiq qilindi. Bu tilni o‘rganishni mantiqiy tafakkur qoidalarini bilishning asosi, barcha tillardagi grammatik kategoriyalarni esa umumiy mantiqiy kategoriyalarning namoyon bo‘lishi sifatida tushunish kuchaydi. Mantiqiy grammatika yaratish g‘oyasi asosida 1660 yilda Parij yaqinidagi Por-Royal monastirining rohib olimlari mantiqshunos Antuan Arno va fransuz tilshunosi Klod Lanslo tomonidan ―Umumiy ratsional grammatika‖ yaratildi. Por-Royal grammatikasi nomi bilan shuhrat qozongan, qadimgi yunon, yahudiy, lotin va fransuz tillari materiallari asosida yaratilgan ushbu asar o‘z oldiga barcha tillarga xos umumiy prinsiplar va farqlarning sabablarini aniqlash vazifasini qo‘yadi.
Por-Royal grammatikasi 2 qism: fonetika va grammatika qismlaridan iborat bo‘lib, 1- qismning 6 ta bobi tovush va harf, urg‘u va bo‘g‘in masalalariga, oxirgi bobi har qanday tipdagi tillarning o‘qitish metodiga (uslubiga) bag‘ishlangan. Kitobning 2qismi 24 ta bobdan iborat bo‘lib, shulardan 23ta bobi morfologiyaning savol va muammolariga hamda sintaksis yoki so‘zlarning tipologik tuzilishi - konstruksiyalari hamda o‘zaro birlashishi haqidadir. Ushbu grammatika ―Aql asoslariga qurilgan va aniq hamda tabiiy usulda bayon qilingan gapirish san‘atini asoslab beradigan umumiy grammatika‖, ya‘ni universal grammatika deb ataldi.
1675-yilda A.Arno va P.Nikollarning ―Mantiq yoki fikrlash madaniyati‖ degan asari ham yaratildi.
O’rta asrlar V asrdan (476 yildan) boshlab, XV asrgacha (1492 yilgacha) bo’lgan davrlarni o’z ichiga oladi. Ushbu davr deyarli barcha fanlar taraqqiyotida, shu jumladan, Yevropa tilshunosligida ham turg’unlik davri deb e’tirof qilinadi.
Aniqrog’i, ayni davr tilshunoslik taraqqiyotida na faktik materiallar to’plashda, na mukammal nazariyalar, g’oyalar yaratishda - tilshunoslik fanining ilgarilashida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Buning asosiy sababi shundaki, o’arbiy Yevropada mazkur davrdagi tarixiy sharoit, katolik cherkovining reaksion taziyqi ilm - fanning o’sishiga, rivojiga jiddiy to’sqinlik qildi.
Shunga qaramasdan o’rta asrlarda shu davrgacha yozuvga ega bo’lmagan bir qator xalqlarda, masalan, got, arman, irland, qadimgi ingliz, slavyan va boshqalarda yozuv - yozuv sistemasi paydo bo’ldi.
O’rta asr Ovruposining yagona, asosiy o’rganiladigan, tadqiq qilinadigan tili lotin tili hisoblandi. Lotin tilida davlat hujjatlari tuzilar, ilmiy va badiiy asrlar yozilar, katolik cherkovidagi diniy jarayonlar amalga oshirilar edi. Bu til bilim olishning ham kaliti hisoblanardi. Lotin tili mantiqiy fikrlash maktabi deb ham tushunilardi. Lotin tili grammatikasining qoidalari va tushunchalari barcha tillar uchun umumiy hisoblanib, yangi tillar grammatikasiga ko’chirilar edi. Natijada har bir boshqa tilning o’ziga xosligi yo’qolar edi. Ammo bu davrda ushbu tilda gaplashilmas-nutqiy faollik yuritilmas edi. Ya’ni u o’lik tilga aylangan edi. Shuning uchun lotin tilining talaffuzi emas, harflari, so’zlarning yozilishi muhim edi. Lotin tili, asosan, Donata va Prissian grammatikasi asosida o’rganilar edi.
Yevropada o’rta asrlarning oxirroqlarida – XI-XII asrlarda falsafiy-lisoniy bahsmunozara avj olib ketdi. Bu munozara realizm va nominalizm ta’limotlari nomini oldi.