O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti tarix va yuridik fakulteti tarixiy geografiya fanidan mustaqil ishi mavzu: Oʻrta Osiyoning antik davrdagi tarixiy geografiyasi bajardi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI TARIX VA YURIDIK FAKULTETI TARIXIY GEOGRAFIYA FANIDAN MUSTAQIL ISHI Mavzu: Oʻrta Osiyoning antik davrdagi tarixiy geografiyasi BAJARDI: Samatova Jasmina
REJA:
1. Antik davrda qullar mehnatidan keng foydalanilgan.
2. Antik davr O’rta Osiyo xalqlari moddiy va ma’naviy madaniyati
3. O’rta Osiyo qadimgi (antik) dunyosining o’ziga xos xususiyatlari.
4, Yirik sun’iy sug’orish inshoatlarini barpo etilishi.
Antik davrda qullar mehnatidan keng foydalanilgan.
Mil. avv. III asrning o’rtalarida mustaqil davlat sifatida tashkil topgan Parfiya davlati hozirgi Turkmaniston va Eronning bir qismini o’z ichiga olgan. Bu davlatning birinchi hukmdori Arshak bo’lib, u mil. avv. 247 yili taxtga o’tiradi. Mil. avv. 235 yildan boshlab, Parfiya podsholari o’z erlari hududlarini kengaytirib bordilar. Milodiy III asrning birinchi choragida sosoniylar arshakiylar hukmronligini tugatib, Parfiyada hokimiyatni qo’lga oldilar. Antik davr Parfiyaning qishloq xo’jaligida qullar mehnatidan keng foydalanilgan. Mil. avv. III asr o’rtalaridan boshlab Parfiya davlati hozirgi O’zbekiston hududlarida joylashgan qadimgi viloyatlar – Xorazm, Baqtriya, So’g`diyona bilan siyosiy, madaniy va iqtisodiy munosabatlarni ayniqsa rivojlantirdi.
Undan tashqari, parfiyaliklar besh asr davomida Hindiston, O’rta Osiyo va Xitoyning Qarb mamlakatlari bilan qilgan savdo aloqalarida vositachilik qildilar. Parfiyaliklarning yozuvi oromiy (Niso hujjatlari) yozuvi bo’lib, zardo’shtiylik diniga e’tiqod qilishgan.
Undan tashqari, parfiyaliklar besh asr davomida Hindiston, O’rta Osiyo va Xitoyning Qarb mamlakatlari bilan qilgan savdo aloqalarida vositachilik qildilar. Parfiyaliklarning yozuvi oromiy (Niso hujjatlari) yozuvi bo’lib, zardo’shtiylik diniga e’tiqod qilishgan.
Qadimgi Farg`onaturli davr manbalarida Dovon, Boxan, Polona, Parkana kabi nomlar bilan eslatib o’tiladi. Ma’lumotlarga qaraganda Ershi (Marhamat) shahri Dovonning poytaxti edi. Antik davr Dovon aholisi dehqonchilik, uzumchilik, yilqichilik bilan shug`ullanishgan. Dovonning «samoviy otlari» o’lkadan tashqarida ham ma’lum va mashhur bo’lgan.