Xix asr oxiri XX asr boshlarida turkiy tillarni qiyosiy o'rganish sohasida bir qator izlanishlar yuzaga keldi. Rossiya Faniar akademi- yasining Tilshunoslik instituti turkiy tillar bo‘limi



Yüklə 37,12 Kb.
səhifə1/4
tarix25.02.2022
ölçüsü37,12 Kb.
#53125
  1   2   3   4
kurs ishiga qo\'shimcha


XIX asr oxiri - XX asr boshlarida turkiy tillarni qiyosiy o'rganish sohasida bir qator izlanishlar yuzaga keldi. Rossiya Faniar akademi- yasining Tilshunoslik instituti turkiy tillar bo‘limi. uning Sankt-Peter- burg va Sibir tarmoqlari tilshunoslari tomonidan turkiy tillar fonetikasi, leksikasi, grammatik qurilishini o‘rganish yuzasidan ilmiy izlanishlar yaratildi.

Turkiy tillar tarixini o'rganishda ikki yo‘nalish — tarixiy grammatika va adabiy tillar tarixini yaratish yuzasidan izlanishlar olib borildi. 60- 70- yillarda turkiy tillar tarixi bo‘yicha bir qancha monografiyalar, darsliklar, qo‘llanmalar yaratildi. Turkologiya tarixida sinxronik va diaxronik aspektdagi tadqiqotlar yuzaga keldi. Turkiy tillar tasnifi, turkiy tillar fonetikasi, leksikologiyasi, semasiologiyasi, termino- logiyasi, leksikografiyasi, grammatikasiga doir izlanishlar olib borildi, monografiyalar, qo‘llanmalar yaratildi, ilmiy maqolalar еЧоп qilindi. Turkiy tillarda yaratilgan yozma yodgorliklar o‘rganildi, nashr etildi.

Turkiy tillar fonetikasi sohasida jiddiy yutuqlarga erishildi. Eksperi- mental-fonetik tekshirishlar asosida turkiy tillarning fonematik siste- masi (unli va undosh tovushlar tizimi), aksentuatsiyasi, gap intonatsiyasi yoritildi. Turkiy tillar leksikologiyasi, leksikografiyasi bo'yicha olib borilgan ishlar turkiy tillar leksikasini ham sinxron, ham diaxron aspektda tekshirishga qaratilgan tadqiqotlar uchun zamin yaratdi. Turkiy tillarga oid ikki tilli lug‘atlarda turkiy boLlmagan til (masalan, rus tili)ning leksik- grammatik xususiyatlarini turkiy til vositasi orqali aks ettirish, ko‘chma ma’nodagi so‘z va iboralarni tarjima qilish, old qo‘shimcha (prefiks) li so'zlaming turkiy tillardagi muqobilini topish, ularning semantik xususiyatlarini har jihatdan yoritish masalalariga e’tibor qaratildi.

Turkiy tillar morfologiyasi, xususan, so'z turkumlarining leksik-se- mantik, morfologik va sintaktik xususiyatlari ilmiy asosda tadqiq qilindi. Ot, sifat, ravish va fe’l turkumiga xos kategoriyalar o‘rganildi. Turkiy tillar sintaksisi bo'yicha ham bir qator ishlar amalga oshirildi. So‘z birikmalari, sodda va qo‘shma gap sintaksisiga oid fundamental tadqiqotlar yaratildi Turkiy tillar dialektologiyasi masalalariga bag‘ishlangan ilmiy konferensiyalarning muntazam ravishda o4kazilishi, “Turkiy tillar dialektologiyasi masalalari” to‘plamining nashr etilishi dialektologiyaning turkiy tillar fonetik, leksik, grammatik sohalariga doir masalalarni hal qilishdagi ahamiyatini yoritishga xizmat qiladi. Turkiy tillarning sheva va lahjalari monografik tarzda o’rganilgan- ligi sababli turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi uchun muhim qiymatga ega boigan fonetik, grammatik va leksik xususiyatlar aniqlandi. Turkiy tilli respublikalaming dialektologlari tomonidan dialektologik atlaslarning tuzilishi soha taraqqiyotidagi muhim qadamlardan hisoblanadi.

Turkiy tillarning sheva va lahjalari bo‘yicha to‘plangan faktik materiallar asosida bir qator lug'atlar ham tuzilgan. Qayd etilgan tadqiqotlar, amalga oshirilgan ishlar “Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi” fani masalalariga doir manbalar sifatida ahamiyatlidir. Keying yillarda turkologiya sohasida bir qator yangi tadqiqotlar yuzaga keldi. Eng qadimgi sug‘d, ko‘k turk (o'rxun-enasov, turkiy run), eski uyg‘ur (turk) yozuvlaridagi yodgorliklarni o‘rganishga oid izlanishlar olib borilmoqda. Ko‘k turk xoqonligi davrida yaratilgan Bug‘ut mangutoshi, uning tiklanish tarixi, yodgorlikda saqlanib qolgan sug‘dcha bitig talqini, sug‘d tilidagi arablar istilosi bilan bog'liq nazariy qarashlar, ko‘k turk bitiglari, ko’k turk yozuvining o‘ziga xos jihatlari, imlo xususiyatlari, ko‘k turk xatida bizgadha yetib kelgan To‘nyuquq, 0‘ngin, Kul tegin, Bilga xoqon, Suji bitiglarining matni talqini. turkiy yozma yodgorliklar asosida rasmiy uslubning yuzaga kelishi, taraqqiyot bosqichlari, hujjat turlari haqida muhim ma’lumotlar qayd etilgan.1 Turkiy tillar leksik qatlamini tadqiq etishda o‘rxun~enasoy yozma yodgorliklariengqadimiy obidalardan hisoblanadi. Ammo ayrimturkolog- lar bu yodgorliklar tilining turkiy tillar uchun “bobo til” sifatida qaralishini ma’qullamaydilar va hozirgi turkiy tillardagi arxaik elementlarning o‘r- xun-enasoy tosh bitiglarida uchramasligini asos sifatida keltiradilar. Bu yodnomalar tilining umumturkiy til emas, balki shu tilning kichik boiagi ekanligini 0‘rinli ta’kidlaydilar. Darhaqiqat, yozma manbalar davr lili xususiyatlarini imkon qadar toTiq aks ettiradi, ammo yodgorliklar tili davr tilining avni o‘zi emas.1 Hozirgi kunda turkiy tillarning qadimgi davrini o'rganishga doir tadqiqotlar ham amalga oshirilmoqda. Shunga qaramav, turkiy tillar tarixida aniqy echimini topmagan, hozirgacha hal qilinmagan murakkab va dolzarb masalalar ko‘p. Turkiy adabiy tillar tarixini davrlashtirish, o’zaro qiyos- lash, umumturkiy taraqqiyot bosqichidan keyingi rivojlanish jarayoni, turkiy tillar dialektlari o‘rtasidagi munosabat, o‘xshash va farqli jihatlarni tahlil qilish masalaiari muhim ahamiyat kasb etadi. Bu muammolarni turkiy adabiy tillar grammatikasini qiyoslash, uinumxalq turkiy so‘zlashuv tili hamda adabiy kitobiy tilning turli tarixiy davrlardagi uslubi. ichki - intralingvistik omillarning o‘rni, tashqi - ekstralingvistik omillar ta’siri, yozuvning ahamiyati va xalqning madaniy taraqqiyot saviyasini nazarda tutgan holda hal qilish maqsadga muvofiq. Qadimgi turkiy qabilalardan bo'Igan xunlar, xazarlar, bulg‘orlar tili hamda chuvash, yoqut tillari aloqadorligi masalaiari ham o‘z yechimini kutmoqda. Bu masalalarni ijobiy hal qilishda o‘rxun-enasoy yozuvidagi bitigtoshlardan oldingi davr manbalaridagi faktik materiallarga ham murojaat etish zamr bo‘ladi.

Turkiy tillarning boshqa tillar bilan aloqadorligini o’rganish muam- mosini hal etish ham ahamiyatlidir. Zotan, turkiy xalqlar qadirn zamon- lardan beri hind-yevropa, fin-ugor, semmit, mo‘g‘ul va boshqa xalqlar bilan yondosh holda yashagan va o‘zaro munosabatda bo‘lgan. Xalqlar o‘rtasidagi ijtimoiy-siyosiy aloqalartilda o‘z ifodasini topadi. Tadqiqotlar jarayonida boshqa tillarning turkiy tillarga ta’sirini o‘rganish bilan bir qatorda, turkiy tillarning german, roman, slavyan, mo‘g"ul, fors-tojik kabi qardosh bo‘lmagan tillarga ta’sirini tekshirish, tadqiq qilish, substrat holatlarni aniqlash ham muhimdir.

Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasini o‘rganishda umu- mturkiy taraqqiyot bosqichi, keyingi davrdagi rivoji haqida tasavvurga ega boTish lozim. Turkiy tillardan biri bo‘lgan o'zbek adabiy tili tarixi quyidagicha davrlashtirilgan:

1. Eng qadimgi turkiy til (qadimgi davrlardan milodning V asrlariga qadar. Adabiyotlarda eng ko‘hna davri oltoy, keyingi bosqichi xun davri, deb yuritiladi). Bu davrlarga xos yozma manbalar saqlanib qolmagan.

2. Qadimgi turkiy adabiy til (milodiy VI-X asrlar). Eng qadimgi turkiy yozma yodgorliklar shu davrga oiddir. Turkiy adabiy til tarixi ham shu davrdan boshlanadi. Bu davr o‘z ichida quyidagi guruhlarga ajraladi:

a) Ko‘k turk tili (Birinchi va Ikkinchi turk xoqonliklari davrida yaratilgan ko‘k turk yozuvli o‘rxun-enasoy, tuva, talas, farg‘ona yod- gorliklari tili); b) Uyg‘ur xoqonliklari davrida yaratilgan ko‘k turk, uyg‘ur, moniy, braxma yozuvlaridagi yodgorliklar tili (hozirgi adabiyotlarda "qadimgi uyg'ur tili” deb yuritilmoqda).

3. Eski turkiy adabiy til (XI аы-XfV asrning birinchi yarmi). Bu davr o‘z ichida quyidagilarga boMinadi:

a) Qoraxoniylar davri tili — qoraxornyiar davrida yaratilgan yodgorliklar tili;

b) Chig‘atoy turkiysi;

d) Eski xorazm turkiysi (Oltin O'rda va Xorazm adabiy muhitida amal qilgan til);

e) Eski qipchoq tili (Misrda arab tilida yozilgan grammatikaga oid manbalar va lug‘atlar hamda g’arbiy turk o‘lkalarida qipchoqlar yaratgan asarlar tili):

f) Eski onado‘li turkchasi ( XIII-XV asrlarda o‘g'uz turklari qoMlagan yozma adabiy til. Keyinchalik uning negizida “usmonli turkchasi” adabiy tili shakllandi).

4. Eski o ‘z.bek adabiy tili (XIV asr ikkinchi yarmi—XX asr boshlari).

5. Hozirgi o ‘zbek adabiy tili. XX asr boshlaridan hozirga qadar bo‘lgan davmi o‘z ichiga oladi. O‘zbek adabiy tilining birinchi, ikkinchi, uchinchi bosqichdagi taraqqiyot darajasi turkiy tillarning umumtaraqqiyot davriga xos fonetik-fonologik, leksik-semantik, so‘z yasalishi, struktur-grammatik xususiyatlarni aks ettiradi. Har bir turkiy til dastlabki rivojlanish bos- qichida umumturkiy xususiyatlarni namoyon etgan. Tarixiy taraqqiyot, qardosh va qardosh bo‘lmagan tillar ta'siri natijasidagi farqli jihatlar til taraqqiyotining nisbatan keyingi bosqichlariga xosdir.

XV asr olamida ulug; mutafakkir shoir, madaniyat va davlat arbobi Alisher Navoiyning mashaqqatli mehnati, izlanishlari hamda Husayn Boyqaroning homiyligi tufayli turkiy tillar orasida o‘zbek tilining mavqeyi ko‘tarilgan edi. Alisher Navoiy “Muhokamat ul-lug'atayn” asarida turkiy tilning keng imkoniyatlarini nazariy jihatdan asoslab berdi.

Turkiy tillar tasnifi bir qator mezonlarga asosan amalga oshirilgan. N.A.Baskakov turkiy bobo tilni ikki guruhga ajratgan: g‘arbiy turkiy tillar: bulg'or, o'g'uz, qipchoq, quman, saljuqiy, usmonli turk, turkman, chuvash, gagauz, ozarbayjon, qaraim, qumiq tillari; sharqiy turkiy tillar: o ‘rxun-enasoy, qadimgi uyg'ur, uyg'ur, qarluq, tatar, boshqird, qozoq, no ‘g ‘ay, qoraqalpoq, o ‘zbek, qirg’iz, oltoy, tuva, xakas, shor, yoqut tillari. Har bir guruh o‘z ichida yana kichik guruhlarga ajratilgan: ].

I G‘arbiy xun tarmog‘i (g‘arbiy hudud).


Yüklə 37,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin