3.Qipchoq guruhi (shimoli-sharqiy areal):
1) qipchoq-palovets guruhi: a) qadimgi tillar — polovets tillari (qipchoq yoki kumanlar tili) ; b) hozirgi tillar — qaraim, qumiq, qorachoy-balqar, qrim-tatar tillari;
2) qipchoq-bulg‘or guruhi: a) qadimgi tillar - g'arbiy oltino'rda tili; b) hozirgi tillar - tatar, boshqird tillari;
3) qipchoq-no‘g‘ay guruhi: a) qadimgi tillar - eski qozoq, eski qora- qalpoq tillari; b) hozirgi tillar - no 'g'ay qoraqalpoq, qozoq tillari.
4. Qarluq guruhi (janubi-sharqiy areal):
1) qarluq-uyg‘ur guruhi: qadimgi tillar — qoraxoniy uyg'ur va qoraxoniylar davridan keyingi tillar;
2) qarluq-xorazm guruhi: a) qadimgi tiiisr - qarluq-xorazm, sharqiy oltin o'rda, chig'atoy, eski o'zbek, eski uyg'ur tillari; b) hozirgi tillar - о 'zbek va uyg 'ur tillari.
II. Sharqiy xun tarmog‘i (sharqiy hudud).
1-Uyg‘ur-o‘g‘uz guruhi (shimoliy areal):
1) uyg'ur-tukyu guruhi: a) qadimgi tillar — q a d im g i o 'g 'itz, q a d im g i u yg 'u r tilla ri; b) hozirgi tillar — tu va tili, to fa la r dialekti;
2) yoqut guruhi: hozirgi yoqut tili;
3) xakas guruhi: hozirgi tillar — xakas, shot; chulim tillari, kamasin dialekti.
2. Qirg‘iz-qipchoq guruhi: a) qadimgi til — qadimgi qirg'iz tili; b) hozirgi tillar -qirg'iz, oltoy tillari.
Turk, mo‘g‘ul, tungus-manchjur, koreys tillarida aksariyat o‘rinlarda fonetik moslik kuzatiladi.
Oltoy oilasidagi tillarning o‘xshashligi, ayniqsa, so‘z yasalishi tizimi- da yaqqol namoyon bo’ladi.
Til oilalarini o‘rganish tilshunoslarning dastlabki e’tiborida boTgan. Jumladan. oltoy tillari oilasiga kiruvchi tillar xususida tadqiqotlar olib borilgan. Xususan, N.A. Baskakovning “Алтайская семья языков и ее изучение”; V.Kotvichning “Исследование алтайских языков”, N.P. Direnkovaning “Грамматика алтайского языка” kabi izlanishlari shular jumlasidandir.
Bir qator turkologlar tadqiqotlarida oltoy tillarining genetik jihatdan qarindosh ekanligi asoslangan. J.Deni “Dunyo tillari” kitobida turkiy, mo‘g‘ul, tungus-manchjur guruhiga kiruvchi tillarning quyidagi umumiy belgilarini ko‘rsatadi:
1. Fonetik sathda: unlilar uyg‘unligi, so‘z boshida sonor tovushlarning ishlatilmasligi, so'zda undosh tovushlarning yonma-yon kelmasligi, so‘z oxiridagi n tovushining beqarorligi;
2. Morfologik sathda: grammatik rodning yo‘qligi, o’zakning mustaqil ma'no anglatishi, agglyutinativ xususiyatga egaligi; suffiksal xarakterdaligi, ya’ni prefikslarning yo‘qligi, predloglar o‘rnida ko‘mak- chilarning qoTlanishi, grammatik son - birlik va ko‘plikning mavjudligi.
3. Sintaktik sathda: gapning muayyan qurilishga egaligi, son bilan ifodalangan aniqlovchilarda sonda moslashuvning uchramasligi, so‘roq ma’nosining ifodalanishida yuklamalarning qatnashishi, aniqlovchi vazi- fasida keluvchi sifat, son, olmoshlarning aniqlanmishga muvofiq o‘zgar- masligi va h.k.
4. Leksik sathda: lug'at tarkibida umumiy qatlamning mavjudligi, bir bo‘g‘inli so‘zlarda mushtaraklikning yaqqol sezilishi, siyosiy-ijtimoiy muhit ta’sirida hukmron til leksikasining o‘zlashganligi va shu kabilar.2
Oltoy tillariga mansub bo‘lgan turk, mo‘g‘ul, tungus-manchjur va koreys tillarining genetik aloqalarini o'rganish davom etmoqda. Bu borada tadqiqotlar yaratilmoqda.
Turkologiya sohasidagi ilk tadqiqotchilardan biri Filipp fon Stralen- bergdir. U o‘n uch yil davomida Sibirdagi qavmlarning ijtimoiy hayoti va tillariga doir ‘"Tatar tillari” nomli asar yaratdi. Bu asari bilan Ural-oltoy maktabiga asos soldi. Stralenberg turkiy qavmlarni “Kichik Tatariston” va “Katta Tatariston'’ kabi nomlar ostida ikki hududiy guruhga ajratgan. Asarga ilova qilingan “Poliglotta tabulasi” jadvalida qalmiq, tatar tillariga oid so‘zlar bilan bir qatorda mo‘g‘ul, tungus so‘zlari ham kel- tirilgan. “Tabula” o4tiz ikki “Tatar” (bu ta’bir Stralenbergniki) sheva va lahjalari haqida bahs yuritadi. Bu jadvalda har lahja va shevaga doir hisob raqamlari bilan bir qatorda “terjri”, “g6k” kabi o‘ttiz beshta turkiy so‘z ham berilgan.
“Tabula”da qayd etilgan o‘ttiz ikki til, dastavval, olti guruhga ajra- tilgan:
1. Fin-ugor (muallif izohiga ko‘ra "uyg'ur”): majar, fin, vogul, che- remis, permyak, votyak, ostyak.
2. Turk-tatar: tatar, yoqut, chuvash.
3. Samodiy.
4. Mo‘g‘ul-manchjur: qalmiq, manchjur, tangut.
5. Tungus: tungus, kamasin, arin, koryak, kuril.
6. Qoradengiz va Xazar dengizi o‘rtasidagi xalqlar tili.
Stralenberg asarida turkiy xalqlar: chuvash, tatar, boshqird, yoqut, turkman, qoraqalpoq, baraba va xon turklari tillari haqida fikr bildirilgan. Stralenberg yaratgan Ural-Oltoy nazariyasi XIX asr boshlariga qadar bu sohadagi yagona manbalardan biri bo‘lib keldi.3
Olimlar oltoy tillarini o‘rganar ekanlar, birinchi navbatda. ulaming tasnifi masalasini hal qilishga kirishdilar. Ko‘plab olimlar tasnifida, xususan, V.Shotta va N. Baskakov ishlarida oltoy tili uch guruhga bo‘linadi:
1. Turkiy tillar guruhi. Bu guruhga o‘ttizdan ortiq tillarni kiritish mumkin. Shuning uchun ham N.A. Baskakov turkiy tillar oltoy oilasining katta qismini tashkil qilishini ta’kidlagan.
2. Mo‘g‘ul tillari guruhi. Bu guruhga qalmiq, xalxa, bmyat, mo ‘g'ul, dunsyan kabi tillar kiradi.
3. Tungus-manchjur tillari. Bu guruh boshqalarga qaraganda kichik- roqbo'lib, evenk, nigedal, xumari, solon, nanay, manchjur, sibin, jurjen tillarini o'z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: |