www.arxiv.uz
DEKORATIV RANGTASVIRDA RANGLARNING O’ZIGA XOSLIGI VA XUSUSIYATLARI
Reja:
Iliq va sovuq ranglar hamda ularning rangtasvirda qo`llanilishi
Guash bo`yog`ida ishlashning yo`llari.
Rangtasvirda kompozisiya fanining ahamiyati
Interyer, fazo, atrof-muhit va vaqt kompozisiyasining faktorlari.
Rangtasvir mashg`ulotlariga tayyorgarlik
Akvarelda rangtasvir ishlash bosqichlari.
Rasmni qurishda (perspektiva) qoidalari
Rangtasvir ishiga qo`yiladigan talablar.
Rangshunoslik fani atamalari va iboralarining izohli lug`ati
Akvarel-lotincha so`z bo`lib, suvga qoriladigan bo`yoq, shuningdek,akvareldan ishlangan rasm degan ma`noni bildiradi . Akvarel qadimgi Misr, Yaponiyada keng qo`llanilgan, XXI asrdan akvarelda yirik san`at asarlari ishlash juda taraqqiy etgan. Akvarel bilan ishlash bundan bir yarim asr avval Angliyada rivojlangan edi. D.Kozens, Tyorner, D.Konstabel, R.Bonington, G.Gyorten kabi rassomlar o`zlarining akvarelda ishlagan asarlarida Angliyaning go`zal tabiatini mohirlik bilan tasvirlaganlar. Rossiyada esa akvarel bilan ishlash san`ati XVIII asrdan e`tiboran keng yoyila boshladi. O`rta asrlarda Rossiyada bo`lganidek, G`arbiy Yevropada ham akvareldan Cherkovga qarashli bo`lgan diniy kitoblarni naqsh va illyustrasiyalar bilan bezashda foydalanildi. Lekin bu vaqtlarda akvarel oq bo`yoq moddasi qo`shilgan holda ishlatilar edi.
O `rta Osiyoda akavrelda kitoblarni chiroyli qilib bezash maqsadida qo`llanildi. O`rta Osiyo rassomlari ichida, ayniqsa, Kamoliddin Behzod kitoblarga akvarel bilan miniatyura hamda illyustrasiyalar ishlashda shuxrat qozondi. XIX asrning oxirlarida akvarelda I.YE.Repin, V.A. Serov, M.A.Vrubel, kabi rassomlari o`z asarlarida yangicha sifatlarini namoyish qildi. Rus tasviriy san`ati namoyondalari A.M.Grasimov, S.V.Gerasimov, O.G.Vereyskiy, Kukrinskiylar N.N.Volkov, YU.I.Neprensev va boshqalar ham akvarelda ko`plab qiziqarli asarlar yaratdilar. Ular yaratgan asarlarning ko`pchiligini kitoblarga ishlangan illyustrasiyalar tashkil etadi.
O`zbekistonda esa akvarelda ishlash san`atining rivojini B.Hamdamiy, O`.Tansiqboyev, G. Shevyakov, G.Siganov, K. Cheprakov va ayniqsa CH. Ahmarovning ijodida ko`rish mumkin.
Akvarel bilan ishlash usullarining murakkablash uvi, takomillashuvi uning turlarini ko`payishiga va xilma – xillashuviga olib keldi. Hozir akvarelning bir qancha turlari mavjud.
Chunonchi qattiq, yumshoq va xamirsimon xoldagi akvarellar. Bu bo`yoqlar badiiy bilim yurtlarida, ayniqsa amaliy va dekorativ san`at o`kuv yurtlarida kompozisiyalar, eskizlar tuzishda qo`llaniladi. Akvarel bo`yoqlari ikki qismdan: bog`lovchi element hamda bo`yoq kukinidan tarkib topadi. Bog`lovchi emulsiya tayyorlanadigan moddalarni tanlashda bo`yoq rangini o`zgartirmaydigan, qog`ozga surtilganda tekis yotadiganlaridan foydalanadi.
Bog`lovchi moddalar asosan gummi arabika, olcha, olxo`ri va boshqa daraxtlarning shiralaridan tayyorlanadi. Daraxt shirasidan, masalan, olcha shirasidan juda osonlik bilan eritma tay.rlanadi. Shuningdek, bo`yoqning tez-qotib qolmasligi, pishiqligini va suvda eruvchanligini oshirish uchun unga asal, glisirin, dekstrinlar qo`shiladi. Bog`lovchi modda tayyorlanayotganda har bir element ko`rsatilgan miqdorda olinishi lozim. Har bir akvarel uchun bog`lovchi emulsiya turli miqdorda tayyorlanadi.
Taxtacha ko`rinishdagi akvarel uchun emulsiya shiraning dekstrining suvdagi eritmasi meva shakari, ho`kiz o`tidan tayyorlanadigan aralashmadan iborat bo`ladi. Dastavval shiraning hamda dekstrining suvdagi eritmasi tayyorlanadi.
Meva shakari suv bilan aralashtirilib sirobsimon eritma hosil qilinadi. Ana shu uch xil eritma birgalikda to`xtovsiz aralashtiriladi. Hamda unga o`tdan tayyorlangan aralashma va fenaldan keraplicha tomiziladi. Chinni idishlardagi yumshoq akvarel uchun emulsiya tayyorlashda esa yuqoridagi moddalar ko`proq miqdorda oshrib meva shakari o`rniga asalari mo`mi va glisirin qo`shiladi.
Tyubiklarda chiqariladigan akvarel tarkibidagi bog`lovchi elementining ko`pchilik qismini asal tashkil etadi.Glisirin va shira ozroq miqdorda qo`shiladi.
Akvarel tayyorlashda qo`llaniladigan bo`yoq kukunlari tabiiy yoki sun`iy kukunlar bo`lishi mumkin. Ayrimlari o`simliklar yoki hayvonlarda o`raydigan pigmentlardan masalan , jigar rang , qarminli bo`yoqlardan tayyorlanadi. Bo`yoq kukunlarini tanlashda va tayyorlashda ularning tiniqligiga, bir-biriga yaxshi aralashishiga e`tibor berish lozim. Masalan, qo`yidagi bo`yoq kukunlardan foydalanish tavsiya etiladi. Sariq kukunlar tabiy,jigar, rang, sariqmars, zarg`aldoq mars va hakozolar.
Qizil kukunlar: qizil tusli mars, qirmizi.
Binafsha: binafsha tusagi kukun.
Yashil kukunlar: zumrad rang, yashil rangli ranglar.
Zangori: zangori laklar.
Jigarrangli kukunlar : kuydirilgan jigar rang, jigar rang mars.
Qora kukunlar : -uzumdan olinadi.
Akvarel tayyolash uchun bo`yoq moddasi tayyor emulsiyaga aralashtiraladi tosh plita yoki mahsus xovonchada yaxshilab ishlanadi. Agarda sinash uchun olingan bo`yoq suvda yaxshi erishsa, aralashtirish hamda ishlov berish uchun tayyor bo`lgan xisoblanadi. Shuni esda tutish lozimki, qo`yilgan akvarel bo`yog`i qurilganidan keyin o`z rangini biroz o`zgartirib olishadi. Bunga bo`yoq qavatidagi suvning bug`lanishi, qog`ozga singishi ta`sir etadi.
Endi akvarel, tush va ularni ishlatishda qo`llaniladigan ba`zi qurol va vositalar haqida to`xtalib o`tamiz:
Bir akvarel mo`yqalamda oson olinishi, suvda yaxshi eriydigan bo`lishi kerak. Akvarel boshqa bo`yoqlardan qog`ozga yubqa qalam tarzida o`tishi tekis, silliq surkalishi, qo`yilib va bir joyga qatlam tarzida yig`ilib qolmasligi bilan ajralib turadi. Akvarelga ko`p vaqt suv tegmasa,xaddan tashqari qUzbekiston Respublikasiqshab ketib, uni ishlatish qiyin bo`lib qoladi. Shuning uchun chinni idishlar va tyubiklardagi akvarelni qorong`u va slqin joylarda saqlash lozim. Agar tyubikdagi akvarel qotib qolsa tyubikka mris bilan suv yuborish yoki uni suvli idishga biror soat solib qo`yish tavsiya etiladi. «Leningrad» markali akvarel sifatli akvarellardan xisoblanadi va u plastmassa idishlarda ishlab chiqariladi. Unda bo`yoqlarning 24 hili mavjud bo`lib, plastmassadan tayyorlangan palitra ham joylashtirilgan.
2
20
.Tush asosan yozish-chizish, bezak va boshqa ishlarda kenqo`llaniladi. Ularning xillari juda ko`p. Tushlar suyuq holda shisha idishlarda va taxtacha hamda qalamcha shaklida qattiq holatda ishlab chiqariladi.
Kerakli tushlar maxsus idishlarda suyultiriladi. Ulardan axromatik ranglarning har xil tuslari xosil qilinadi. Tushni juda quyuq ishlatilmaslik lozim. Ular etyudlar uchun muljallangan bo`lib, 20-30 donasi kerakli o`lchamda bir-birlariga yelimlab qo`yilgan bo`ladi. Qog`ozlarni bir-birlaridan ajratib olishda birorta uchi o`tkirroq asbobdan foydalaniladi. Orqasiga qo`yilgan karton esa uni g`ijim bo`lishidan asraydi.
3. «Stirator» bittasi kattaroq, ikkinchisi kichikroq o`lchamga ega bo`lgan va bir-birini ichiga kirib turadigan ikkita ramkadan iborat ishlatishda qo`llangan qog`oz ikkala ramka orasiga qo`yilib siqib jipslashtiriladi. Stirator bundan tashqari ramka va planshetdan iborat bo`lishi ham mumkin. Bunday stirator ikki oyoqli qilib yasaladi. Qog`oz stiratorga tortilganidan keyin uni tizza ustiga g`o`ygan holda ishlatish mumkin. Shuningdek stirator oyog`siz holda ishlatilganda esa mahsustutqichga o`rnatiladi. Stiratorga tortiladigan qog`oz oldin suvga ho`llab olinadi. Qog`ozni ho`llash uchun yumshoq lattadan foydalaniladi. Burchaklarida 1,5-2 smgacha joy quruq qoldiriladi. Qog`ozni ikki tomoni ham xuddi shu zaylda qo`llaniladi, so`ng ramkaga tortilgan qog`oz o`zgarmas temperaturali joyiga qo`yib quritiladi. Stirator asliga qarab rasm ishlashda va manzaralarni tasvirlashda qulaydir.
Planshet tasviriy san`at darslarida keng qo`llaniladi. Planshetga qog`oz tortishida uning to`rttala tomoni 1,5-2 sm buklanadi. Qog`ozning teskari tomoni jiqqa ho`l latta suvini o`ziga shishib olguncha surtiladi. Chetga qayrilgan burchaklari eng quruqligicha qondiriladi. So`ngra qog`ozning old tomoni aylantirib g`o`yiladi va u ham chetki tomonlariga tekkizmasdan ho`llanadi. Undan keyin burchagidan bir tomoni, so`ngraqaramaqqarshi turgan tomoni
bosib tortilishi lozim. Qolgan ikki tomoni ham xuddi shunday diogonal bo`yicha yelimlanadi yoki knopka bilan qistiriladi. Qirralari esa barmoq yordamida tekis qilib yopishtirib chiqiladi. Yelimlangan tomonlarida xech qanday tirishgan va qabariq joylar bo`lmasligi lozim. Qo`l planshet mo``tadil temperaturali joyga qo`yib quritiladi. Shundagina u ishga yaroqli bo`ladi.
5. Yig`ma qopchiq ham etyudlar ishlashda ekskursiyalarga chiqqanda juda as qotadi. Uni brezent matodan ixchamgina qilib tikib olish mumkin kerakli jixozlarni yig`ma qopchiqqa tartib bilan joylashtirish lozim. Uning yuqori qismiga tasmalar tikib qog`oznimaxkamlab qo`yish kerak. Pastki qismiga esa xar-xil o`lchamdagi cho`ntaklar tikiladi. Cho`ntaklarga esa maxsus idish, katta akvarel va xakozolar solib olinadi. Materialni tikayotganda orasiga karton bo`laklarini kerakli o`lchamlarda qo`yish tavsiya etiladi Qo`yilgan karton bo`laklar qog`ozlarni buklanib qolishidan saqlaydi.
6. Mo`yqalamlar. Akvarel bilan ishlayotganda foydalanish lozim , mo`yqalamlar ikki xil bo`lib, ularning bir xillari moyli bo`yoqlarga, boshqa xillari esa akvayerel bo`yoqlarga, boshqa xillari esa akvarel bo`yoqlarga muljallangan ( yelimlash uchun mo`ljallangan mo`yqalamlar uchun mustasno). Ularni ko`rinishiga qarab quyidagicha farqlash mumkin. Yalpoq (moyli bo`yoqlar uchun muljallangan mo`yqalamlar kurakcha va dumaloq shaklda bo`ladi). Akvarel uchun ishlatiladigan mo`yqalamlar yumaloq bo`lib uch tomoniga qarab ingichkalashib boradi va bu juda mayda detallarni ishlash uchun qulaylik tug`diradi. Rasm ishlaganda qog`ozni yuzi buzilmaslik uchun bu mo`yqalamlar maxsus yumshok yunglardan yasaladi. Akvarel mo`yqalamning kolonok, olmaxon, savsar yungidan yasalgan turlari mavjud.
Mo`yqalamning ishga yaroqli yoki yaroqsizligini bilish uchun uni toza suvga tiqib olib silkitish kerak. Agar shunga mo`yqalamning uchlari to`planib qolsa-yaroqli, to`zib tursa-yaroqsiz bo`ladi. Mo`yqalamningt bandida nomeri bo`ladi. Bu nomer mo`yqalam mo`y qismining kengligini bildiradi. Nomerdagi sonlar ortib borishi bilan yung qismining kengligi ham ortib boradi. Shuning uchun akvarel bilan ish ishlashda mo`yqalamning kerakli nomeri yuzaning katta yoki kichikligiga qarab tanlanadi. Tasviriy san`at darslarida ingichka mo`yqalamlardan kam foydalaniladi, chunki ular bilan katta rasmlarni bo`yab bo`lmaydi. Bu xildagi mo`yqalamlar ko`proq mayda detallarni hamda dekorativ bezash ishlaridagi naqshlarni bo`yashda ishlatiladi. Yuqorida nomeri ko`rsatilag yo`g`on xajmdagi mo`yqalam bilan katta rasmlarni bo`yash mumkin, uning ingichka uchi esa suratning mayda detallarini ishlash imkonini beradi. Umuman olganda butun ishni bitta mo`yqalamda bujara olish imkoni tug`iladi. Shunda ko`z hamda qo`l xarakati uyg`unlashadi. Tajribali rassomlar ko`pincha ikki tomonida ham mo`yi bo`lgan mo`yqalamlardan foydalanadilar. Ularga maxsus buyurtma berish tayyorlatish mumkin.
22
Bulardan tashqari, xar-xil o`lchamdagi kurakchasimon, yalpaq mo`yqalamlar ham ishlatiladi. Endi mo`yqalamlarni ishlatishning bir qator usullari haqida gapirib o`tamiz. To`g`rirog`i, bu usullar, tavsiya etilayotgan yo`llanma bo`lib, ular umumiy qoida tarzda qo`llanilmaydi. Chunki ba`zi mo`yqalamni boshqacharoq vaziyatda ishlatishga to`g`ri kelib qoladi. Bordiyu, mo`yqalam bilan keng yuzalarni bekitishga to`g`ri kelsa,
uni burchak ostidan ushlash hamda ishni qog`ozning tepa qismidan uzib-uzib bo`yoq berishdan boshlash zarur. Bunda mo`yqalam qog`ozning chap tomonidan pastka va ayni vaqtida o`ng tomonga qaratib tez-tez xarakatlantiriladi. Agar yupqa va tirnoq bo`yash kerak bo`lsa, mo`yqalam tik ushlanadi, hamda ohistagina qog`oz bo`ylab yurgiziladi.
Kuchli mazok hosil qilish (uzib-uzib bo`yoq berish)uchun mo`yqalam kerakli joyga qattiqroq bosiladi va darhol ko`tarib olinadi. Oqib ketayotgan bo`yoq esa toza mo`yqalamga shimdirib olinadi. Xomaki rasm ishlashda kerakli bo`yoqni o`z ichida birndaniga qo`yish aloxida maxorat talab qilinadi. Lekin mo`yqalam qog`ozga oxirigacha bosib yuborilsa, hamma bo`yoq birdaniga oqib tushib ketishi mumkin.
Qo`yilgan mazoklarni xarakterli bo`lishi muxim axamiyat kasb etadi. Mo`yqalamlarni ishlatayotganda ayniqsa uning mo`y qismi tez ishdan chiqishini unutmaslik kerak. Bo`yoq olinayotganda mo`yqalamni xaddan tashqari ko`p ishqalash tavsiya etilmaydi, sababi mo`y qismi tez to`kilib keatdi. Bunda mo`yqalam bo`yoq ustida oldinga va orqaga hamda chapga va o`nga tomon tez-tez, yengil-yengil yurgiziladi. Bir marta bo`yoq olinganidan so`ng, ikkinchi olishga mo`yqalam dastavval tozalab yuviladi va latta bilan siqib tashlanadi. Toza suvga botirib olinganidan keyingina navbatdagi bo`yoq olinadi.
Dastlab sakkiz nomerlaridan to o`n, o`n ikkinchi nomergacha bo`lgan mo`yqalamlarni ishlatish mumkin. Keyinchalik esa, o`n ikki, o`n turt nomergacha, balki undan kattaroq nomerli mo`yqalamlar ham ishlatiladi.
Mo`yqalam ishlatilib bo`lingach, tozalab yuviladi va latta bilan siqilganidan so`ng tirgakka solib qo`yiladi yoki mo`y qismi yuqoriga qilingan holda stakanda saqlanadi. Ba`zan mo`yqalamni yung qismini stolning chetidan bir oz chiqarib qo`yish ham mumkin.
23
7. Palitra. Tasviriy san`at darslarida oddiy, oq rangdagi yassi laganchadan palitra sifatida foydalanish mumkin. Etyud ishlash paytida metalldan yasalgan va sirlangan yoki plastmassadan yasalgan palitralardan foydalangan ma`qul. Palitraning eng yaxshi tomoni shundaki, unga qo`yilgan bo`yoqlar aniq va ravshan, tiniq bo`lib ko`rinib turadi. Shuningdek uzoq vaqtgacha qurilmasdan saqlanadi. Palitiraning rangi oq bo`lganligi sababli bo`yoqlarni tuslari o`zgarmasdan ko`zga tashlanadi. Palitradan foydalanish usullari va unga bo`yoqlarni joylashtirish tartibi ko`rsatilgan. Bo`yoqlar ko`zga qanchalik yaqin bo`lsa ularni bir-birlarini ajratish ham shunchalik oson va qulay bo`ladi. Politraga ranglarni joylashtirishda muayyan tartibga rioya qilish taldabalarning sifatli ishlashlariga, ko`zlari va qo`llarining avtomtik ravishda xarakat qilishga, ishni tez bajarishlariga yordam beradi va ularni ortiqcha qiynab qo`ymaydi.
Politraga oldin iliq ranglardan sariq bo`yoqlar, keyin zarg`oldoq qizil, rang yoki jigar ranglar va nihoyatda zangori, binafsha ranglar (bular sariq ranglar jumlasidandir) qo`yiladi. Politraga qo`yilgan bo`yoqlarni bir-biri bilan aralashtirishda iflos mo`yqalamlardan qat`iyan man qilinadi. Shu tariqa politradagi bo`yoqlar toza saqlanadi. Ish tamom bo`lgandan so`ng politra yaxshilab tozalab qo`yiladi, ayniqsa politraning suv tekkan joylari yaxshilab artiladi.
Stakan suv olish uchun eng yaxshi idish hisoblanadi. Ekskursiyalarda, etyud ishlashda metal yoki shishastakanlar bankalar juda qo`l keladi. Akvarel bilan ishlashda suv olish uchun qo`llaniladigan idishlarning turlari har-xil bo`lishi mumkin.
Qalamlar akvarel bo`yog`ida ishlangan rasmlarning yaxshi chiqishida muxim rol o`ynaydigan vositalardan biridir. Tasviriy san`at darslarida asosan o`rtacha yumshoqlikdagi qalamlardan foydalaniladi.”TM” markali qalam chizish uchun juda qulaydir. Qalamlarning tomonida nomi, so`ngra esa qattiqroq yoki yumshoqlik darajasi yozib qo`yiladi. «T» qattiqlik ma`nosini anglatadi, uning yonidagi son qattiqlik darajasini ko`rsatadi. «2T» belgili qalam «T» belgili qalamdan qattiqroqdir. Tasviriy san`at darslarida qattiq qalamdan nafis joylarni shtrixlashda foydalaniladi. Ular chizmachilik darslarida ham qo`llaniladi. Yumshoq qalamga «M» belgisi qo`yilib, yumshoqlik darajasi sonlar bilan ko`rsatiladi.
Rasmning sifati ko`pincha qalam o`zining yechilishiga bog`luq bo`ladi.
Rasm chizish uchun ajratilgan vaqtdan unumli foydalanish maqsadida qalam uchini dars yoki mashg`ulot boshlanishidan oldinroq qo`ygan ma`qul. Qalamni ish joyida ochmaslik lozim, chunki grafitning ko`zga ko`rinmaydigan zararlari rasmni iflos qilib yuboradi. Eng yaxshisi qalamni quticha yoki qog`oz parchasi ustida ochishdir. Bunda chiqindilarni maxsus yashikka tashlash oson bo`ladi. Qalamni haddan tashqari bosib chiqish yaramaydi. Chunki uning uchi sinib qolishi mumkin.
O`quvchilarni qalamni ochilgan yeridan uzunroq ushlashga o`rgatish yaxshi natija beradi. Qalam umuman uchta barmoq bilan ushlanadi va unchalik qattiq siqib olinmasdan erkin yuritiladi. Uzunroq qalamlardan foydalangan ma`qul.Chunki kalta qalamlarda naturaning o`zaro nisbatlarini o`lchab chizish qiyinlashadi. Siyoh rangli qalamlarda rasm chizish mumkin emas: chiziqqa suv tegsa, bo`yalib ketadi. Qalam bilan chizishda aniqlik, puxtalik va malakali bo`lish talab etiladi.
O`chirg`ich. O`chirg`ichlar ikki xil: qalamda chizilgan chiziqlarni o`chirishga mo`ljallangan hamda idoralar uchun chiqarilgan bo`ladi.
Noto`g`ri chizilgan tasvirni o`chirishdan oldin to`g`rilab chizib olish lozim. Shunday qilingan xato yaqqol ko`rinib turadi. O`chirg`ich bilan o`chirishdan qo`l faqat chizish bo`ylab bir tomonlama harakatlantiriladi. Shuningdek, o`chirg`ichni hadeb ishlativerish ham yaramaydi. Unda qog`oz yuzasiga bo`yoq yaxshi yotmaydigan bo`lib qoladi. O`chirg`ichni qo`lda uzoq ushlab turish mumkin emas. Chunki o`chirg`ich qo`lda ter bosib, qog`ozni kir qilib qo`yish mumkin.
Tasviriy san`at darslarida rangli tasvirlarning muvaffaqiyatli chiqishida akvarel bilan ishlashda orttirilgan tajribalar muhim rol o`ynaydi. Chunki bo`yoq bilan ishlash qanchalik puxta o`rganilgan bo`lsa rangli tasvirlar shunchalik yaxshi chiqadi.
Akvarel bilan ishlashda talabga javob beradigan qilib jixozlanish kerak. Shuningdek, planshet hamda molbertdan to`g`ri foydalanishni o`rganish, qog`oz yuzalarini har xil shikastlanishlarlardan ehtiyot qilish lozim. Akvareldan foydalanishda uning sifatiga e`tibor berish darkor. Bo`yoqlarni maxsus idishlarda suv bilan aralashtirish va qog`oz bo`lagida sinab ko`rish tavsiya etiladi. Topilgan rang tusi kerakli darajaga yetgandagina undan foydalanish lozim.Akvarel bilan ishlash texnikasini puxta o`zlashtirish uchun dastlabki mashqlarni qora, to`q jigarranglarda bajargan ma`qul. Bu usulda ishlash monoxrom yoki grizayl metodida ishlash deb ataladi.
Akvarel bilan ishlashda quyidagi izchillikka rioya qilinsagina bo`yoqda ishlangan tasvirlar talabga javob bera olishi mumkin:
Kerakli bo`yoq maxsus idishda suv bilan aralashtirilib tayyorlanadi hamda qog`oz bo`lagiga surtib, sinab ko`riladi.
Qog`oz sirtiga bo`yoq berayotganda mo`yqalam hamisha eritmagan rosmana botirib olingan bo`lishi kerak.
Ostki qavatdagi buyoq qurimaguncha, navbatdagi bo`yoq qavati yotqizilmaydi. Keyingi qavat tez qo`yilishi lozim, aks holda ostki qavat yuvilib ketishi mumkin.
Akvarel bo`yoqlari bilan ishlashda oq bo`yoqdan foydalanilmaydi, chunki oq bo`yoq rolini oq qog`ozning o`zi bajaradi.
Qo`yilgan bo`yoq qavati ostidan qog`ozning sirti sezilib turishi lozim.
Agar taxtacha ko`rinishidagi akvarel ishlatilsa, bo`yoq tez-tez ho`llab turiladi, hamda toza mo`yqalam bilan olinadi.
Akvarel bilan ishlashni o`rganishda amaliy mashg`ulotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, bir rangning ustiga ikkinchisini qo`yib yangi tus hosil qilish mashqni olaylik. Bunda qo`yilgan xar ikkala rang ostidan ham qog`ozning sirti sezilib turmog`i darkor. Shuningdek, sovuq tusli rang ustidan iliq tusli rangni qoplash orqali yangi rang tusini hosil qilish yo`llarini puxta o`rganish kerak.
Bundan tashqari iliq rang ustidan sovuq tusli rangni qoplash yo`li bilan ham qo`shimcha rang tusini topish mumkin. Ayrim hollarda qo`yilgan ranglarning yorug`lik darajalari bir-birlariga tenglashtirish uchun ularning ustidan biror rangning suyuq, kuchsiz eritmasi bilan qoplab tavsiya etiladi.Shuni esda tutish lozimki, muayyan rang ikkinchi bir rang bilan qoplanganda yorug`likning qaytarish xususiyatidan mahrum bo`ladi. Lekin oldin qo`yilgan bo`yoq qavatining ravshanlik darajasi hamda to`yinganligi muhim axamiyatga ega. Ustki qo`yiladigan qavati esa doimo oxangdor, juda tiniq bo`lishi va ostidagi rang tusini bo`g`masligi shart.
Rang tuslarini haddan tashqari to`q tusda olish yaramaydi. Aks holda rangli tasvirlarda keskin ko`zga tashlanadigan rang dog`chalari hosil bo`lishi mumkin.
Akvarel bilan ishlatishda bir rangning o`zidan har hil rang tuslarini xosil qilishni yaxshilab mashq qilish kerak.
O`quvchilarga yorug` , oq tusdagi rangni hosil qilish uchun suvni, tuq tusdagi rangni hosil qilish uchun esa bo`yoqni ko`proq qo`shish kerakligini o`rgatish kerak. Och tusdagi rangning hosil bo`lishini amalda ko`rsatish uchun suvli stakanga qizil rang aralashtiriladi. Stakanda hosil bo`lgan aralashmaga suv qo`shishni davom ettirsak, bu rang tusining ochlanib borishining guvohi bo`lamiz. Aksincha, aralashmaga qizil rang qo`shishni davom ettirsak, mazkur rang tusining to`qlashib borishini ko`ramiz. Bu xildagi mashqlarni faqat ranglar yordamida bir necha marta bajarib ko`rish mumkin.
Ranglar to`yinganligini asta-sekin o`zgarib borishi haqida alohida to`xtalib o`tish kerak. Agar xromatik ranglar tarkibiga axromatik ranglar qo`shilsa, ularning tiniqligi pasayadi. Natijada rangning to`yinganligi o`zgarib,boshqa rang tusi hosil bo`ladi. Kul rang qanchalik ko`p qo`shilsa, xromatik rang shunchalik axromatik bo`lgan kul rangga yaqinlashib boradi. Bu xildagi yorug`lik kuchlarini kamaytirish natijasida ranglarning tiniqligini yo`qotish hamda xira ko`rinishdagi ranglar olish mumkin. Rang tuslarini bir-birlaridan farq qilishnio`rgatishda bir rangning har-xil tuslari orqali naqsh kompozisiyasini ishlash kerak.
Akvarel bilan ishlash malakalarini oshirishda asosiy va qo`shimcha ranglar ustida ishlash muhim ahamiyat kasb etadi. Rang ustida ishlash usullari ikki qismga: asosiy ranglar va qo`shimcha ranglarga bo`lib o`rganiladi. Olingan rang tuslari esa o`zaro solishtirish yo`li bilan aniqlanadi.
Qo`shib topiladigan ranglar aralashtirish yo`li bilan hosil qilinadi. Buning uchun dastlabki mashqlarni nabordagi tayyor bo`yoqlarni qo`shib topishdan boshlash lozim. Bunga quyidagi jadvalda ba`zi bir misollar keltiramiz. Asosiy hamda qo`shib topiladigan ranglar ustida mashq qilinayotgan paytda naturaga yaqin bo`lgan rang tuslarini topish kerak. Bundan tashqari, pardozlangan siliq sirtlarga,oynaga, metall shartlari atrofdagi buyumlarning tasvirlari tushadi va ularning ranglari ham boshqacharoq ko`rinishda bo`ladi.
Akvarel bilan ishlashda bu xildagi usullardan ham foydalana bilish lozim. Ranglarning bu xususiyatlari refleks taassurotini paydo qiladi hamda ishlanayotgan naturaning eng muhim qismini tashkil etadi. Akvarel va mo`yqalamlar bilan ishlashni o`rganishda dastlabki mashqlar muhim rol o`ynaydi.
Iliq va sovuq ranglar hamda ularning rangtasvirda qo`llanilishi
Rangtasvir ishlashda uning qonun-qoidalarini, usul va texnologiyasini o`rganish muhim ahamiyatga ega vazifalardandir desak xato bo`lmaydi. Shunday zarur shartlar qatoriga axromatik va xromatik ranglar haqidagi bilimlar ham kirishi tabiiydir.
Ko`zimiz ko`ra oladigan tabiatdagi hamma ranglarni shartli ravishda ikkiga: axromatik va xromatik ranglarga bo`lish mumkin. Oqdan to`q qoragacha bo`lgan ranglar axromatik ranglarga (oq, kul rang, qoramtir, qora, to`q qora) qolganlari esa xromatik (qizil, sariq, ko`k va hokazo) ranglarga kiradi.
Xromatik ranglar o`z navbatida, shartli ravishda yana ikkiga, issiq va sovuq ranglarga bo`linadi. Issiq ranglarga olov, quyosh, qizigan narsalarning rangini eslatuvchi qizil, sariq, zarg`aldoq ranglar kiradi. Muz, havo, suvlarning rangini eslatuvchi ko`k, moviy, binafsha ranglar sovuq ranglarga kiradi. Yashil va binafsha ranglar goh issiq, goh sovuq ranglarga kirishi mumkin. Chunki yashil rang sariq va ko`k ranglarning aralashmasidandir. Binafsha rang esa qizil va ko`k ranglarning aralashmasidan hosil bo`ladi. Ko`rinib turibdiki, Bu ranglar issiq va sovuq ranglarning aralashmasidan hosil bo`lgan. Aralashtirishda issiq rang miqdori sovuq rang miqdoriga nisbatan ko`proq bo`lsa, hosil bo`lgan rang issiq rang qatoriga, sovuq rang miqdori ko`proq bo`lsa, sovuq ranglar qatoriga o`tish mumkin. Xuddi shunday binafsha rangda qizil rang ko`proq bo`lsa issiq, ko`k rang ko`proq bo`lsa, sovuq ranglar qatoriga kiradi. Demak o`quv mashg`ulotida rang- tasvirni ishlashda qo`yilmadagi narsa va buyumlarning yorug`-soya nisbatlari, shuningdek, rang nisbatlarini ham ochib aniq ko`rsatish muhim ahamiyatga ega.
Ranglarning tabiiyligini tasvirda to`g`ri bajarish ancha qiyin ish hisoblanadi. Bunga jiddiy mehnat, nozik did va zo`r mushohada orqali erishish mumkin. Ayniqsa natyurmortdagi narsalarning och- to`qlik darajalarini farqlashga, undagi tus birligini tushunishga o`rga nish uchun natyurmortni bitta rangda tasvirlash katta ahamiyatga ega. Bu usulda rasm ishlash keyinchalik qiyin natyurmortlarning rangli tasvirini bajarishga o`tishni ancha osonlashtiradi. Bir rangda yozish usuli «grizayl» deb ataladi.
Grizayl usulida rasm ishlash turli ranglar vositasida ish usuliga o`tish uchun tayyorgarlik bosqichi bo`lib, unda mo`yqalamni ishlatish yo`llari va akvarel bo`yoqlarining xususiyatlarini o`rganish uchun imkoniyat yaratadi. Bu texnika bilan bir nechta natyurmortlarni tasvirlab o`rgangandan so`ng, barcha rang xillari bilan ham natyurmort ishlash ancha oson bo`ladi.
Natyurmortlar ko`pincha xonalarga qo`yib ishlanadi. Ammo ba`zan uni tabiat qo`ynida tashkil qilib tasvirlashga ham to`g`ri keladi. Shunday paytda natyurmortni ishlashdan avval uning rang xususiyatlarini tahlil qilib, tushunib olish muhimdir. Chunki xona ichiga qo`yilgan natyurmortga derazadan tushayotgan nur narsalarning yorug` qismida sovuq ranglarni beradi. Buyumlardan tushayotgan soyalar esa aksincha, iliq, issiq bo`lib ko`rinadi. Ochiq havodagi, tashqaridagi chizilayotgan narsalar buning aksidir, ularning soyasi sovuq, yorug` qismi esa iliq bo`lib ko`rinishi mumkin. Ana shunday holatlarni diqqat bilan kuzatib, so`ng e`tibor bilan tasvirlash ish sifatining yaxshi bo`lishiga o`z ta`sirini ko`rsatadi.
Ma`lumki ranglarni ko`rish va idrok etish qobiliyati asta-sekin mashqlar orqali shakllanadi. Bunda akvarel bo`yoqlar nomlarini aniq bilib olish va ularni o`z o`rnida jo`yali qo`llash muhimdir.
Akvarel bo`yoqlari 24-16 xil rangli to`plamlar holida bo`ladi. Ularni ishga tayyorlash vaqtida har birining ustiga yozib qo`yilgan yorlig`ini asta ko`chirib olib, bo`yoq solingan plastmassa idishchaning tagiga yopishtirib qo`yish va nomlarini eslab qolish kerak. Ular quyidagicha tartibda bo`lishi mumkin. Ya`ni: limon rang qadimiy, sariq qadimiy, och oxra, tabiiy siyena, oltinsimon sariq, zarg`aldoq qadimiy, qizil oxra, kuydirilgan siyena, och qizil, guldor, qizil kraplak. Karmin (erkin qizil), binafsha kraplak, ultramarin, ko`k kobalt, havo rang, zumrad yashil, yashil permanent, sabza (yashil), tabiiy umbra (to`q jigar rang), jigar rang mars (och), kuydirilgan umbra (jigar rang), sepiya (chiroyli to`q jigar rang), qora.
Tabaiatdagi narsalarning aniq rangini belgilab ko`rsatadigan tayyor bo`yoqlar mavjud emas. Ammo yetuk rassom ranglarning uzaro ta`siri va ko`rinish holatlarini idrok etib ularning xususiyatlarini hisobga olgan holda har qanday narsani ham aks ettira oladi.. Tasvirda shunday joziba va hayotiy haqiqatga erishish uchun rassomga ranglar nisbatini bilish, ranglar orasida qandaydir bitta rangning turli xil tovlanishini hisobga olib ishlata olishga yordam bergan. Masalan, olov rang qizilni kuchliroq «yal-yal» yonadigan qilib tasvirlash uchun shu rang atrofidagi narsalarning soyasini ko`kimtir havo rang, yashil, zangori tuslarda beriladi. Tasvir bilan chizilayotgan narsa, holat o`rtasida to`la o`xshashlik bo`lishi uchun ularning rang nisbatlarida ham o`xshashlik bo`lishi shart. Bunga erishish uchun rangshunoslik fanining asoslarini chuqur o`rganish va amaliy ish jarayonda bu masalalarga qayta-qayta murojaat qilish kerak. Har xil bo`yoqlar bilan (akvarel, guash, moybo`yoq) natyurmortlarni tasvirlash uchu nyuqorida qayd etilgan tajribalarni o`tkazib ko`rish, bo`yoqlarning texnologiyasi xususiyatlarini yaxshi bilish, ularni ishlatish usullarini o`zlashtirish uchun ko`plab mashqlar bajarish tavsiya etiladi.
Guash bo`yog`ida ishlashning yo`llari.
Guash bo`yog`i akvarel bo`yog`ining tamoman aksi bo`lib, u kabi tiniq, jarangdor tus bermaydi. Ranglari yorug`likni yutganligi sababli uning tagidagi qog`oz ko`rinib, sezilib turmaydi. Tarkibi esa akvarelniki singari – bo`yoq kukuni va uni bog`lovchi moddalardan iborat. Ammo ular maxsus yog`och yelimi bilan mtadil nisbatlarda aralashtirilgan bo`ladi. Guash bo`yog`ining yana bir muhim jihati uning oq bo`yoq bilan aralashtirib ishlatilishidir. Shuning uchun uning ranglari unchalik jarangdorlik kasb etmaydi. Bo`yoqni ishlatish uchun mo`yqalamlar ham maxsus tanlanib olinadi va ular juda yumshoq bo`lmasligi, bir oz dag`alroq bo`lishi maqsadga muvofiqdir. Tasvir ishlanadigan sath, ya`ni qog`oz yoki karton ham silliq bo`lmagani yaxshi. Uning yuzasi iloji boricha yelimli qoplama (grunt) bilan ishlov berilgan bo`lishi zarur. Shunda uning sathiga guash bo`yog`ini yaxshi surtish mumkin bo`ladi. Guash ko`pincha grafik ishlarni, bezaklarni, plakatlarni ishlashda va qisman rang-tasvirlarni bajarishda foydalaniladigan , suv qo`shib ishlatiladigan, tez quriydigan bo`yoqdir. U bilan tasvirlar bajarishning murakkabligi shundaki, bo`yoq surtilgan paytda to`q, qurigandan keyin esa ochlashib ko`rinishidir. Shu jihatini hisobga olib turilmasa, ranglar orasidagi muvofiqlikni ushlab turish ancha qiyin kechadi. Buning uchun odatda har bir surtiladigan asosiy ranglar alohida-alohida maxsus idishchalarda tayyorlanib olinib, so`ng unga bir oz boshqa qo`shimchalar aralashtirib tasvir ishlanadi. Ranglarni ishlatishda, uning to`q-ochligi, rang tuslarining qanday topilganini doimo tekshirib, bilib turish uchun bir bo`lak qog`ozga tayyorlangan aralashmani surtib aniqlab, so`ng qo`llansa maqsadga muvofiq bo`ladi.
Guash bo`yog`ida juda ko`p o`tmish rassomlari ham asarlar
yaratganliklari ma`lum. Ularning ajoyib-ajoyib natyurmort, manzara, teatr bezaklari, portret, plakatlari jahon tasviriy san`ati xazinasidan o`rin olgan. Ammo shunisi borki, bu nozik, saqlanishi ancha qiyin bo`lgan ishlarning ayrimlari, ayniqsa quyuq qilib ishlanganlarining bo`yoqlari o`chib, to`kilib ta`mir talab bo`lib qolganligi sir emas. Guash bo`yog`ida tasvirlarni bajarganda iloji boricha har bir rang tusi uchun alohida-alohida mo`yqalam tutgan ma`qul. Shunda ranglarni tiniq va toza, jozibali chiqishiga erishiladi. Mo`yqalamlarning turli o`lchamlardagisi va yumaloq hamda yapaloq ko`rinishdagilaridan foydalaniladi. Ayniqsa, yapaloq mo`yqalam bezak ishlarida hamda tezkor ranglavhalarni ishlashda juda qulaydir. Guash bo`yog`ida ranglavha va ayniqsa portretlar hamda odam tana qismlarini tasvirlash, nozik rang tovlanishlarini berish qiyin ishdir. Buning uchun ancha muncha mahorat, bilim, tajriba kerak bo`ladi. Tasvir ishlashning yo`l-yo`rig`i, usullarini puxta egallash esa ko`p amaliy mashg`ulotlarni talab etadigan jarayondir.
Katta-katta monumental asarlarning eskizlari hamda kompozisiya losihalarini, bayram munosabati bilan tayyorlanadigan suratlarni ham guashda bajarish qulaydir. U bilan keng qamrovli, mahobatli tasvirlar tez ishlanadi.
Rangtasvir ustalarining asarlarini kuzatar ekanmiz, ularning har biri texnologiyasi hamda uslubi jihatidan naqadar rang-barang ekanligini ko`ramiz va rassomlar mahoratiga tan beramiz. Chunki ijodkorlar bo`yoqning tasvir imkoniyatlarini ustalik bilan qo`llaganlar. Asarlarning biri quyuq bo`yoq qatlamidan foydalanib ishlangan bo`lsa, boshqasi esa juda nozik, yupqa qatlamda bajarilgan. Shunday asarlar ham borki, ular murakkab aralash texnikada bajarilgan. Ya`ni ham akvarel, ham guash texnalogiyasi ustalik bilan qo`llangan. Bunday mahoratli ishlangan asarlar qatoriga rus rassomlari V. Serov, K. Yuon, V. Kustodiyevlarning ijod namunalarini qo`shishimiz mumkin. Shunisi ham qiziqarliki, ayrim rassomlar akvarel bo`yog`ida yaratgan asarlarida guashning faqat oqini ishlatganlar va bu yaxshi samara berganligi ko`rinib turadi. Bunday asarlarga S. Gerasimov ijodiga mansub ishlarni misol qilib ko`rsatishimiz mumkin.
Guash bo`yog`ining keyingi paytda yangi kashf etilgan turi ham mavjud bo`lib, uning nomi «fluoressentli guash» deb ataladi. Uning ijobiy tomoni sun`iy nur tushirilganda yorqinlik kasb etib, «yal-yal» yonib ko`rinishidir. Chunki uning ximiyaviy asoslari ultrabinafsha, binafsha, ko`k, yashil nurlardan g`ayrioddiy yorqin va tabiatdagidan ikki-uch marta kuchli rangda tovlanib ko`rinadi. Shu sababdan bunday bo`yoq turi teatr bezakchiligida keng qo`llanmoqda. Uning ta`sirchan yarqirab ko`rinishi uchun odatda kvars lampalarni nuridan ham foydalanish bo`lmoqda.
O`quv-mashq ishlarni bajarishda, ayniqsa natyurmortlarni ishlashda guash bo`yog`idan foydalanish juda ham qo`l keladi. Uni moybo`yoq tasvirlar ishlashdan avval o`rganilsa maqsadga muvofiq keladi. Shuningdek, turli kompozisiyalarning eskizlarini o`quv-mashq namunalarini guash texnikasida bajarish qulaydir. U bilan katta-katta sathlarni yaxlit qilib bo`yash, tez ishlash mumkin.
RANGTASVIRDA KOMPOZISIYA FANINING AHAMIYATI.
Qalamtasvir yoki rangtasvir asarining kompozisiyasi «struktura» siga aloqador tushuncha mohiyatini qisqacha tarzda ko`rib chiqaylik. Buning uchun kompozisiyaning son bog`liqligi munosabatlarini birma-bir keltirib o`taylik: bu chizilayotgan narsaning absolyut o`lchamining uning asliga nisbati, chizilayotgan o`lcham tomonlarining o`zaro nisbatlari, predmetlarning masshtabi, ular orasidagi masofalar, narsalarning qanday burilib turganligi, ufq sathi darajasi, yorug`lik manbaining holati, soya-yorug`ning taqsimlanishi, tusi, soya va yorug`ning nisbiy muvozanati, shuningdek asosiy rang dog`lari muvozanati, tasvirlanayotgan ob`yektlar bo`laklarining o`zaro joylashishi, qiyofalar va fonga nisbatan «kontrast»lar farqi (rang, soya-yorug`, o`lcham) kompozisiya unsurlarining fazodagi ko`rinishini tashkil qilish (metr, ritm) va boshqalar.
Y uqorida keltirib o`tilganlarning barchasi predmetlarning sondagi belgilaridir. Ularni o`lchash va sanab ko`rsatish mumkin. Kompozisiyada qancha narsa ishtirok etayotganini aniqlash imkoniyati aniq. Shunday qilib ko`rish orqali qabul qilish mumkin bo`lgan belgilarni kompozisiyaning vositalari deb atashimiz mumkin. Bu asosda esa rassom ularning bevosita yordamida o`z fikrini ifodalash imkoniyatiga ega bo`ladi. Xuddi musiqa yaratayotgan kompozitor notalardan foydalangani singari rassom ham yuqorida sanab o`tilgan vositalardan foydalanib, o`z asari g`oyasini yuzaga chiqaradi, tasvirlarda ko`rsatib beradi. Sondagi kompozisiya sifatini ta`minlovchi, fikrni to`liq ifoda etishga xizmat qiluvchi belgilarni jamlovchi holat mazmuni kompozisiya tamoyillari deyiladi. Ular: yaxlitlik, mutanos iblik, o`lchamlar muvofiqligi muvozanat, birlik va uzviylik
dir. bular orqali rassom ishning sifat darajasini ta`minlaydi.Natijada asar kompozisiyasi yuzaki emas, balki chuqur ma`no kasb etadi, tafakkurlash natijasida tushuniladi. Rassom kompozisiya tamoyillarini ustalik bilan qo`llab, har tomonlama yutuqqa erishadi, kompozisiya bekamu-ko`st bo`ladi. Ma`lumki, kompozisiya tamoyillari uch xil ko`rinishda namoyon bo`ladi. Ular quyidagicha: frontal, hajm-fazoviy va chuqurlik-fazoviy kabilardan iborat. Bulardan birinchisining belgisi – kompozisiyaning ikkita koordinat orqali (vertikal va gorizontal) riaojlanishini bildiradi.
Unda uchinchi koordinat chuqurlik qolgan ikkisiga bo`ysungan holatda ishtirok etadi. Bunday kompozisiya amaliy – bezak kompozisiyalarida ko`p qo`llaniladi, hajm-fazoviy kompozisiyalarida esa shakllar uch o`lchamli holatlarda yaratiladi. Ular har tomondan turib, aylanib ko`rishga mo`ljallangan bo`lib, haykaltaroshlikda qo`llanadi. Chuqurlik-fazoviy kompozisiya predmetlarni kartina teksligida tasvir etishda qo`llanadi va dastgohli rangtasvirda foydalaniladi.
Tarixdan ma`lumki o`tmishning ulug` rassomlari kompozisiya masalalariga juda jiddiy yondoshganlar va o`z asarlarini yaratishda umumqoida bo`lib qolgan tamoyillarga amal qilganlar. Kompozisiyaning «vertikal», «gorizontal», «doiraviy», «kvadrat», «burchak» va boshqa ko`rinishlarini qo`llab, yuksak natijalarga, go`zal ifodaviylikka erishganlar. «Oltin kesim» kompozisiya usulidan unumli foydalanish har sohada qo`l kelgani ham ma`lum.
Kompozisiya tuzishga mohir bo`lgan va uni o`z asarlarida mukammal darajaga olib kelgan mo`yqalam ustalari ko`p, ularga misol qilib quyidagilarni qisman atab o`tsak o`rinli bo`ladi. Bunday o`tmish tasviriy san`ati ustalari: Leonardo da Vinchi. Mikelanjelo, A. Dyurer, J. D. Engr, P. Rubins, Rafael, Tintoretto, A. Ivanov, K. Bryullov, I.YE. Repin, YA. Mateyko va boshqalardir.
O`zbek rassomlaridan tasviriy san`atning turli tur va janrlarida ijod qilgan va hozirgi paytda ajoyib asarlar yaratib kelayotgan musavvirlardan nomlarini ko`rsatib o`tishimiz mumkin. U. Tansiqboyev, I. Ikromov, Z. Inag`omov, CH. Axmarov, X. Husniddinxo`jayev, A. Abdullayev, R. Axmedov, R. Choriyev, I. Jabborov, A. Boymatov, J. Umarbekov, SH. Abdurashidov, A. Mirzayev, S. Abdullayev, A. Ikromjonov, B. Jalolov, A. Nuritdinov, O. G`oziyev va boshqa ko`plab ijodkorlarni bemalol kompozisiya ustalari deb atashimiz, ularning asarlarini ijobiy jihatlarini tahlil qilib, ibrat olishimiz mumkin, bu albatta o`quv-mashqlarni bajarishda nazariy asos vazifasini o`taydi.
Interyer, fazo, atrof-muhit va vaqt kompozisiyasining faktorlari.
Ma`lumki tasviriy san`atni o`rgatish tajribasi, ayniqsa, kompozisiya masalalarini hal etish jarayonida interyer, fazo, atrof-muhit va vaqt faktorlarini to`g`ri ochib berish uning ifodaviyligini ta`minlashda kata ahamiyat kasb etishini ko`rsatadi.
Ma`lumki, interyer ko`pchilik kompozisiyalarning muhim qismi sifatida foydalaniladi. U ayniqsa, natyurmortlarni ishlashda ko`p qo`llanadi. Keng qamrovli mazmun mohiyatga ega bo`lgan natyurmort kompozisiya asarlarida va shuningdek o`quv mashqlarida ham xona ichi tasvirlanadi. Unda esa albatta kompozisiyaning barcha qonun-qoidalari va amallariga rioya qilinishi taqoza etiladi. Bunda uning chiziqli perspektiva qurilishi, fazoviy holatlari, atrof-muhit ko`rinishi realistik tarzda, metodik izchillikdan bilimdonlik bilan aks ettirilishi lozim. Agar kompozisiyaning biror- bir unsuri e`tiborsiz qoldirilsa, unda umum tasviriy jixatlari bo`sh, ta`sirsiz chiqib qolishi mumkin. Masalan, natyurmort kompozisiyalaridan atrof-muhit, fazo holatlari muhim hisoblanib, ularni ifodali tasvirlash orqali mavzuni belgilovchi zamonaviylik hamda vaqtni, asar ishlangan paytdagi fasl xususiyatlariga dovr aniq, tiniq ko`rsatib berishi mumkin. Mazmuni chuqUr va qiziqarli chiqishi natyurmort qo`yilib tasviri etilayotgan xona ichi ya`ni interyerning qanday yoritilganligi, undagi buyumlarning qanday joylashganligiga ham bog`liqdir. Chunki ular orqali kompozisiya g`oyasini yanada teranroq ochib berish imkoniyati tug`iladi. O`sha har biri o`zicha muhim bo`lgan narsalar orqali vaqt mezonlarini, davr xususiyatlarini ham to`liq badiiy tarzda ifodalash mumkin. Odam qiyofasini interyerda aks ettiradigan kompozisiyalarda ham vaqt, fazoviy holatlar, atrof-muhit tasviri orqali ko`rsatib beriladi. Chunki ular kompozisiyadagi rangdorlik tus-rang munosabatlarini, ta`sirchanlik va mazmunni belgilovchi komponentlar sifatida yuzaga chiqadi. Ma`lumki o`quv mashqlaridan, kompozisiya chizish jarayonlarida bu muhim omillar aslo unutilmasligi lozim.
Chunki ular kompozisiyaning o`lchamini, tomonlarining rang va to`q - ochlik, demakki, tus munosabatlarini, yaxlitlik va muvozanatlarini belgilab, muallif o`z oldiga qo`ygan g`oya tasvirini yuzaga chiqarishda yordam beradi. Mazmunning tushunarli, lo`nda, qiziqarli chiqishida xizmat qiladi.
Xona ichini kompozisiyaning bir komponenti sifatida tasvirlash ham oson emas. U ko`pincha tasvir etilayotgan voqelikning yordamchi bir foni vazifasini o`tasada, unga muhim bo`lak sifatida yondoshilishi kerak. Masalani, interyerni chiziqli perspektiva holati to`g`ri topilmas ekan kompozisiyaning fazo viy o`lchamlari va ifodaviyligining haqqoniy aks etishi mumkin bo`lmay qoladi. O`z navbatida atrof-muhit ham kompozisiyaning umumiy g`oyaviy mazmunini belgilovchi unsurlardan biri hisoblanadi.
Yuqorida keltirib o`tilgan ma`lumotlardan shu narsa ayon bo`ladiki, demak – interyer, fazo, atrof-muhit va vaqt kompozisiyasining mazmunli chiqishida muhim rol o`ynovchi, o`zaro bir-biri bilan bog`liq holda tasvirlanadigan zarur kompozisiyaning faktorlari ekan. Shu sababdan ularning tasviriga katta e`tibor bilan yondashish zarur. Interyerda aks ettiriladigan har turli kompozisiyalarni bajarishdan avval albatta ko`plab yordamchi eskizlar, qoralama-lafha suratlar ishlanishi kerak. Ulardan foydalangan holda kompozisiyada xonaning qanday qismi tasvir etilishi topiladi. Perspektiva ko`rinishining qurilishi tahlil etib belgilab olinadi. Bunda albatta rang, fazoviylik holatlari tus, soya-yorug`lik munosabatlari orqali ifodalanadi.
Rangtasvir mashg`ulotlariga tayyorgarlik
Ishni boshlashdan oldin albatta yosh rassomlar natura bilan obdon tanishadilar va o`zlariga yoqadigan joy tanlab, vazifani bajarishga kirishadilar, o`zlarini ishga tayyorlaydilar. Qo`yilgan vazifalarni bajarish uchun ulardan yaxshi kayfiyat bo`lishi bilan birga shu vazifani uddalay olishga qattiq kirishish kerakligi tushunchasi ham bo`lishi darkor. Ishga sovuqqonlik bilan qarash yaxshi natija bermaydi.
Chizuvchi yangi ishni boshlashdan oldin shu natura haqida kengroq tushuncha olmog`i, uning tarixi, badiiyligi, konstruktiv tuzilishi, yaxlitligi haqida fikr yuritmog`i, bundan tashqari naturani bir nechta ko`rinishda ishlangan namunasi bilan tanishmog`i kerak. Ishga kirishishdan avval natyurmort haqida keng va batafsil tushuncha olib o`zlari uchun mustaqil ish rejasini yaratadilar.
Natyurmortning chiziqli tasviri. Natyurmort postanovkasini maqsadga muvofiq o`rnatib olgandan so`ng, uni metodik izchillikda tasvirlashga o`tiladi.
Qo`yilgan natyurmortning asosiy g`oyasini surat tekisligida tasvirlab berish uchun, ya`ni natura bilan tasvir o`rtasida to`la o`xshashlikka erishish uchun tasviriy san`atning ifoda vositalari bo`lgan kompozisiya, perespektiva, yorug`-soya va rangshunoslik nazariyalarini puxta bilish va ularni amalda qo`llay olish talab qilinadi. Alohida narsalarni asliga qarab tasvirlash vaqtida bilim va ko`nikmalar hosil bo`ladi. Lekin natyurmort ishlashda vazifalar ancha murakkablashadi. Endi vazifa bitta narsani emas, bir necha narsani o`zaro bog`lanishida qismlarni bir-biriga mos bo`lgan yaxlit tasvirlab ko`rsatishdan iborat bo`ladi. Shuning uchun amaliy ishning ketma-ket bosqichlar bilan olib borish maqsadga muvofiqdir.
Avvalo, qo`yilgan natyurmortni diqqat bilan kuzatib, uni tahlil qilib olinadi. Kompozisiyani ijodiy masalalari, asosan postanovka (natyurmort tuzish) qo`yish vaqtida hal etilgan bo`ladi ya`ni natyurmort qismlari o`rtasida uzviy bog`lanish bo`lib, hamma narsa birgalikda, yaxlit bo`lib ko`zga yaqqol tashlanib turmog`i lozim. Lekin unga har xil nuqtalardan qaraganda umumiy ko`rinishi ham, qismlarning o`lchamlari va nisbatlari ham o`zgarib boshqacharoq ko`rinib qolganini sezamiz. Demak, natyurmort tasvirining ta`sirchan bo`lishi va undan ko`zlangan maqsadga to`la erishish uchun qo`yilgan natyurmortga nisbatan eng qulay va qiziqarli ko`rish nuqtasini topish kerak. Buning uchun har hil joyga o`tirib yoki turib, naturaga yaqinlashib yoki uzoqlashib qarab ko`rish kerak bo`ladi. Bunda har gal kuzatuvchi ko`zlarning balandligi o`zgarishi bilan birga ufq chizig`i va ko`rish markazi o`zgarib turadi. Qo`yilgan natyurmortga nisbatan eng yaxshi ko`rish nuqtasini topib, ufq chizig`ini shunga muvofiq belgilab olish muhim ish bo`lib, tasvirning umumiy kompozisiyasi ko`p jixatdan unga bog`liq. Natyurmort tasvirini surat tekisligida to`g`ri joylashtirish bir qator masalalarni hal etishni talab qiladi. Shuning uchun ishni boshlashdan oldin bir necha hajmli xomaki rasm bajarib ko`rish maqsadga muvofiqdir.
Chizilgan eskizlardan eng muvaffaqiyatli chiqqanini tanlab, shu asosda katta orginal tasvir boshlanadi. Endi originalni surat tekisligiga nisbatan qanday kattalikda olinishiga alohida e`tibor berilishi loim, chunki ayrim narsalar tasviri juda kata bo`lib ketib, hamma predmetlar sig`may qolishi mumkin. Yoki narsalar tasvir formatga nisbatan juda kichik bo`lib qolib trofida bo`sh joy qoldirilsa, natyurmortning ma`nodorligi yo`qoladi.
Tasvirni qog`oz yuzasida to`g`ri joylashtirish masalasi hal bo`lgan har qanday tasviriy san`at asarining poydevori bo`lgan chiziqli rasmni boshlasa bo`ladi. Qo`yilgan natyurmortning umumiy holati, prinsiplari aniqlangach, qog`oz yuzasida uning umumiy o`lchamlari yengilligi va balandligi yengil-yelpi chiziqlar bilan belgilab chiqiladi. Har bir narsaning umumiy shakli qismlarning nisbiy o`lchamlari va va predmetlarning asoslari orasidagi masofalar ham ohista chiziladi. Bu ishlar qalamni qog`oz yuzasida tez-tez yurg`azib, natyurmort bilan taqqoslab turib bajariladi. Har qaysi predmetning o`zicha shakli, kata-kichikligi, tutgan o`rni aniq bo`lgandan keyin, ularning tuzilishini tahlil qilib, sinchiklab kuzatib, u shakllardagi perspektiv qisqarishlar kuzatiladi. Predmetlarning shaklini tahlil qilish chiziqli rasm ishlashda g`oyat ma`suliyatli bosqichdir, chunki u rasm ishlovidan mantiiqiy fikr yuritishni va obrazli tasavvur qilishni talab etadi.
Mashxur rus pedagogi va rassom P.P.Chistyakov: «Rasm solmoq fikr yuritmoq demakdir»-deb bejiz aytmagan. Har bir o`tkazilgan chiziq qandaydir aniq fikrning ifodasi bo`lmog`i lozim. Shunda narsalar shakli. qismlari orasidagi mutanosiblikni, konstruktiv tushunishni osonlashtiradi. Ayrim narsalarning konstruksiyasi deganda uning qismlari orasidagi ichki bog`lanishlarni, tashqi ko`rinishini ifodalovchi sinchini tushunishi kerak.
Predmetlarning surat teksligida joylashtirish vaqtida, albatta ularning asoslarini to`la chizib chiqish kerak. Bu tadbir har qaysi predmetning o`rnini va alohida narsalar o`rtasida qolgan masofani to`g`ri ifodalashga yordam beradi. Shunday qilinganda ba`zi narsalarning «muallaq» bo`lib qolishi yoki bir narsaning ikkinchisiga o`yib kirgandek tuyulib qolishiga yo`l qo`ymaydi. Umuman, hajmdor narsalarning rasmini chizganda, ularni shishadan yasalgan tiniq deb faraz qilib, uning ko`zga yaqqol ko`rinmaydigan jihatlarini ham bilinar-bilinmas chizib chiqish maqsadga muvofiqdir. Chiziqlar vositasida hajmlarning chegaralarini belgilash bilan birga ularning shakllarini yanada aniqroq bo`lishiga erishishning yana bir yo`li yirik shtrixlar bilan shaxsiy va tushuvchi soyalarni qoralab olishdir. Bu tadbir narsalarning mutanosibligini yanada ta`kidlash va shakllarini aniqroq tasvirlashga olib keladi.
Natyurmortdagi narsalarning fazoviy holati va hajmini realistik tarzda tasvirlash uchun ularning qay holatda turganini aniq chizish bilan bir qatorda perspektiva va yorug`-soya qonunlarini puxta bilish va ularni amalda qo`llash yuzasidan ma`lum ishlar olib borish kerak bo`ladi. Predmetlar shaxsiy va tushuvchi soyalarning chegaralari topilgandan keyin, har bir narsaning yorug` soya, siyrak soyalari birma-bir ranglar yordamida ishlab chiqishga o`tiladi. Har bir narsaning hajmdorligi va materialni haqqoniy qilib tasvirlash uchun natura bilan tasvirdagi soya, yarim soya va reflekslarning nisbiy munosibligiga erishishga harakat qilish kerak. Buning uchun esa natyurmortdagi eng to`q soya yorug` yerlarni aniqlab olib ana shu eng to`q soyadan boshlash lozim. Ana shu paytda natyurmort rangiga xos umumiy och to`qlikni to`g`ri aniqlash g`oyatda muhim. Buning uchun natyurmort yoniga bironta qop-qora narsa qo`yib qaralsa, eng quyuq soya ham unga nisbatan oqishroq bo`lib ko`rinadi. Agar shu narsa natyurmort tarkibida bo`lganda, qoralashni o`shandan boshlash va qora qalamni bor imkoniyatidan foydalanish lozim bo`ladi. Natyurmortdagi hech bir narsa qoraligi baxmalga teng kelmasligini hisobga olib, soyalarni bir oz kuchsizroq tonlarda berishimiz kerak. Xudi shu yo`l bilan natyurmortdagi eng yorug` yerning och-to`qligi darajasini aniqlasa bo`ladi. Endi natyurmort yoniga aniq narsa, oq qog`oz parchasi yoki bir bo`lak bo`r qo`yilsa bas, natyurmortdagi eng yorug` dog`ni ham taqqoslash imkoniyati tug`iladi. Alohida peredmetlarning yorug` va soya yerlarni taqqoslash vaqtida albatta, ularni fonga nisbatan qanaqa ko`rinib turganini aniqlash zarur. Odatda, peredmetning soya tomonidagi fon ochroq, yorug` tomonidagi esa, aksincha to`qroq ko`rinadi. Bu yorug`lik kontrasti bo`lib, rasm chizilganda uni albatta hisobga olish kerak. Predmetning yorug` tomonidagi to`qroq, soya tomoni ochroq qilib tasvirlash, natyurmortdagi yorug` va soyalar qarama-qarshiligini yaqqol ko`rsatishga yordam beradi. Narsalardagi soya, yarim soya, refleksning har birini och-to`qlik darajasiga monand qator o`ziga xos ranglar bilan ranglar chiqish, chiziqlarning va aynan shu narsaning shakliga monand ranglar yo`nalishni topishga harakat qilish kerak. Masalan: silindirsimon idishning hajmdorligini ifodalash vaqtida soya va yarim soyalarni pala-partish chizib tashlansa, uning silliq yumaloq sirtini aniq ko`rsatib bo`lmaydi.
Yumaloq sirtning har bir bo`lakchasi yorug`dan – soyaga o`tishda asta – sekin ranglari to`qlashib boradi. Lekin eng qo`yuq soya peredmetning chekkasida bo`lmay, markaz tomonga bir oz surilgan bo`ladi, chunki eng chekkada uning yonidagi narsadan yoki tekislikdan aks etgan nurlar, tekslikda aks etgan nurlari bilan yoritilgan joy refleks bo`ladi. Narsaning yorug` qismi o`rtasida dog` ko`rinadi. Bu blikdir. Sirtlarni silliq shisha, metal buyumlarida blik yaltirab turadi. Hamma narsaning hajmdor shakliga diqqat bilan ishlov berilgach, natyurmort ishlashning oxirgi bosqichiga o`tiladi. Natyurmortning rangda tasvirlash jarayoni quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi.
Q
39
o`yilgan natyurmortni sinchiklab tahlil qilish;
Surat tekisligida tasvirni joylashtirish;
Har bir peredmet o`lchamini perspektiva qoidalari asosida taqqoslab belgilash.
Narsalarning hajmdorligini yorug` va soyalarini rang fazoviy perspektivasi orqali ifodalab berish. Tasvirdagi yorug` soya reflekslarni ranglar nisbatini topib, ularni natura bilan munosabatini ifodalash;
Rasmni umumlashtirish, ortiqcha joylarini yo`qotib ton nisbatlarini tekshirish, kompozisiya markazini ranglar yordamida bo`rttirib ko`rsatish.
Hajmga ega bo`lmagan predmetlar.
a) to`g`ri to`rtburchak shaklidagi predmetlar: daftar, papka, kitob va b.
b) kvadrat shaklidagi predmetlar: dastro`mol, shaxmat doskasi,b.
v) uchburchak shaklidagi predmetlar: chizg`ich, bolalar bayroqchasi,b.
g) aylana, doira, shar shaklidagi predmetlar: lagan, g`ildirak, childirma va b.
d) tabiat mahsulotlari: daraxt barglari, gullari.
ye) aralash shakldagi narsalar: o`yinchoq, baliq, bolg`a, belkurak, arra va b.
Hajmli predmetlar.
a) geometrik shakllar: kub, silindr, konus va b.
b) geometrik shakldagi predmetlar: chelak, qozon va b.
v) tabiat mahsulotlari: qovun, tarvuz va b.
g) aralash shakldagi predmetlar: obdasta, vaza va b.
Natural ko`rgazmali qurollar sifatida shartli ravishda hajmsiz deb qabul qilingan yupqa, shuningdek hajmli silindr, konus, shar shaklidagi predmetlar kiritiladi.
Tasviriy ko`rgazmali qurollar sifatida esa natyurmort asarlarining reproduksiyalari, tablisalari, fotografiyalari, deopozitivlardan keng foydalanish mumkin.
Narsani o`ziga qarab rasm chizish mashg`ulotlarida foydalaniladigan ko`rgazmalarni quyidagi turlarga ajratiladi:
1. Turmushda va mehnatda qo`llaniladigan predmetlardan tuzilgan ko`rgazmali qurollar;
a) uy va mehnat qurollari;
b) tabiatdan olingan narsalar.
2.Modellar:
3. Qog`ozda tasvirlangan rasmlar;
a) Biron-bir predmetni chizish bosqichlari yoki rangda ishlash bosqichlari ko`rsatilgan rasmlar;
b) tugallangan ishni xarakterini ko`rsatuvchi rasm.
Chizdirishga mo`ljallangan predmetlardan shundaylarini tanlab olish kerakki, shakli, rangi, tuzilishi aniq bilinib tursin. Shundagina talabalar predmetlarning bu asosiy belgisiga e`tiborni qaratadilar. Chizish uchun narsalar tanlashning eng muhim tomonlaridan biri uning shakli, rangi va fazoviy holatini hisobga olishdan iboratdir. Predmetlar o`ziga yarasha ma`lum tuzilishga, og`irlikka va o`ziga xos xarakterli yuzaga ega, qaysiki, biz ularni bu belgilari orqali idrok qilamiz, farqini yoki o`xshashligini topamiz va ularni tasvirlaymiz.
Chizish uchun natura tanlashda va uni tahlil qilishda, albatta shu narsani bolalar hayotida tutgan o`rniga e`tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir.
Ko`rgazmali qurollarning mohiyati va uni o`quvchilarga to`g`ri yetkazish maqsadida narsaning tuzilishini tahlil qilish va ularni solishtirishga to`g`ri keladi.
Solishtirish metodi predmet va hodisalar o`rtasidagi farq va o`xshashlikni aniqlashga xizmat qiladi.
Solishtirish vositasida narsalarning natural obrazi shakllanadi. Solishtirishda, avvalo, asosiy farqni topish, so`ngra o`xshash belgilarini angiqlash maqsadga muvofiqdir. Solishtirishda predmetlarning o`zi va rasmlar orqali o`tkazish mumkin.
Biroq amaliy solishtirish jarayoni ma`lum qiyinchiliklar bilan bog`liq bo`lib, hattoki oddiy kuzatish bilan uni butunlay amalga oshirib ham bo`lmaydi. Agarda biz har xil uzoqlikda joylashgan hamma predmet va ob`yektlarni bir vaqtning o`zida aniq ko`ra olganimizda edi, solishtirish ancha yengil ko`chgan bo`lar edi.
Solishtirishda predmetlarning o`lchovlari, ranglarning ochlik-to`qlikdagi va ranglardagi o`xshashlik hamda farqlarni uzoqdan ko`rib aniqlash, so`ngra solishtirib ularni bir vaqtning o`zida bir xil aniqlikda ko`rishimiz kerak bo`ladi.Buning uchun iloji boricha o`sha predmetlarga bitta-bitta, lekin tez-tez bir necha bor qarash kerak bo`ladi. Shu vaqtda narsalar aniq emas, umumiy ko`rinadi.
Bunday qarashda predmetlar to`plash xira idrok qilinsa ham, biroq ularni yaxlit ko`rish uchun sharoit yaratiladi.
Narsaning o`ziga qarab rasm chizishda, avvalo, chiziladigan narsaning shakli, tuzilishi, rangi, o`lchovlari sinchkovlik bilan kuzatiladi. Narsalarning rasmini chizishda ma`lum tartibga rioya qilish kerak. Avvalo narsa rasmini qog`oz yuziga to`g`ri joylashtirib olinadi. Bunda chiziladigan narsaning o`lchoviga qarab qog`oz belgilanadi.
Rasm chizish narsaning bo`yi va enini qog`oz betiga belgilab olishdan boshlanadi. Agarda rasm chiziladigan narsa simmetirik bo`lsa, avvalo o`q chizig`i chizib olingani ma`qul. So`ngra narsaning eni, bo`yi va shakli yengil chiziqlar bilan belgilab olinadi.
Rasm chizishda narsaning yirik bo`laklari chizib olinadi, so`ngra mayda bo`laklariga o`tiladi. Ish yorug` soyalarni tasvirlash bilan yakunlanadi.
Yorug` deb biz narsani shu`la tushib turgan qismiga aytamiz. Ko`pincha yorug`ning o`rtasida yaltiroq qismi bo`ladi, bu blik deyiladi. Narsaning eng to`q yeri soya deb ataladi. Bir narsadan ikkinchi narsaga o`tgan aks tasvir refleks deb yuritiladi.
Soyalar ikki xil bo`ladi: shaxsiy soya va tushuvchi soya. Narsani o`z tanasida joylashgan soyasiga shaxsiy soya deyiladi, bir narsadan ikkinchi narsaga tushayotgan soyani tushuvchi soya deb yuritiladi.
Tugallangan rasm chizishdan tashqari rang orqali qisqa muddat (etyud) xomaki rasm ham tayyorlanadi, unda qisqa muddat ichida tez-tez narsani o`ziga qarab ishlanadi.
Natyurmort ishlash jarayonida chizuvchilar narsalarni shakli, tuzilishi, rangi va shu kabi xususiyatlarini bir-biridan farqi va o`xshash tomonlarini solishtirish orqali aniqlashni o`rganadilar.
Shuningdek, narsaning qaysi geometrik shakliga xos ekanligini aniqlagan holda ularni perspektiv jihatdan tasvirlash yuzasidan bilim va malakalar hosil qiladilar.
Bu mashg`ulotlarning kishilar uchun eng zarur xususiyatlaridan biri xotirani mustahkamlaydi. Narsaga qarab rasm chizishda fazoviy tasavvur va tafakkur o`stiriladi.
Narsaning o`ziga qarab rasmini chizish malakalarini hosil qilish ikki bosqichda oshiriladi. Bular:
Shakli va tuzilishi murakkab bo`lmagan yakka narsalarni o`ziga rasmini chizish. Bunday narsalarni o`ziga qarab rasmini chizishda ularning hajmini va perspektiv qisqarishini maqsad qilib qo`yilmaydi.
Shakli va tuzilishi murakkabroq bo`lgan narsalarning to`plamini o`ziga qarab rasmini chizish. Bunda narsalarni hajmini perspektiv qisqarishda tasvirlash shart qilib qo`yiladi. Natyurmort tuzish uchun xalq amaliy san`ati buyumlari, idishlar, meva va sabzavotlar va x.k. ham tavsiya etiladi.
Chizish uchun natura predmetlar tanlashda predmetlarni tashqi ko`rinishi haddan tashqari bezakdor bo`lmasligi kerak. Ortiqcha bezak naturadagi yorug` soyalarni idrok etishni qiyinlashtiradi.
Orqa fon uchun tanlangan matolar gulsiz, silliq yuzali bo`lgani maqsadga muvofiqdir.
Akvarelda rangtasvir ishlash bosqichlari.
Rasm chizishni boshlashdan oldin ishni reja asosida bo`limlarga ajratilgan holda, bosqichma-bosqich bajarish kerak.
Ishni bir-biriga bog`liq bo`lgan quyidagi bosqichlardan olib boriladi:
Rasmning kompozision yechimi.
Rasmni qurish.
Rasmga shakl berish usuli.
Ishni yuqoridagi bosqichlar asosida olib boriladi. Har bir bosqichda ishni alohida tugatib, boshqasiga o`tish mumkin. Chunki, har bir bosqich o`zicha alohida vazifani ado etadi. Rasm chizish davomida ishdagi xato-kamchiliklarni to`g`rilab borish kerak. Shundan so`nggina ishni oxirigacha olib borish, aniqlik kiritish oldingi holatlarni tuzatish talab qilinadi.
Har bir rassomning uzoq yillar ijod qilishi natijasida uning ijodida o`ziga xoslik yoki o`zini ijodiy uslubi paydo bo`ladi.
Endi yosh talabalarga kelsak, ularning kompozisiya haqidagi bilimlarini har bir mashg`ulotda boyitib boradi. Kompozisiyaning qoidalari, simmetriya, assimmetriya bilan tanishish talabalar uchun kelgusi ijod ishlarida juda zarurdir.
Masalan, rasm tasvir tekisligining o`rtasida bo`lsa, bu badiiylikdan uzoqlashgan hisoblanadi. Shuning uchun har bir chizuvchi rasm kompozisiyani to`g`ri farqlab, kompozision talablarga to`la-tekis javob beradigan darajaga yetishish kerak.
Bu degani:
1.Tasvir tekisligidan shunday foydalanish kerakki, undagi rasm juda yirik va mayda bo`lib qolmasin;
2.Kompozisiyani bo`linib qolishidan saqlash, ya`ni tekislik yuzasidagi tasvir ikki yoki uchga bo`linib ketmasin;
3
43
.Kompozisiyani shunday qurish kerakki, undan biror qismini olish yoki biror qismini qo`yish mumkin bo`lmasin;
4.Kompozisiya markazini topish-bu kompozisiyaning ma`nosi va xarakterini belgilaydi.
Rasm chizishga qo`yiladigan talablardan biri, kompozisiya qoidalariga mos tushadigan qoida: irodalilik, yaxlitlilik, haqiqiylik, ma`nolilikdir. Rasmni qog`oz betiga joylashtirishning bir necha xarakterli va zaruriy usullari bor.
Shulardan birini ko`ramiz:
1-usul. «Darcha» usuli. Bir parcha qog`oz olib, uning o`rta qismida to`rtburchak shaklida darcha ochiladi. Shu ochilgan teshikning shakli rasmga mo`ljallangan qog`ozni shakliga o`xshash bo`lishi kerak. Shu darcha orqali naturaga qaraymiz
2-usul. «Rom» usuli. Bunda talaba qo`yilgan naturani yaxshilab o`rganib oladi. Har tomondan qaraydi va rasm uchun mo`ljallangan qog`ozni yuqori qismiga shu naturaning kichraytirilgan kompozisiyasini chizadi, lekin ish yuzasidan izlanishda davom etadi va nihoyat eng ma`qul kompozisiya yechimi topilgach, uni rom bilan o`raydi.
3-usul. «Universal» usul. U yerda talaba «Darcha» yoki «Rom» usulini qo`llamasdan ish to`g`ridan-to`g`ri katta qog`ozga ko`zda chamalab kompozisiyani chizish va naturani yaxlitlik holatini yo`qotmasdan ishni kompozisiya yechimini topishdagi bosqich bilan yakunlaydi.
Rasmni qurish
Rasmni qurish mehnat talab ish jarayoni bo`lib, birinchi galda ishning kompozisiyasini topish bilan boshlanadi. Ushbu bosqichda, albatta chizayotgan talaba buyumning qog`oz yuzasidagi o`rni va bo`laklarini o`zaro katta-kichiklik o`lchamlarini hisobga oladi. Ishni shunday tugallash kerakki, unda yaxlitlik va umumiylik bo`lishi zarur. Rasm chizishni endi o`rgana boshlaganda «Darcha», «Rom» usulidan foydalaniladi. Katak ichiga olib chizish ilk o`rganuvchilar uchun zarar keltirishi, ularda chamalab chizish, naturani his qilish qobiliyatini kamaytirishi ham mumkin.
Endi rasm chizishning «Universal» usulini ko`rib chiqamiz. Universal usul chizuvchidan yig`inchoqlikni, diqqatni bir joyga to`plash kabi xislatlarni talab qiladi. Chizuvchilar naturaga qarab rasm chizishda hamon bir kasallikdan qutula olmaydilar, ya`ni naturada asosiy deb hisoblanmagan mayda qismlarni chizishga ko`pincha berilib ketadilar. Bu esa naturada asosiy katta bo`lak
hisoblangan buyum shaklini ko`rsatishda yoki umumiy tasavvur qilish yoki naturani butunligicha yaxlit his qilishdan uzoqlashtiradi.
Rasmni qurishda (perspektiva) qoidalari.
San`atshunoslik fakultetiga kiruvchi abiturent perspektiva bilan yaxshi tanish bo`lmog`i lozim, uni o`zlashtirgan kishi rasm chizishda ham ijobiy natijalarga erishadi. «Ko`z oldiga keltirish» va «yoddan chizish» kabi vazifalarni qiynalmay bajara oladigan bo`ladi.
Perspektiva san`atini egallamay turib, savodli rasm chizish mumkin emas. Perspektiva asosan chizma geometriya kursida to`liq fan sifatida o`qitiladi.
Perspektiva rasm chizishni boshlashdan, ya`ni «qurish» da asosiy rol o`ynaydi. Har bir rasm chizuvchi narsani o`ziga qarab chizayotganda u chizayotgan har qanday buyum chizuvchining ko`rish nuqtasi joyiga nisbatan o`zgarib ko`rinadi.
Shakl berish
Buyumlarni hajmli tasvirlash rangtasvir mashg`ulotlarida eng asosiy o`rinni egallaydi. Shu sababli har bir chizuvchi mashg`ulotlarda o`zining kompozisiyasi bo`yicha buyumlarning shaklini berish usulini tanlaydi. Qo`yilgan naturani chizishga kirishishdan avval uning konstruktiv tuzilishi va shakli bilan chuqurroq tanishib, tahlil qilib ish boshlansa, qo`yilgan maqsadga erishish osonroq bo`ladi.
Bizga ma`lumki, rasmda soya yorug`likning qattiq yumshoqligi turlicha bo`lgan qalamlar bilan buyum teksliklarini tus (shtrix) berib yopish bilan olib boriladi.
Chizish paytida naturani surat tekisligi yuzasida kompozision joylashishini topish, uning soya yorug`lik holatini to`g`ri hal qilish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Rassomlardan ayrimlari naturani avval chiziqli qilib qurib chiqish kerak, keyin tuslashga kirishiladi deydilar. Bu usulda bajarilgan ish toza va pishiq chiqadi. Yuqoridagi fikrlardan xulosa qilib, shuni aytish kerakki, tasvirni konstruktiv qurish davomida unga tus berish ham qo`shib borilsa, naturani soya yorug` chegarasi aniqlanib, naturaga shakl berish badiiy idrok bilan qo`shib olib borilgan bo`ladi. Geometrik modellarni tasvirlashda bu usul yaxshi natija beradi. Natura sun`iy yorug`lik bilan yoritilib ishlanadi. Bu esa naturada soya yorug`ni o`zgartirmasdan uzoq vaqt ishlash imkonini beradi. Ayrim hollardagina, ya`ni tirik natura rasmini chizish davomida yorug`lik ba`zan o`zgarishi mumkin. Yorug` soya chegarasi ham chizilayotgan narsani to`g`ri qurish uchun tayanch nuqtasi hisoblanadi.
Ishning borishida buyumning umumiy yaxlit shaklini topish zarur, maydalashtirish kerak emas. Ayniqsa, tajribasi kamroq chizuvchi tezroq ishni tugatishga harakat qilib xatolikka yo`l qo`ydi, shuning uchun ular yaxlitlikni yo`qotmaslik usullarini o`rganishlari shart. Buning uchun yupqa mato ustidan natura ko`riladi.
Ishda kompozisiya qurish to`g`ri topilgach, chizuvchi mayda bo`laklarni ishlashga, ya`ni umumiylikdan bo`laklarni aniqlashga o`tiladi. Qachonki, bo`laklar aniqlab ishlangach, yana ishning yaxlitligi ko`riladi.Bu usul maydadan yirikka qaytish deyiladi.
Ishning oxirida natija shunday bo`lishi kerakki, hamma mayda bo`laklar bir yaxlitlik hosil qilsin.
Tugallash.
Eng mas`uliyatli bosqich chizuvchi uchun hamma bosqichlarni muvaffaqiyatli yakunlashdir. Ishning kompozisiiion qurilishi va shakl berish ko`zdan kechiriladi, tonjihatdan natyurmortni yaxlitligiga e`tibor qaratiladi. Ishning tugallanganligini ko`pchilik bilan tahlil qilish foydalidir. Xato va kamchiliklar tuzatiladi, tayyor ishni yaxlitligini ta`min etishga o`tiladi.
RANGTASVIR ISHIGA QO`YILADIGAN TALABLAR.
Rang bilan ishlangan natyurmortga quyidagi talablar qo`yiladi:
- tasvir qog`oz yuzasiga to`g`ri joylashtirilganligi;
- tasvirlangan buyumlarning o`zaro nisbatlari to`g`ri olinganligi;
- chiziqli tasvir to`g`ri topilganligi;
- buyumlarning naturadagidek ochlik-to`qlik nisbatlari ranglar yordamida to`g`ri ifoda etilganligi;
- tasvirdagi soya va yorug`lik nisbatlarining och-to`qligi to`g`ri ifoda etilganligi;
- tasvirdagi ranglarning soya va yorug`lik ranglar nisbatlari yorug`lik kuchiga mos tasvir etilganligi;
- natyurmortdagi buyumlarning lokal rang to`qligi to`g`ri topilganligi;
- natyurmortdagi har bir buyumning materialiga mos ranglar yo`nalishi tanlanganligi;
- har bir buyumning hajmi ifoda etilganligi;
- naturaga qo`yilgan buyumlar o`rtasida rang perspektivasi masofa erkin ifodalanganligi;
- akvarelda ishlash texnologiyasidan unumli foydalanganligi;
- natyurmortda ishtirok etayotgan ranglarning eng yorug` va eng to`q joy berilganligi;
- umumiy yaxlitlik topilganligi;
- soya yorug`, aks shu`la, yarim soya, blik va tushuvchi soyani rang vositalarida mohirona tasvirlanganligi;
- ichki qismi to`liq va bo`sh bo`lgan buyumlarni farqli tasvirlanganligi;
- barcha buyumlarning o`z predmet tekisligiga to`g`ri joylashtirilganligi;
- aylanasimon buyumlarni umumiy simmetrik qurilishini ta`minlanganligi.
Natyurmortni umumiy holda tahlil etishda, avvalo, qo`yilgan natyurmort, so`ng tasvir baholanadi. Tasvirlangan barcha elementlar yaxlitlikka bo`ysundirilganmi, kompozision umumiylikdan ajrab qolmaganmi, o`zining o`rnini topganmi, natyurmortning umumiy yorug` toni buzilmaganmi? Bu savollar eng oxirgi bosqichda beriladi.
So`zsizki, barcha kartina va polotnolarda chiziqli yechim topib olingandan so`ng, bo`yoqlar bilan ishlashga o`tiladi. Natyurmort elementlari orasidagi ranglar uyg`unligi ochlik-to`qlik nisbatlarini to`g`ri aniqlab olish maqsadida «alla-prima» usulida yoki oqizib ishlash yoki turli yengil mazoklar bilan to`liq nisbatidagi farqlikni tasvirlab olish usulidan ham foydalaniladi. Bu yerda ham yuqorida aytib o`tilgan oxirgi bosqich bilan ish tugallanadi. Natyurmortlar xoh qalamda, xoh rangda ishlansa ham avvalo muvaffaqiyatli tasvirlay olish ko`nikmasini tarkib topishiga yordam beradi.
Rangshunoslik fani atamalari va iboralarining izohli lug`ati
Kvarel
|
-(fransuzcha -aquarelle, lotincha - aqua- suv, suvda tez eriydigan va yuviladigan mayin va shaffof bo`yoq.
|
Aktiv ranglar
|
-ruhni tetiklashtiruvchi iliq ranglar.
|
Alaya-prima
|
-birlamchi tasvir. Bir nafasda, qisqa vaqt ichida yaratish usuli, yo`li. Ko`pincha etyud ishlashda va xomaki nusxa va tasvirlar ishlashda qo`llaniladi.
|
Animal-janr
|
-hayvonot dunyosini, jonivorlarni tasvirlovchi tasviriy san`at turi.
|
Anor- rang
|
-rang turi, anor guli rangi.
|
Asosiy ranglar
|
-tabiatda mavjud sariq, qizil va havo rang.
|
Axzar
|
-yashil rang, zumrad rang, Xizr so`zining o`zi ham arabcha bo`lib, «yashil», «yashil bo`lish» ma`nolarini anglatadi. Yashil rang sufiylik ta`limotida ulug` ranglardan biri hisoblanadi. Sharq xalqlarining tasavvurida bu rang hayot ramzidir.U samoviy mavjudotlar bilan bog`liq hisoblanadi.
|
Axromatik rang
|
-grekcha tussiz (rangsiz) demakdir. Ular oq va qora hamda ularning turlicha ko`rinishi bo`lib, bir-birlaridan yorug`lik kuchlari bilan farq qiladi.
|
Badiiy
|
-borliqni, insonni, uning hayotidagi voqealarni, kechinmalarni o`zaro o`xshatish, shakllantirish va ranggo- rang tasvirlash.
|
Badiiy uslub
|
-san`atda qo`llaniladigan uslub.
|
Binafsha
|
-spektr rangi,binafsha rangiga yaqin.
|
Blik
|
-narsalarning eng yaltiroq, shaffof joyi.
|
Bo`yoqlar
|
-bo`yash, rang berish, tasvirlash uchun ishlatiladigan moda.Moyli, sirli, nafis va boshqa turlari bor. Bo`yoqlar o`ziga xos xususiyatlari, rangi va ishlash uslubi bilan farqlanadi.
|
Valyor
|
-rang tus, rang ohangi degan ma`noni bildiradi.
|
Van Deyk
|
-jigarrang.Uni ixtiro etgan XYII mashhur golland rassomi Van Deyk nomiga mansub bo`lib, odatda uni jigarrang deb atamasdan Van Deyk deb ham yuritiladi.
|
Vatman
|
-rassomlik va chizmachilikda ishlati ladigan qalin, oliy nav qog`oz.
|
Gamma
|
-oralarida muayyan munosabat bo`lgan ranglar sirasi, ranglarning shartli tizmasi.
|
Gemma
|
-bo`rtma tasvir, mehr, geometrik unsurlardan tashkil topgan naqsh.
|
Graver
|
-metall, tosh, yog`ochga o`yib rasm ishlaydigan yoki nusxa ko`chirish uchun mo`ljallangan tasvirni tayyorlovchi rassom.
|
Gruntovka
|
-tasvir zaminini tayyorlash.
|
Guash
|
-yelim va rang pigmenti hamda oq bo`yoq aralashtirib tayyorlanadigan, suvda eritiladigan bo`yoq. Rangtasvir badiiy bezash, naqqoshlik, ganch va yog`och o`ymakorligi hamda grafikada keng ko`lamda ishlatiladi.
|
Gummigut
|
-1) Issiq mamlakatlardagi ba`zi daraxtlardan olinadigan va sariq bo`yoq uchun ishlatiladigan shira.
|
Dastgohli san`at
|
-2) Shu shiradan tayyorlangan bo`yoq.
|
Devoriy rangtasvir
|
-tasviriy san`atning bir turi.san`at asarlarini maxsus dastgohlarga o`rnatib qo`yish, ishlashdan kelib chiqqan.
|
Diorama
|
-ko`pincha devorlarga, katta o`lchovda ishlanadigan tasvirlar.
|
Yorug`lik kontrasti
|
-yoysimon yoki yoy shaklida ishlangan. Rangtasvir asari.
|
Yorug`lik nurlari
|
-o`ziga yonma-yon turgan ranglar ta`sirida o`zgarishi.
|
Yorug`lik shu`lasi
|
-ko`p aks etsa rang och tusda, kam aks etganda esa to`q tusda idrok qilinadi.
|
Jaydarirang
|
-yorug`lik nurlarining buyum yuzasida jilvalanishi, shu`lasi.
|
Jigarrang
|
-tasvirlanayotgan narsa, buyumning umumiy rangi yoki yakrang deb ham yuritiladi.
|
Jilvador
|
-jigarning rangiga o`xshash ranglarga jigarrang deyiladi.Ba`zi turkiy xalqlarda qo`gg`ir deb ham ishlatiladi.
|
Zarg`aldoq
|
-rangdor. Ranglarning tasviriy va ifodali vositalaridan mahorat bilan foydalanish asosida erishiladi.
|
Zarhal
|
-spektr rangi, sariq va qizil ranglar uchun oraliq rang hisoblanib, ularning qorishmasidan hosil bo`lgan rang.
|
Zarrin
|
-tillasimon rang.
|
Za`faron
|
-sariq, tiniq sariq. Quyosh nuri ma`nosida ham ishlatiladi.
|
Zumrad
|
-rang turi. Sariq tivitlardan iborat bo`lib, sigaret tamakisini eslatadi.
|
Ijod
|
- yashil tusli qimmatbaho tosh: chiroyli tovlanishi, yaxshi jilvalanishi, shaffofligi bilan ajralib turadi. Akvarel bo`yog`i tarkibidagi (Izumr- Uno`y zeleno`y) zumradga zumrad rang deb aytiladi.
|
Ijodkor
|
-yangilik yaratish jarayoni.
|
Iliq rang
|
-yangilik yaratuvchi, izlanuvchi.
|
Qadimiy
|
-olovni, quyoshni, qizigan jismlrni eslatuvchi sariq, zarg`aldoq, qizil va ularning aralashmasidan hosil bo`lgan ranglar.
|
Karmin
|
-kimyoviy element, yaltiroq va oq metall, bo`yoqlarga qo`shiladigan modda. U yordamida hosil bo`lgan bo`yoq larga qadimiy nomi qo`shib aytiladi.
|
Kobalt
|
-qirmizi, qizil rangning bir turi.
|
Kolorit
|
-ko`k bo`yoqning bir turi, och havo rang, to`q havo rang yoki nilobi deb ham yuritiladi.
|
Kontrast
|
-san`at asaridagi ranglar birikmasi, ularning uyg`unlashib ko`rinishi.
|
Kofuriy
|
-qarama-qarshilik, ranglarning o`zaro qarama-qarshiligi.Bir rangning yonida ikkinchi rangning yanada yorqinroq, chiroyliroq ko`rinishi.
|
Kulrang
|
-oq rang, poklik va halollik belgisi.
|
Levkas
|
-oq va qora ranglar aralashmasidan hosil bo`lgan rang turi.
|
Lessirovka
|
-tasvir ishlash uchun tayyorlangan taglik.
|
Lokal rang
|
-sayqallash, pardozlash kabi rangtasvir uslubi.
|
Lola rang
|
-narsa yoki buyumning asosiy, yetakchi rangi.
|
Mazok
|
-lolagun, lola rangiga yaqin rang.
|
Mayolika
|
-surtma, mo`yqalamda keskin va uzib-uzib ishlash, bunda asosan mo`yqalamning qog`ozda, matoda qoldirgan xarakterli izlari ko`zda tutiladi.
|
Mahobatli
|
-(Malorka orolining qadimiy Maiolcanomidan) sirkor, rangli sopol.
|
rangtasvir
|
-biror binoning peshtoq devorlariga ishlangan katta rangtasvir asari.
|
Marvarid
|
-zeb-ziynat buyumi, inju, durning maydasi. Zargarlik hamda amaliy bezakning boshqa turlarida keng qo`llaniladi. Tarkibida ko`kimtir sariq bo`lgan oq rangning tovlanuvchi ko`rinishiga ham rang deyiladi.
|
Mato
|
-rangtasvir asarini ishlashda foydalaniladigan material.
|
Miniatyura
|
-(italyancha miniatura, lotincha minium qadimda qo`lyozma kitoblarni bezashda ishlatilgan qizil rang). Bu nom ko`pincha bezak va taqinchoqlarga tushirilgan tasvir, shuningdek, ushoq tasvir deb yuritiladi.
|
Molbert
|
-(nemischa Malbrett) – rassom dastgohi, anjomi.
|
Mo`yqalam
|
-qilqalam, rassomlar ishlatadigan yozuv va tasvir quroli.
|
Naturhik
|
-1.Och zangori rang. Nil daryosi suvi, nil daryosi rangi degan ma`noni ham anglatadi.
|
|
-2.Ko`k so`zi turkiy so`z bo`lib, moviy osmonni eslatadigan och zangori rang degani. Sovuq ranglarning biri sifatida qadimdan ajdodlarimiz niqobi rangi ramziy ma`nosida ham qo`llab «yomon ko`z»dan asrash ramzi deb hisoblaganlar.
|
Nilufar
|
-(nilufariy, firuzagun) ko`k rang, moviy rang.
|
Nim sariq
|
-och sariq, bu nima qo`shimchasi ko`pchilik hollarda och ma`nosini beradi.
|
Norajvash
|
-apelsin rangiga yaqin rang.
|
Nofarmon
|
-och binafsha, olma guli rangi.
|
Obraz
|
-qiyofa, siymo, ifoda talqin.
|
Olachipor
|
-rang nomi, tasvirda ranglarning tartibsiz berilishi.
|
Olov rang
|
-otash rang, olov rangiga yaqin iliq rang.
|
Osmoniy
|
- moviy, lojuvard, nilgun,rang nomi.
|
Palitra
|
-(fransuzcha - paletta) rasm ishlayotgan paytda rassom bo`yoqlarini qorishtiradigan yupqa moslama, taxtakach.
|
Panno
|
-tasviriy yoki naqshin namoyon, ko`pincha xonalarni bezatish uchun ishlatiladigan, shuning-dek tashviqot va targ`ibot ishlarida foydalaniladigan rangtasvir asari.
|
Pastel
|
-rangli qalamcha, bo`r. Shu qalam yordamida ishlangan asarlar ham pastel deyiladi.
|
Pigment
|
-turli bo`yoqlar kukuni.
|
Pistoqi
|
-rang turi, pista rangiga yaqin rang.
|
Plakat
|
-tashviqot va targ`ibot maqsadlarida ishlangan rasmlar.
|
Plener
|
-ochiq havo, tabiat, muhit, tabiat manzarasi,tabiat quchog`ida tasvirlash.
|
Polotno
|
-bo`z matoga ishlangan rangtasvir asari.
|
Rang
|
-biror narsaning o`ziga hos bo`yog`i,tusi
|
Rang garmoniyasi
|
-rang uyg`unligi, mutanosibligi bir-biriga muvofiqlanishi, hamohangligi.
|
Rang
|
-to`yinganligi, rangning yorug`lik nurlarini ko`p yoki oz miqdorda aks ettirish xususiyati.
|
Rang intensivligi
|
-ranglarning zichligi, to`yinganligi, rangdorligi, ravshanligi.
|
Rang toni
|
-tusi vazminligi, ranglarni og`irlik va yengillik taassurotini uyg`otuvchi xususiyat.
|
Rang tusi
|
- ko`rinishi:
|
|
1.Rangni,uning bir-biridan farq qiladigan har bir ayrim turini bildiruvchi so`z.
|
anglama
|
2.Rangning xarakterli xususiyatlaridan biri, ya`ni ranglarning to`lqin uzunligiga qarab Aniqlanadigan xossasi.
|
Ranglar
|
-tasviriy san`atda narsalarning bo`yoqLar bilan tez ishlanadigan bir turi.
|
Ranglarning vazminligi
|
-rang majmuasi,ranglarning bir-biriga muvofiq tushishi, o`zaro uyg`unlashuvi.
|
Rangshu-noslik
|
-ranglarning kishida og`ir va yengillik taassurotlarini uyg`otuvchi xususiyati.
|
Rasm
|
-ranglar haqida ta`limotning ham nazariy, ham amaliy tomonlarini o`rganuvchi fan.
|
Rassom
|
-tasvir, shakl, tekis yuzada qo`lda yaratiladi.
|
Refleks
|
-musavvir, suratkash,haykaltarosh,naqqosh, tasvir ifodalovchi mutaxassis.
|
|
-narsa va buyumlar rangining boshqasida aks etishi.
|
Ritm
|
-takrorlanish, rang yoki naqsh unsurini ma`lum tartibda va muayyan oraliqdan bir tekis takrorlanishi.
|
Sangina
|
-(fransuzcha sanguina-qonli qizil) qon so`zidan tashkil topgan atama. Rassomlikda ishlatiladigan yumshoq jigar rang, qizil rang ko`rinishidagi, kaolin va temir oksididan tashkil topgan bo`rsimon qalam.
|
San`at
|
-arabcha atama bo`lib, hayotdagi narsa va hodisalarni badiiy, obrazli tarzda aks ettiruvchi ma`naviy madaniyatning tarkibiy qismi.
|
San`atshunos
|
-san`at tarixi, nazariyasi va uning taraqqiyoti bo`yicha tadqiqot olib boruvchi mutaxassis.
|
Simvol
|
-sharpa tasvir.
|
Sovuq rang
|
-ko`k zangori, yashil, binafsha kabi ranglar.
|
Samoniy rang
|
-samon rangiga o`xshash sariq, tillasimon rang.
|
Soya
|
-Narsalarning yorug`lik tushmaydigan qismidagi ko`rinishi.
|
Suyultirgich
|
-bo`yoqni eritish uchun ishlatiladigan suyuq moda.
|
Tasviriy san`at
|
-(italyancha – terracota –kuydirilgan yer) rangli sirlanmagan sopol,sopol haykalchalar, sopolak.
|
Tush
|
-qora siyoh. Shu vosita bilan ishlangan asar ham tush deyilgan
|
Xromatik kontrast
|
-biror rang tusining u bilan yonma-yon turgan rang ta`sirida o`zgarishi.
|
Xromatik ranglar
|
-muayyan rang tusiga ega bo`lgan bo`yoq:qizil, ko`k, yashil va hokazo.
|
Shtrix
|
-chiziq, chizgi
|
Shu`la
|
-nur.
|
Ekspozisiya
|
-ko`rsatish, ko`rgazma, yoyma. Tanlangan tartib bilan joylashtirilgan muzey. Ko`rgazmaga qo`yilgan buyumlar, san`at asarlari.
|
Etyud
|
- o`rganish, mashq qilish. Etyud san`atining hamma turida mavjud. Tasviriy san`atda esa rassom izlanishlari,mashqlari, arsalarning o`ziga, asliga qarab, odatda biror katta asar yaratish uchun ashyo bo`lib xizmat qiladigan dastlabki tasvir.
|
Yarimsoya
|
-nim soya, narsalarda va tasvirda yorug` bilan soya o`rtasidagi qism.
|
Qo`shimcha ranglar
|
-qizil. Sariq, havo ranglarni qo`shish orqali hosil bo`lgan ranglar, ya`ni asosiy ranglarni aralashtirganda hosil bo`ladigan omuxta ranglar.
|
Qizil
|
-asosiy rang, spektr rangi, qon rangiga yaqin rang.
|
Quroq
|
-turli rangdagi mato, qog`oz parchalaridan yasalgan shakl, tasvir. Kashtado`zlikning maxsus turi bo`lib. u o`ziga xos tayyorlash jarayoniga ega.
|
X u l o s a
Ma`lumki, go`zallik, nafosat sirlarini o`rganish orqali insonlarga xos oliy fazilat-ezgulikka yetaklash borasida boshqa biror soha o`qituvchisi tasviriy, amaliy san`at mutaxassisi bera oladigan vazifani bajara olmaydi. Darhaqiqat, o`quvchi yoshlarni estetik va ahloqiy kamolatga yetkazish, ularga har tomonlama ma`naviy ozuqa berishda tasviriy Amaliy san`at mutaxassisining imkoniyatlari keng.
Mamlakatimiz kelajagi uchun O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning IX sessiyasida qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturning amalga oshirilishi juda muhim ahamiyatga egadir. Chunki ta`lim-tarbiya-ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir.
Eng asosiy maqsad zamonaviy tasviriy san`at o`qituvchisi orqali o`quvchi, yoshlarimizdagi qobiliyat hamda imkoniyatlarni aniqlab, ularni to`g`ri shakllantirish va yuzaga chiqarishdir.
Tasviriy san`at pedagogikasining o`ziga xos murakabliklarini tushunib, uning nozik qirralarini o`quvchi va yoshlarga ulashish mahoratiga ega bo`la oladigan ustozlarni yetishtirib chiqarish.
Dostları ilə paylaş: |