Mavzu: Rangtasvir ta’limni o’qitish jarayonida qo‘llaniladigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, texnik va dasturiy vositalar. Interaktiv doska bilan ishlash. Tarjimon dasturlar


Rangtasvir ta’limni o’qitishda Interaktiv doska bilan ishlash



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə4/4
tarix12.09.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#63575
1   2   3   4
1-Amaliy mashg\'ulot

Rangtasvir ta’limni o’qitishda Interaktiv doska bilan ishlash

  • O’qitish jarayoning samaradorligi yuqori bo’lishining asosiy omillaridan biri fanning ko’rgazmali axborot bilan ta’minlanganligidir. Xozirda o’quvchi turli zamonaviy vositalar bilan qurollangan bo’lishi davr talabiga aylandi. Shuningdek bugungi o’qituvchi o’quvchilariga sifatli ta’lim berishni istasa, turli usul va vositalar bilan birga zamonaviy , ilg’or texnologiyalar bilan ham jihozlangan bo’lishi darkor. Xozirgi kunda biz bilamizki dars jarayonida turli xil multimediya vositalaridan foydalaniladi.Ular dars samaradorligini oshirish bilan birga o’quvchlaming soddaroq tushunishiga zamin yaratadi. Yolci barcha foydalanadigan qo’l telefonlarini olsak: telefonlaming yangi modellari bilan tanishib shu xulosaga keldikki, tugmali telefondan foydalangandan ko’ra sensorli telefondan fydalangan qulayroq. Chunlci undan foydalanish ham oson, ham qulay, bir vaqtning o’zida bir nechta vazifani bajarish orqali vaqtni tejaydi

Xuddi shuningdek o’qitish jarayonini samarali tashkil etishda interaktiv doskaning o’rni beqiyos. Ulaming turlari, ishlash tamoyillari hamda o’qitishni samarali tashkil qilishdagi imkoniyatlari juda yuqori.

  • Elektron interaktiv doskaning afzalliklari:
  • Doskada tushuntirishda yon tomonga turish shart emas.
  • O’quvchi, o’qituvchi doskada ruchka bilan yozish imkoniyatiga ega bo’ladi.
  • Doska sensorli bo’lib tasvirni boshqarish mumkin.
  • Dars jarayonida foydalaniladigan proyektorlar bilan kelib chiqadigan noqulayliklardan holi. Masalan proyektorlarni ishga tushurish, kabellarni ulash vaqt talab etadi. Interaktiv doskani ishga tushirish ma’lum daqiqalarda amalga oshiriladi xolos. Bu esa vaqtni tejab, o’quvchilarga ko’proq ma’lumot berish uchun zamin yaratadi.
  • Internetga ulanib har qanday resurslardan to’g’ridan to’g’ri foydalanish mumkin, boshqa manzil bilan ham bir vaqtning o’zida muloqot qilish ham mumkin. Matematikada slayd usulidan foydalansa ham bo’ladi: geometrik figuralarni tushuntirishda fazoviy usullardan ham foydalanish orqali o’quvchilar tasavvurini oshirish mumkin.
  • Bizning hududda ham yoshlar va aholi o’rtasida texnologiyaning oxirgi usullaridan unumli foydalanib kelinmoqda. Axborot tezligi oshib borayotgan xozirgi zamonda o’quvchilar ham ma’lumot bilan ishlashning oson va qulay usullaridan foydalanishni yo’lga qo’ygan.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin