Iqtisodiy mezon esa axborotning iqtisodiy qadr-qimmati o‘sishini hisobga olishni nazarda tutadi. Yalpi ishlab chiqarishning ichki mahsulotida axborot biznesi ulushining ko‘payishi jamiyat rivojlanishining axborotlashgan jamiyat tomon harakatlanishini bildiradi.Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish darajasini aniqlash uchun olimlar tomonidan “Yalpi raqamli mahsulot” ko‘rsatkichini kiritish taklif qilinmoqda. U axborot texnologiyalari yoki axborot va intellektual tarkibiy qism yordamida iqtisodiy sektorlarda yaratilgan iste’molchi uchun foydali bo‘lgan axborot, tovar va hizmatlarining bozor qiymatini aks ettiradi.Iqtisodiy mezonni eng birinchilardan bo‘lib, amerikalik olim Fris Maxlup taklif etgan, u axborot sohalariga ta’lim, huquq, noshirlik ishi, ommaviy axborot vositalari va kompyuterlarni ishlab chiqarishni kiritdi. Mark Porat esa birlamchi va ikkilamchi iqtisodiyot sektorlari orasiga farq kiritgan amerikalik olimlardan biri hisoblanadi.