Mavzu: Kirish.Raqamli texnikaning tarixi va rivojlanishi
Reja:
1. Raqamli qurilmalarni loyihalash haqida tushuncha
2. Raqamli qurilmalar va signallar
Tayanch so’z va iboralar:
Elektronika, mikroelektronika, signal, integral
sxema, yarim o’tkazgich.
Kirish
Hozirgi kunda telekommunikatsiya va axborotlashtirish tizimining
rivojlanish darajasi tom ma’noda mikroelektronika va nanoelektronika
maxsulotlarining ularda qo‘llanilish darajasiga bog‘liq.
Birinchi IMSlar 1958 - yilda yaratildi. IMSlarning hajmi ihcham,
og‘irligi kam, energiya sarfi kichik, ishonchliligi yuqori bo‘lib, hozirgi kunda
uch konstruktiv-texnologik variantlarda yaratilmoqda: qalin va yupqa pardali,
yarimo‘tkazgichli va gibrid.
Mikroelektronikaning qariyb yarim asrlik rivojlanish davri mobaynida
IMSlarning keng nomenklaturasi ishlab chiqildi. Telekommunikatsiya va
axborot-kommunikatsiya tizimlarini loyihalovchi va ekspluatatsiya qiluvchi
mutaxassislar uchun zamonaviy mikroelektron element bazaning imkoniyatlari
haqidagi bilimlarga ega bo‘lish muhim.
Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish
haqida tushuncha
Elektron qurilmalar, jumladan, komputerlarda qayta ishlanayotgan
ma’lumotlar, natijalar va boshqa axborotlar ko‘p hollarda elektr signallar
ko‘rinishida ifodalanadi.
Axborotni ikki usulda ifodalash mumkin: analog (uzluksiz) va raqamli
(diskret). Birinchi usulda ifodalanayotgan kattalik, unga proporsional bo‘lgan
bir signal ko
’
rinishida,
ikkinchi usulda esa, har biri berilgan kattalikning bitta
raqamiga mos keluvchi
bir nechta signallar ketma-ketligi ko
’
rinishida
ifodalanadi.
Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari murakkab tizimlar sinfiga
5
mansub bo‘lib, ular turli murakkablikdagi raqamli integral mirosxemalardan
tashkil topgan. Shuning uchun ushbu tizimlarni shakllantiruvchi raqamli
qurilmalarni o‘rganish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. “Raqamli
qurilmalarni loyihalashga kirish” fani axborot va kommunikatsiya
texnologiyalarida
ishlatiladigan
raqamli
qurilmalar
turlarini,
xarakteristikalarini, ularning tuzilishi, ishlash mexanizimlari va ular yordamida
yaratiladigan
murakkab
qurilmalarning
texnologik
va
sxemotexnik
xususiyatlarini o‘rganish masalalarini o‘z ichiga oladi.
Bundan tashqari ushbu fan talabalarga maxsus fanlarni o‘zlashtirishda va
keyinchalik esa ishlab chiqarish, loyihalash va tadqiqot ishlarida kerak
bo‘ladigan asosiy negiz tushunchalarni o‘rgatadi.
Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish fan va texnika sohasi bo‘lib,
axborot uzatish, qabul qilish, qayta ishlash va saqlashga ishlatiladigan raqamli
qurilmalarni loyihalashtirish usullarini o‘rganish hamda ishlab chiqish bilan
shug‘ullanadi.
Raqamli yoki diskret axborotlarni murakab sistemalarda qayta ishlashda
alohida elementar operatsiyalarni ketma-ket bajarish orqali erishiladi. Bunday
elementar operatsiyalarni EHMlarning operatsion elementlari yoki uzellari
bajaradi. Bu operatsion elementlar yoki uzellar kombinatsion va ketma-ket
tuzilgan mantiqiy elementlardan tashkil topgan. Operatsion elementlar
tomonidan bajariladigan elementar operatsiyalarga quyidagilar kiradi:
O‘
rnatish
-ma’lum konstantali ikkilik kodni operatsion elementga
yozish. Misol: hisoblagichning barcha razryadlariga «0» ni o‘rnatish, yoki
tezkor xotiraga «1» ni yozish.
Dostları ilə paylaş: |