Mavzu: Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 266,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix20.11.2023
ölçüsü266,73 Kb.
#164190
1   2   3   4   5   6   7
1- mavzu

Releyli elektron qurilmalar
(REQ) birlamchi analog signalni zinasimon 
funksiyaga o‘zgartiradi. Bunda har bir zinaning balandligi, oldindan berilgan 
ma’lum 
h
kattalikka proporsional bo‘ladi (1.1-a rasm). REQlarda impulsli 
modulatorlar bo‘lmaganligi sababli, bunday qurilmalar IEQlarga nisbatan 
soddaligi bilan ajralib turadi. REQlar yuqori tezkorlikka ega bo‘lib, asosan 
axborotni emas, balki quvvatni o‘zgartirishda qo‘llaniladi. Bunday REQlarda 
katta toklar kuchaytirgani sababli 
kuch elektronikasi
deb ataladi. 
Raqamli elektron qurilmalar
(REQ)da birlamchi analog signal ham vaqt 
bo‘yicha, ham kattaligi bo‘yicha kvantlanadi. Kvantlanish natijasida signal 
yuqorida aytib o‘tilgan parametrlarning biri bo‘yicha bir-biridan farq qiladigan 
impulslar ketma-ketligi ko‘rinishida ifodalanadi. 
Demak, ixtiyoriy kvantlangan signal bir necha elementar signal- lardan 
tuzilgan shartli kombinatsiyalar ko‘rinishida (masalan, Morze kodidagi nuqta, 
tire va pauza) ifodalanishi mumkin ekan. Kvantlangan signalning bunday 
ifodalanishi 
kodlash
deb ataladi. Kodlash turli ma’lumotlar (harflar, tovushlar, 
ranglar, komandalar va boshqalar)ni ma’lum standart shaklda, masalan, ikkilik 
simvollari ko‘rinishida ifodalash imkonini beradi. 


Real qiymatlarga mos keluvchi fizik kattaliklarni - kodlarni 
shakllantirish, o‘zgartirish va uzatish uchun 
raqamli qurilma
xizmat qiladi. 
Bundan, raqamli axborotni uzatish uchun analogga nisbatan ko‘p vaqt 
sarflanishi ko‘rinib turibdi. Shuning uchun, sharoitlar bir xil bo‘lganda, raqamli 
usulda uzatilayotgan axborotlar soni minimal bo‘ladi. REQlar quyidagi 
afzalliklarga egadirlar: 

xalaqitbardoshliknig yuqoriligi; 

axborotlarni yo‘qotishlarsiz uzoq muddat saqlash imkoni

FIKning yuqoriligi; 

negiz elektron qurilmalar sonining kamligi; 

integral texnologiya bilan mosligi. 
Raqamli qurilmalarda arifmetik va mantiqiy amallarni ma’lum tartibda 
bajarish yo‘li bilan axborot o‘zgartiriladi. 
Raqamli integral sxema
(RIS) - integral elektron qurilma bo‘lib, raqamli 
signal ko‘rinishida berilgan axborotlarni talab etilgan holda o‘zgartirishga 
mo‘ljallangan. Unda o‘zgaruvchan signal sathi faqat ikkita qiymat olishi 
mumkin. Agar RIS ta’rifiga uning asosiy vazifasini kiritsak, u holda, ta’rif 
quyidagicha bo‘ladi: 
raqamli integral sxema - elektroradiomateriallar va kompo- nentalardan iborat 
bo‘lib, u ikkilik sanoq tizimda berilgan ma’lum x ko‘phadni oldindan berilgan 
ikkilik sanoq tizimidagi ma’lum 

ko‘phadga o‘zgartiradi. 
RIS elektroradiomateriali
deb, RlSning shunday qismiga aytiladi- ki, u 
oddiy elektroradio zanjirlardagi diskret elementlar xossalariga ega bo‘lib, RIS 
tarkibidan alohida element sifatida olib tashlab bo‘lmaydi. Yarimo‘tkazgichli 
RIS elektroradiomateriallari bo‘lib yarimo‘tkazgich hajmida yoki sirtida 
shakllangan rezistorlar, kondensatorlar, induktiv- liklar, diodlar va tranzistorlar 
hisoblanadi. 
RIS elektroradiokomponenti
deb, RISning shunday qismiga ayti- ladi-ki, 
u bir yoki bir nechta elektroradioelementlar funksiyasini amalga oshiradi, lekin 
RIS tarkibidan alohida element sifatida olib tashlanishi mumkin va 


montajgacha 
mustaqil 
mahsulot 
hisoblanadi. 
Tranzistorlar, 
keramik 
kondensatorlar 
va 
gibrid 
IMSlarning 
boshqa 
osma 
elementlari 
elektroradiokomponentlarga misol bo‘la oladi. 
Funksional vazifasiga ko‘ra RISlar mantiqiy integral sxemalar 
(elementlar), axborot saqlash sxemalari (xotira elementlari), yordamchi va 
maxsus integral sxemalarga bo‘linadi. 
Mantiqiy integral sxemalar yoki mantiqiy elementlar ikkilik sanoq 
tizimda berilgan axborotni mantiqiy o‘zgartirishga mo‘ljallangan. Bular 
komputer va boshqa raqamli tizimlarning asosiy «qurilish g‘isht- chalari»dir. 
Ular qurilma tarkibidagi elementlarning 70 - 80%ini tashkil etadi. Mantiqiy 
integral sxemalarni o‘z navbatida quyidagilarga ajratish mumkin: 

asosiy funksional to‘liq majmua (AFTM)ning mantiqiy funk- 
siyalarini amalga oshiruvchi sxemalar va elementlar

funksional to‘liqlikka ega bo‘lgan, yakka universal mantiqiy 
funksiyalarni amalga oshiruvchi sxemalar va elementlar; 

funksional elementlar deb ataluvchi, bir necha mantiqiy 
funksiyalarni amalga oshiruvchi sxemalar; 

talab qilingan funksiyalarni amalga oshiruvchi sxemalar 
(adaptiv elementlar). 
Katta funksional mazmunga ega bo‘lgan, murakkab mantiqiy 
funksiyalarga mos keluvchi funksional elementlar AFTM yoki universal 
funksiyalar amallarini bajaruvchi negiz mantiqiy elementlar asosida quriladi. 
Adaptiv elementlar -
dasturlanuvchi elementlar bo‘lib, hozirgi kunda 
mikroprotsessorlarni rivojlanish cho‘qqisi deb hisoblash mumkin. Kelajakda, 
tashqi muhit shartlari bilan aniqlanadigan funksiyalarni bajaradigan to‘liq 
adaptiv elementlar haqida so‘z yuritish mumkin. 
Axborot saqlash sxemalari
(xotira elementlari) ikkilik axborotni eslab 
qolish va vaqtincha saqlashga mo‘ljallangan. Bu sxemalarni maxsus usulda 
tuzib, ular yordamida axborotni yozish va o‘qish, o‘chirish va qayta tiklash 
hamda saqlanayotgan axborotni indikatsiya qilish mumkin. Bunday elementlar 


triggerlar
deb ataladi va ular negiz mantiqiy elementlar asosida ham amalga 
oshirilishi mumkin. 
Yordamchi integral sxemalar
yoki 
elementlar
elektr signallarni 
kuchaytirish, shakllantirish, ushlab turish, generatsiyalash uchun mo‘l- 
jallangan. Bunday elementlarga: takt chastotasi generatorlari; bloking- 
generatorlar; kuchaytirgich - shakllantirgichlar; emitter qaytargichlar
yakkavibratorlar; multivibratorlar; cheklagichlar va boshqalar kiradi. 
Maxsus integral sxemalar
(elementlar) signalni fizik o‘zgartirish- ga 
mo‘ljallangan. Ularga turli indikatorlar, analog signallarni raqamliga va 
aksincha o‘zgartirgichlar, zanjirlarni muvofiqlashtiruvchi maxsus sxemalar va 
boshqalar kiradi. 
Qandaydir moddiy shaklda fiksirlangan va mujassamlantirilgan axborot 
xabar yoki signal deb ataladi. Signallar uzluksiz yoki diskret bo‘lishi mumkin. 
Uzluksiz (analog) signal, o‘zgarishi qaralayotgan jarayon haqida 
axborotni vaqt bo‘yicha akslantiruvchi qandaydir fizikaviy miqdor elektr toki, 
kuchlanish va bosh sifatida ifodalanadi. Uzluksiz signalni uzatuvchi fizikaviy 
miqdor biror aniq intervalda ixtiyoriy qiymatlarni qabul qilishi mumkin, va 
vaqtning ixtiyoriy momentlarida o‘zgarishi mumkin. 
Diskret xabarlarda, vaqtning qandaydir momentlarida ulardan turli 
ketma-ketliklar 
vujudga 
keluvchi 
fiksirlangan 
darajalar 
to‘plami 
mavjuddir.Diskret shaklidagi signal 1.1-rasmda tasvirlangan
1.1-rasm. Diskret shakldagi signal 
Ikkita darajasi mavjud bo‘lgan diskret signal ikkilik deb ataladi (1.2.-


rasm) 
1.2-rasm.Ikkilik signal 
1.2-rasmda bir darajadan ikkinchisiga o‘tish bir laxzada sodir bo‘luvchi 
ikkilik signal ko‘rsatilgan. Bunday signal ideal deb ataladi. Undan foydalanish 
tizim va protsessorlarning turli rusumlarini nazariy taxlil qilish uchun qulaydir. 
Biroq, barcha real tizimlar va apparatlar inersiyali bo‘ladi va vaqt 
bo‘yicha kechikib ishlaydi. Ularda signal darajalari orasidan o‘tish,1.3-
rasmdagiga o‘hshash, vaqtning nolga teng bo‘lmagan kesma oralig‘da ro‘y 
beradi.
1.3-rasm. Real ikkilik signal 
Analog axborotni raqamli ko‘rinishga aylantirish uchun uni 

Yüklə 266,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin