Mavzu: raqamli-analog va analog-raqamli o’zgartirgichlar reja: Analogli signallar. Raqamli signallar



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə1/3
tarix13.05.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#113044
  1   2   3
sxematexnika.mustaqil ish


MAVZU: RAQAMLI-ANALOG VA ANALOG-RAQAMLI O’ZGARTIRGICHLAR


Reja:


1.Analogli signallar.


2.Raqamli signallar.


3.Analog-raqamli signallarni almashtirish.


4.Raqamli-analog o‘zgartirgich sxemasi.

MikroEHMlar, turli avtomatlar, ilmiy tajribalarni olib borishni boshqaradi. Bu va boshqa qurilmalar, oʻlchov asboblari va tizimlarida uzluksiz (analog) elektr signallari bilan ishlaydigan elektr datchiklar ishlatiladi. Datchik va ijro organlari (masalan, elektrodvigatellar) ni mikroEHM bilan bogʻlash uchun analog signalni shu signal amplitudasiga proporsioanl songa oʻzgartirish va aksincha oʻzgartirish talab qilinadi.


Analog shakldagi ma’lumotni raqamli shaklga oʻzgartirish prinsipini richagli tarozilarda oʻlchash jarayoni bilan solishtirish mumkin. Tarozida oʻlchashni amalga oshirish uchun uning bir elkasiga noma’lum ogʻirlikdagi yuk qoʻyiladi, ikkinchi elkasiga esa, toshlar. Toshlar (masalan 1 g ogʻirlikdagi) tarozi muvozanat qolga kelguncha qoʻyilib boriladi. Toshlar soni yukning grammlardagi vazniga toʻgʻri keladi. 1 g. Ogʻirlikdagi toshlar bilan oʻlchanganda analog kattalik 0,5 g. xatolik, 10 g.li toshlar bilan oʻlchanganda esa 5 g. xatolik bilan oʻlchanadi. Bu xatolik kvantlash xatoligi deb ataladi. Oʻlchash algoritmiga mos ravishda richagli tarozi rolini ikki kirishli solishtirish sxemasi (komparator) bajaradi. Tarozining bir elkasiga oʻzgarmas kattalikdagi oʻlchanayotgan kuchlanish oʻrnatiladi, ikkinchi elkasiga raqamli datchik nazorati ostida pogʻonasimon ortib borayotgan kuchlanish beriladi. Kuchlanishning har bir pogʻonasi tarozi elkasiga qoʻshimcha tosh qoʻyish amaliga mos keladi. Olingan ma’lumot esa tarozilar muvozanatga kelgach qayd etiladi. Solishtirish jarayoni masus signal yordamida startstop trigger sxemasining ishga tushirilishi bilan boshlanadi. Triggerli sxema pogʻonasimon ortib boruvchi kuchlanish generatori va ikkilik hisoblagichni boshqaruvchi toʻgʻri burchakli impulslar shakllantiradi. Bu generator pogʻonpsimon kuchlanish ishlab chiharadi, hisoblagich esa hisobni noldan boshlaydi. Pogʻonasimon kulchanish kirish bilan tenglashsa, uni komparator qayd etadi, startstop trigger dastlabki holatiga qaytadi va toʻgʻri burchakli signallarning kelishi qoʻshimcha mantiqiy element yordamida blokirovka qilinadi.
.
Oʻzgartirish vaqtini qisqartirish maqsadida pogʻonasimon kuchlanish generatori raqamli-analog oʻzgartirgich bilan almashtiriladi. Shuning uchun analog-raqamli oʻzgartirgich (AROʻ) sxemasiga raqamli-analog oʻzgartirgich (RAOʻ) sxemasi bilan tanishib boʻlgach qaytamiz.
Kompyuterlar va komunikatsiya vositalari zamonaviy axborot texnalogiyalarining asosi bo‘lib, ular insonlarni yaqinlashtiradi. Axborot bir joydan ikkinchi joyga tezkor etib boradi, yangiliklar tez tarqaladi. Kompyuter yordamida aloqa qilish uchun foydalanuvchiga modem zarur bo‘ladi. Uzatilayotgan ma’lumot tovush, matn yoki videotasvir iborat bo‘lishi mumkun. Ma’lumotlar ikki turdagi signallar yordamida uzatilishi mumkin: analogli va raqamli. Analogli signallar uzluksiz uzatiladi. Raqamli esa diskret shaklida.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin