2.3.Laboratoriya ishlarini virtual dasturlar yordamida bajarish ahamiyati.
Zamonaviy axborot texnologiyalari ta'lim sohasida yangi vosita va usullarni yaratish imkonini beradi. Bu masalani hal qilishda kompyuterda laboratoriya amaliyotlarini yaratish eng muxim va murakkab jarayon hisoblanadi.Ixtiyoriy fan bo'yicha laboratoriya amaliyoti asosini o'rganilayotgan hodisa va jarayonlarni imitatsiya qiladigan laboratoriya maketlari bilan ulangan o'lchov asboblari majmui tashkil etadi. Hozirgi kungacha o'quv laboratoriyalarida asosan an’anaviy o'lchov asboblari qo'llanib kelinar edi. Hozirda virtual o'lchov asboblari yordamida yaratilgan kompyuterdagi o'lchov asboblaridan foydalanish talab etilmoqda.
Laboratoriya ishini bajarish jarayonida yarimo'tkazgich asboblar va elektr sxemalarni ulash bo'yicha elektr parametrlarning berilgan qiymatlariga rioya qilish tavsiya etiladi.
Hisobotlarni tuzishda tavsiya etilgan jadvallardan va elektron ko'rinishda saqlangan tajriba natijalaridan foydalanish mumkin.Electronics WorkBench virtual dasturi interfeysi. Electronics WorkBench virtual dasturining bosh oynasi ko'rinishi quyidagicha:
Electronics WorkBench virtual dasturi 6ta: File; Edit; Circuit; Analysis; Window va Help menyularidan iborat.
Bundan tashqari dasturda bir nechta instrumentlari panellari mavjud. Masalan, Sources; Basic; Diodes; Transistors; Logic Gates; Digital; Indicators va boshqalar.
Sources instrumentlar panelida Ground, Battery, Voltage kabi instrumentlar mavjud.
Basic instrumentlar panelida Connector, Resistor, Capacitor, Inductor, Switch kabi instrumentlar mavjud.
Diodes instrumentlar panelida diodlar turlari mavjud.
Transistors инструментлар панелида транзисторларнинг турлари мавжуд.
Logic Gates instrumentlar panelida AND, OR, NOT, NAND, NOR, XOR, XNOR kabi instrumentlar (mantiqiy elementlar) mavjud.
Digital instrumentlar panelida Half-Adder, Full-Adder, RS Flip-Flop, JK Flip-Flop, D Flip-Flop, Multiplexers, Demultiplexers, Encoders, Decoders, Arithmetic, Counters, Shift Registers kabi instrumentlar mavjud.
Indicators instrumentlar panelida Voltmeter, Ammeter, Bulb, Proub, Seven-Segment Display, Decoded Seven-Segment Display kabi instrumentlar mavjud.
Dostları ilə paylaş: |