foydalanish va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash
asosida turli xildagi
ishlab chiqarishlar, texnologiyalar,
asbob-uskunalar, tovarlar va xizmatlarni
saqlash, sotish va yetkazib berish samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon
beradigan va raqamli ko‘rinishdagi ma’lumotlar asosiy ishlab chiqarish omili deb
sanalgan xo‘jalik faoliyatidir. Yuqorida aytganimizdek, raqamli texnologiya gibrid
dunyo sharoitlarida mavjud bo‘ladigan texnologiyadir. Ushbu ta’rif ham to‘g‘ri
bo‘lib, mohiyatni aks ettiradi. Lekin kutilayotgan o‘zgarishlarni tushuntirmaydi va
mos ravishda, amaliyotda undan foydalanish bir muncha murakkabdir. Aynan shu
sababli, biz quyidagi funksional ta’rifni ifodaladik:
Raqamli (elektron) iqtisodiyot
bu – axborot, jumladan, shaxsiy axborotdau
foydalanish hisobiga barcha
qatnashchilarning ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish o‘ziga xos xususiyati
bo‘lgan iqtisodiyot turidir. Bu iqtisodiyot axborot-kommunikatsiya va moliya
texnologiyalarining rivojlanganligi,
shuningdek, birgalikdagi dunyoda barcha
iqtisodiy faoliyat sub’yektlari tovarlar va xizmatlar yaratish,
taqsimlash,
ayirboshlash va iste’mol qilish jarayoni ob’yektlari va sub’yektlarining to‘laqonli
o‘zaro aloqa qilish imkoniyatini ta’minlaydigan infratuzilma ochiqligi tufayli
mavjud bo‘lishi mumkin. To‘laqonli o‘zaro aloqa qilish uchun barcha iqtisodiyot
ob’yektlari va sub’yektlari sezilarli raqamli tarkibiy qismlarga ega bo‘lishlari
lozim. Masalan, hozirgi paytda avtomobilning iste’mol xususiyatlari va xavfsizlik
ko‘rsatkichlari uning hisobiga sezilarli darajada yaxshilanadigan raqamli tarkibiy
qismlari (dasturiy ta’minot va datchiklar) avtomobil qiymatining yarmidan ko‘pini
tashkil qiladi. Kelajakda ko‘plab tovarlar va xizmatlar
qiymatinmg sezilari qismi
uning raqamli tarkibiy qismi bilan belgilanadi. Bunday tovarlar "aqlli” buyumlar
deb ataladi. Raqamlashtirishda mahsulot yoki xizmatlaming asosiy xususiyatlari
jiddiy yaxshilanishi
(masalan, avtomobil xavfsiziigi oshadi va uning ekspluatatsiya
qiymati kamayadi)
yoki yangi xususiyatlar (ovoz
bilan boshqarish, internet yoki
mobil telefondan turib masofadan boshqarish kabilar)
paydo bo‘lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: