Mavzu Raqobat va monopoliya. Raqobatning iqtisodiy mazmuni


Monopoliyalarning afzalliklari va ijtimoiy - iqtisodiy oqibatlari



Yüklə 20,89 Kb.
səhifə4/4
tarix16.06.2023
ölçüsü20,89 Kb.
#131488
1   2   3   4
Ma\'ruza (5)

4. Monopoliyalarning afzalliklari va ijtimoiy - iqtisodiy oqibatlari
Monopoliyalar to‘g‘risida qaydqilinganlarni hisobga olib, aytish mumkinki, unda tuzilmaning ijobiy va salbiy jihat­lari mujassam­lashgan. Monopoliyaning ijobiy tomonlari sifatida quyidagilarni qaydqilish mumkin:
Mahsuloti odatda, yuqori sifat bilan ajralib turadi;
Yirik ko‘lami ishlab chiqarish xarajatlarini kamay­tirish va resurslarni tejash imkonini beradi;
Ishlab chiqarishni fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari asosida rivojlantirish uchun katta moliyaviy mablag‘larga va iqtisodiy imko­niyatlarga ega bo‘ladi.
Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida quyidagi jihat­larni ko‘rsatish mumkin:
1) resurslarning oqilona taqsimlanmasligi. Monopo­liyalarning yuqori foyda ketidan quvib, sun’iy ravishda ishlab chiqarishni cheklashi narxlarning ko‘tarishi, pirovard natijada resurslardan foydalanish va ularni taqsimlash samarador­ligining pasayishiga olib keladi. Natijada, raqobat sharoi­tida amal qiluvchi iqtisodiyot sama­radorlikni bozor vosi­tasida tartibga solish mexanizmi ishdan chiqadi.
Monopoliyalar bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy faoliyatlar erkin hamda oqilona tanlov imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Oqibatda ishlab chiqarish qisqarib, ishsizlik va inflatsiyao‘sadi, xo‘jalikning izdan chiqishi kuchayadi. Jamiyat boyligi resurslarning oqilona raqobatli-bozor taqsimoti sharoitida qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan potensial miqdoriga qaraganda kamayib ketadi;
2) daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi. Bu holat ham narxlarning monopol tarzda oshirilishi (pasaytirilishi) hamda yuqori foyda olinishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu aholi qolgan qismi daromadlarining nisbatan kamayishiga olib keladi;
3) iqtisodiy turg‘unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekin­lashuvi. Bunday holatningvujudga kelishi monopolist­larning raqobatchilar bosimini sezmasliklari hamda aksariyat hollarda yuqori foydani qo‘shimcha urinishlarsiz o‘zlarining bozordagi hukm­ronliklari hisobiga olishlari mumkin. Bu esa ularni ishlab chiqarishni ratsionallashtirish, uning samara­dorligini oshirish imkoniyatlarini qidirish, mahsulot sifatini oshirish, assortimentini kengaytirish, FTTni rivoj­lantirish va xaridorlar manfaatlari to‘g‘risida qay­g‘urish kabi xatti-harakatlardan qaytaradi;
4) iqtisodiyotda demokratik harakatlarning to‘sib qo‘yilishi. Monopolistlar iqtisodiyotdagi erkin va halol raqobatga to‘sqinlik qilib, nisbatan kuchsiz bo‘lgan korxo­nalarni o‘zlariga bo‘ysun­dirishlari, o‘z xodimlarining mehna­tiga pasaytirilgan miq­dorda haq to‘lash, past sifatli tovar­larni ishlab chiqarish, o‘ta darajada oshirib yuborilgan sotish narxlari (yoki pasaytirilgan xarid narxlari), o‘z mahsulotini iste’mol qilishga bilvosita usul orqali majburlash kabi kamsituvchi shartlarini ko‘ndalangqo‘yishlari mumkin.
Bundan ko‘rinadiki, monopolistik faoliyat iqtisodiy rivojla­nishiga ancha jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatishi, taraq­qiyot yo‘liga g‘ov bo‘lishi ham mumkin
Yüklə 20,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin