Raqobat
Raqobat shakllari.
Bozor holatiga ko’ra
Yuz berish xususiyatiga ko’ra
Miqyosiga ko’ra
Usuliga ko’ra
Kurash usuli va vositalari bo’yicga
Raqobatning iqtisodiyotdagi ahamiyati beqiyos bo’lib, raqobat mavjudligi tufayli ishlab chiqarishda, muomalada ijtimoiy normal sharoitlar vujudga keladi, raqobat doimo yangilikka, ilg’orlikka yo’l ochadi, bozorda samarasiz, qoloq xo’jaliklar faoliyatini cheklaydi, samarali ishab chiqarishga o’rgatadi.
Bozor va raqobat bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, raqobat bo’lmasa bozor, bozor bo’lmasa raqobat bo’lmaydi.
Bozor iqtisodiyotining shakllanib borishi bilan unga xos raqobat ham yuzaga keldi va iqtisodiyotning bozor tizimida rivojlanishida raqobatchilik muhiti ham takomillashib bordi.
Raqobat xususiyatiga ko’ra – stixiyali (yovvoyi) va tartibga solinadigan, tsivilizatsiyalashgan raqobatdan iborat bo’ladi va bozor munosabatlari rivojlangan sari ular nisbati o’zgarib tartibga solinadigan, tsivilizatsiyalashgan raqobat kengayib boradi.
Raqobat kurashi jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti natijasi. U milliy xo’jalik doirasidan chiqib xalqaro miqyosida yuz beradi. Raqobat dastlab bir tarmoq ichidagi firmalar orasida yuz beradi. Tarmoq ichidagi raqobat ishlab chiqarish, sotishining qulay sharoitiga ega bo’lish, qo’shimcha foyda olish uchun kurash bir tarmoq firmalari o’rtasida bo’ladi: (Masalan, to’qimachilik yoki tikuvchilik, yoki poyabzal ishlab chiqaruvchi firmalar.)
Ma’lumki, har bir tarmoq qancha firma bo’lsa, ularning texnika bilan ta’minlanish darajasi, mehnat unumdorlik darajasi, mehnatni tashkil etish, mahsulotni moddiy sig’imi turlicha bo’ladi va ular ishlab chiqargan tovarlarning individual qiymati bir bo’lmay har xil bo’ladi.
Bozorda esa narx o’rtacha ijtimoiy zarur qiymat asosida belgilanadi va tarmoq ichidagi raqobat natijasida tovarlarning ijtimoiy bozor qiymati aniqlanadi, tovarlar shu asosda hosil bo’lgan o’rtacha narxlarda sotiladi. Natijada bozordagi muvozanat narxiga ko’ra, ayrim firmalar xarajatlarini qoplab foyda olishlari, ayrimlari aksincha zarar ko’rishlari mumkin.
Tarmoqlar ichidagi raqobat natijasida texnikaviy darajasi va mehnat unumdorligi past, mahsulot sig’imi yuqori bo’lgan firmalar o’zlarida ishlab chiqarilgan tovar qiymatining bir qismini yo’qotadilar va zarar ko’radilar.
Raqobat kurashining tarixiy rivojlanishi jarayonida shakllangan jamiyatlarda tsivilizatsion, madaniylashgan bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan halol raqobat bo’lib, ruxsat etilgan va raqiblar ma’qullagan usullaridan foydalaniladi. Bu usullar narx yordamida, sifat, servis xizmati ko’rsatish va reklama vositasida raqobatlashuvidir.
Dostları ilə paylaş: |