Mavzu: raqobatlashuvchi investitsiyalar


Muqobil investitsiya loyihalari va ularning ko‘rsatkichlari



Yüklə 37,66 Kb.
səhifə2/5
tarix05.12.2023
ölçüsü37,66 Kb.
#172699
1   2   3   4   5
RAQOBATLASHUVCHI INVESTITSIYALAR

Muqobil investitsiya loyihalari va ularning ko‘rsatkichlari





Investitsiya Turlari

Yillik pul tushumlar
(mln. so‘m)

NPV
(mln.
so‘m)

PI

IRR (%)

Yillar

0

1

2

3

4










A

-1000

750

500

0

0

95,04

1,095

18

B

-1000

350

350

350

350

109,45

1,109

15

S

-500

180

180

180

180

70,58

1,141

16

Agar k=10% bo‘lsa, eng yuqori NPV ko‘rinib turibdiki, B variantda ekan, biroq loyiha rentabelligi esa S variantda yuqori, A variantda esa IRR yuqori ko‘rsatkichga ega. Buning asosiy sabablari:



  1. loyihalarning pul tushumlari turlicha qiymatga ega;

  2. investitsiya xarajatlari ham farqli;

  3. loyihaning stikli (davomiyligi) ham farqlidir.

Misol uchun A variantda pul tushumlari 2 yilni tashkil etsa, boshqa variantlarda esa pul tushumlari 4 yilga teng.


Investitsiya loyihalarining amal qilish muddatlaridagi farqlar


Loyihani tahlil qilishda uning amal qilish muddati (hayot sikli) turlicha bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda ularni qayta investitsiyalash usulidan foydalanib, barcha muqobil variantlarni bil xil (teng) yilga keltirib olish kerak.


Yuqoridagi misolimizdan kelib chiqadigan bo‘lsak A variantni yana bir bor reinvestitsiya (qayta investitsiya) qilish usuli bilan 4 yillik amal qilish muddatiga keltirib olamiz. Unda jadvalimiz quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi (19-jadval). Ikki muqobil investitsiya variantlarning amal qilish muddati reinvestitsiya qilish orqali tenglashtirildi va NPV ko‘rsatkichlari hisoblandi. Demak A variant loyihani amalga oshirish natijasida firmaning qiymati 173,59 mln. so‘mga oshadi. B variantda esa mos ravishda 109. 45 mln. so‘mga oshar ekan.

  1. jadval

Muqobil investitsiya loyihalarini reinvestitsiya asosida hayot siklini tenglashtirish (mln.so‘m)





Investitsiya
variantlari

Yillar

0

1

2

3

4

A variant
(1 –investitsiya)

-1000

750

500

0

0

A variant
(2 - investitsiya) reinvestitsiya

-

-

-1000

750

500

Ikki yildan so‘ng

-1000

750

-500

750

500

Jami NPV

173, 59

B variant

-1000

350

350

350

350

Jami NPV

109,45

Loyihani tahlil qilayotgan analitikning farazlarini to‘g‘riligi va asoslanganligi juda muhimdir. Ba’zan loyihani asosiy mezoni bo‘lib


NPV hisoblansa, ba’zan esa loyiha rentabelligi bo‘lib hisoblanishi mumkin.
Investitsiya loyihalari samaradorligini baholashda diskontlash stavkasini tanlash va loyihalarni amal qilish muddatini tenglashtirish ham zarur. Masalan: transport firmasi ishlatilgan va yana uch-to‘rt yil xizmat qilishi mumkin bo‘lgan avtomobilni yoki 8-10 yil xizmat qiladigan yangi avtomobillarni sotib olish ma’qulmi?- degan savolga ham javob topishi lozim.
Investitsiya resurslari cheksiz qayta investitsiyalangan sharoitda loyihalarini NPVga ko‘ra tavsiflash sharoitida bunday zarurat yuzaga keladi. Buni tushunish uchun transport firmasi bo‘yicha misolga qaytamiz.
Ma’lumki, firma to‘rt yil xizmat qiladigan yoki to‘qqiz yil xizmat qiladigan yangi avtomobillarni sotib olishi mumkin. NPVga ko‘ra loyihalarni oddiy tanlab olish maqsadga muvofiq emas.
Chunki, loyihalarning amal qilish muddati turlicha (to‘rt yildan so‘ng firma eski mashinalarni hisobdan chiqarib, boshqalarini sotib oladi deb ko‘zda tutilgan). Buning ustiga bu muddatlar karrali emas.
Shu sabab hisob-kitoblarni taqqoslashni ta’minlash uchun bu ikki loyihani bir xil amal qilish davriga keltirib olishimiz kerak. Chunki, aynan shu muddat investitsiyalangan aktivlar ikkinchi loyiha bo‘yicha xizmat muddatini o‘tab bo‘ladi. Ko‘rinib turibdiki, bu hisob-kitoblar uzoqqa cho‘ziladi.
Shu sabab, bu muammoni yechish uchun soddalashtirishning qulay vositasi ekvivalentli annuitetdan foydalanish kerak. Bu usul ba’zida NPVni yillik hisoblanishi deb ham aytiladi:
EA=ANPV
ANPV ( inglizcha- anualised net present value)
Bunday soddalashtirish taqqoslanayotgan loyihalarda qaltislik darajasi bir xil bo‘lgandagina yo‘l quyiladi.
EA ni topish usuli NPVni hisoblash usuliga muvofiq emas. U NPVni maksimallashgan investitsiya loyihasini tanlashni osonlash- tiradi xolos.
Ekvivalentli annuitet – darajali, ya’ni unifikatsiya qilingan annuitet bo‘lib, baholanayotgan loyihalar bilan bir xil davomiylikka ega. Bunday annuitetni hisoblash formulasi quyidagi ko‘rinishga ega: (21-formula):

Yüklə 37,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin