Lekin yuqoridagidan farqli o‘laroq iste’mol qilinadigan taomlar organizm tiklanishini ta’minlasa, yo‘qotilgan energiyaga bo‘lgan talabni qondirsa, tarkibida zarur darajada oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, vitaminlar, mikro – makroelementlar, o‘simlik tolalari saqlasa hamda oziq – ovqatlar va ularning tarkibi, miqdori oshqozon – ichak tizimi fermentlari faolligi bilan mos kelsa ratsional ovqatlanish deb ataladi. Yoki bir so‘z bilan aytganda, iste’mol qilindigan oziq – ovqatlar insonning real ehtiyojlariga mos kelishi lozim. Ratsional so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, “ratsion” iborasi bir kunlik iste’mol qilinadigan ovqat ma’nosini anglatsa, “ratsional” maqsadga muvofiq, aql - idrok bilan taom iste’mol qilish degan fikrni bildiradi.
Ratsional ovqatlanish konsepsiyasi qoidasi
Hozirgi vaqtda ratsional ovqatlanish nazariyasi negizida taom iste’mol qilishni muvozanatlashtirilgan konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Unga asosan iste’mol qilinayotgan oziq – ovqatlar tarkibida inson uchun zarur darajadagi oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, vitaminlar, mineral moddalar va suv bo‘lishi kerak.
Bunday yondoshishning asosiy mohiyati har bir kishi sarflaydigan energiya organizmga tushayotgan quvvatga mos kelishidan, ovqat tarkibidagi moddalarni o‘zaro mutanosibligidan, ovqatlanishni ma’lum son va oraliqda bo‘lishidan iborat.
Ratsional ovqatlanish konsepsiyani quyidagi uchta qoidasi tafovut etiladi:
Organizm tomonidan qabul qilinayotgan va sarflanayotgan energiyani hisoblash va u yoki bu taomning tarkibiy qismi qancha quvvatga ega ekanligini bilish.
Muvozanatlashtirilgan ovqatlanish.
Ovqatlanish tartibini muvofiqlashtirish.
Organizm tomonidan qabul qilinayotgan va sarflanayotgan energiyani hisoblash va u yoki bu taomning tarkibiy qismi qancha quvvatga ega ekanligini bilish bunda har bir kishining bir kunda sarflayotgan energiyasi;